Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi reja


Download 22.83 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi22.83 Kb.
#1026694
Bog'liq
Deviant


XULQI OG’ISHGAN BOLALAR PSIXOLOGIYASI
Reja:

  1. Og’ishgan (deviant) xulq-atvor va uning turlari/tiplari.

  2. Deviant xulq-atvorga olib keluvchi mexanizmlar.

  3. Bolalarda og’ishgan xulq-atvorni bartaraf etish yo’llari (psixoterapiya).




  1. Og’ishgan (deviant) xulq-atvor va uning turlari/tiplari.

Maktablarda har bir sinfda o’zini yomon tutadigan bolalar va o'smirlar bo’ladi. Ba'zan bunday xulq-atvor rivojlanishdagi inqiroz, o’smirlikdagi norozilik reaksiyalari, isyon , itoatsizlik, emotsional buzilishlar kabi ko’rinishlarda bo’ladi. Bunday xulq atvor odatda ota-ona, o’qituvchi bilan munosabatlarda ko’rinadi. Ota-ona ajrashishiga reaksiya, yangi hayot tarziga adaptasiya jarayoni, boshqa maktabga o’tish kabi faktorlar ham xulq-atvordagi buzilishlarga olib kelishi mumkin.


Xulq atvorning vaqtinchalik buzilishi juda ko’p bolalarda uchraydi. Lekin agar bunday buzilishlar doimiy xarakterga o’tsa bunday xulq atvor og’ishgan xulq atvor, yoki deviatsiya yoki deviant xulq atvor deyiladi. Ya’ni normada bo’lmagan anormal xulq-atvor.
Deviant xulq-atvor tushunchasi umumlashgan tushuncha bo’lib, u quyidagi tiplarni o’z ichiga oladi:



  • Huquqbuzar tip: jinoyat, o’g’rilik, talon-tarojlik, zo’ravonlik kabi amallarni bajaruvchilar;

  • Addiktiv (tobe) tip — psixotrop moddalarga tobelik, video yoki kompyuter o’yinlari, ijtimoiy tarmoqlar, internetga tobelik ayni shunday axloq ko’rinishidir.

  • Patoxarakterologik tip, Tarbiya jarayonida shakllangan patologik harakter ko’rinishlari. Xarakter aksentuatsiyasi, psixopatiyalar.



7-9 yoshlardan boshlab bolalar xulq-atvorida og’ishlar kuzatilishi mumkin.
O’gil bolalarda 11-13 yoshlar, qiz bolalarda 13-15 yoshlar oralig’ida emotsional beqarorlik davri ekanligini hisobga olgan holda, ularga ko’proq qo’llab-quvvatlash, mehr-e’tibor berish talab qilinadi.



  1. Deviant xulq-atvorga olib keluvchi sabablar va uning shakllanish mexanizmlari.


Deviant xulq-atvorning sabablarini shartli ravishda ikkiga bo’lish mumkin.
Ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) sabablar.



  1. Endogen sabablarga quyidagilar kiradi:



• Irsiyat orqali o’tgan hususiyatlar, irsiy moyillik;
• Markaziy nerv sistemasidagi patologiyalar;
• Psixik va fiziologik rivojlanishda orqada qolish;
• Balog’at davridagi garmonal o’zgarishlar.



  1. Ekzogen ta’sirlarga esa quyidagilarni kiritish mumkin:


• Tarbiyadagi xatolar;
• Oilaviy muammolar;
• OAV, internet, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siri;
• Noto’g’ri pedagogik yoki psixologik korreksion ta’sir.

Deviant xulq-atvorning shakllanishiga olib keluvchi psixologik mexanizmlarni quyida ko’rish mumkin:



  • Qarashilik reaksiyasi (emansipatsiya/guruhlanish) – ko’pincha ota-onaning giperg’amxo’rligiga yoki bee’tiborligiga qarshi reaksiya;

  • Immitatsiya reaksiyasi — ma’lum bir shaxsga taqlid qilish, u obraz asotsial qahramon ham bo’lishi mumkin;

  • Salbiy immitatsiya reaksiyasi — ataylab teskarisini qilish, majburan tatbiq qilinayotgan xulq-atvorga qarshi chiqib negativism asosida aynan teskarisini qilish;

  • Kompensatsiya reaksiyalari – masalan o’qishida yaxshi natijalarga erisholmaganligini, muvaffaqqiyatsizligini ko’chada tengqurlari orasida “eng kuchli” bo’lish orqali kompensatsiya qilish;




  1. Bolalarda og’ishgan xulq-atvorni bartaraf etish yo’llari (psixoterapiya).

Deviant xulq-atvorning shakllanish mexanizmlarga asoslanib, uning oldini olish va bartaraf etish bo'yicha bolalar bilan ishlash yo'nalishlarini belgilash mumkin.

Birinchi o’rinda deviant xulq-atvorli bola bilan psixolog (psixoterapevt) o’rtasida “terapevtik alyans” ya’ni mijoz bilan psixolog o’rtasida o’zaro bir-birini tushunish, ishonch asosida qurilgan munosabatlarni o’rnatishdir. Bola psixologga ishonsa, undan cho’chimasa, unga qalbini ochib gapira olsa, ish muvaffaqqiyatli bilitishining ehtimoli juda katta bo’ladi.


Yana bir muhim factor – bu. Shuning uchun psixoterapiyani yo’lga qoygandan keyin bolaning ota-onasi yoki unga vasiylarni ham iloji boricha terapiyaga jalb qilish kerak. Ular bilan ham oilaviy muhitni ko’rib chiqish, oilaviy psixoterapiya o;tqazish zarur. Chunki terapiya natijasida xulq-atvori yaxshilangan bola, uyiga borganida yana o’sha sharoitga borsa, yana o’sha nojo’ya faktorlar davom etaversa psixoterapiyaning foydasi uzoqqa bormaydi.

Bugungi kunda bolalarda deviant xul-atvorni tuzatish bo’yicha ko’plab psixoterapevtik yo’nalishlar bor. Ularga psixoanalitik psixoterapiya, kognitiv-xulq-atvor terapiyasi, psixodrama, artterapiyalarni misol qilish mumkun.


Har bir yo’nalish o’ziga hos bo’lib, ularning umumiy jihati bola bilan psixoterapevtik alyansni o’rnatib bo’lgach, unga o’zining emotsional holatini boshqarish, tahlil qila olish, har-hil vaziyatlarni to’g’ri talqin qilish, aytilmagan gaplarini ichida saqlamasdan konstruktiv yo’l bilan tashqariga chiqarishni o’rgatish jarayonlari bo’ladi.




Endogen kasalliklar tufayli yuzaga kelgan xulq-atvor buzilishlari, tobelik kabi og’ishlarda psixoterapiya albatta psixiatr, nevropatolog kabi mutaxassislar bilan birgalikda medikamentoz davolash hamda psixologik terapiya orqali bo’lishi kerak.
Download 22.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling