Xulq atvorning psixofiziologik asosi
TAFAKKUR JARAYONLARI VA FIKR YURITISH OPERATSIYALARI
Download 455.5 Kb.
|
Xulq atvorning psixofiziologik asosi
2. TAFAKKUR JARAYONLARI VA FIKR YURITISH OPERATSIYALARITafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ong jarayoni tariqasida sodir bo`ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po`stining faoliyati mana shu jarayonning nerv - fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorning miyadagi uchlari o`rtasida vujudga keladigan murakkab bog`lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorning bosh miya po`stidagi uchastkalari bir - biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir - biriga tutashib, bir - biri bilan chambarchas bog`lanib ketganligi sababli mazkur bog`lanishlarning vujudga kelishi osonlashadi. Ikkinchi signal tizimida muvaqqat bog`lanishlar vujudga kelishi, yuqorida aytib o`tilganidek, tafakkurning maxsus nerv -fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signal tizimining bog`lanishlari birinchi signal tizimidagi bog`lanishlarga tayanadi. I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o`zaro o`tkazish jarayonida hozir bo`ladi, deb ta`kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida, birinchi signal bilan o`zaro ta`sir qilish jarayonida “dastlab umuminsoniy empirizm”ni va nihoyat odamning o`z tevaragida olamni va uning o`zini bilish uchun oliy qurol bo`lgan fanni yaratuvchi maxsus insoniy, oliy tafakkur voqe bo`ladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv - fiziologik asos bo`lgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol’ o`ynaydi. Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo`lgan ehtiyojlari, tevarak -atrofdagi olam va turmush to`g`risidagi o`z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkur ob`ektini anglashi (bilish) tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o`zi idrok qilayotgan, tasavvur qilayotgan narsalar to`g`risida fikr qiladi. SHuning uchun tushunchalar, narsalarning butun bir sinfi (turkumi) to`g`risida fikr qiladi. Odam o`z tafakkuri to`g`risida va boshqa psixik jarayonlar to`g`risida, shuningdek o`ziga xilma xil ob`ektiv xususiyatlari to`g`risida fikr qiladi, ya`ni bo`lar tafakkur ob`ekti bo`ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan - quruq tafakkur bo`lishi mumkin emas. Taqqoslash, tahlil va sintez, abstraktsiya va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir. Bizda yangi hukmlar ana shu operatsiyalar jarayonida hosil bo`ladi, real olamdagi narsalar va hodisalar to`g`risidagi tushunchalar vujudga keladi. Download 455.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling