Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi


Download 2.36 Mb.
bet14/17
Sana25.10.2023
Hajmi2.36 Mb.
#1721847
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
���қ� �ғ����� �����������

Individual darajadagi deviant xulq anchagina muammoli hisoblanadi. Chunki shaxsning o‘zi va atrofdagi odamlar hayoti uchun zarar keltirishi, deviant xulqli shaxsning ijtimoiy muhit bilan nizoli vaziyatda bo‘lishi va unda ijtimoiy moslashishning izdan chiqishi kabi salbiy fenomenlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Xususan, og‘ishgan xulq shaxsiy darajada – bu shaxsning deviant xulq va hayot tarzi shaklida yuzaga chiquvchi ijtimoiy nuqtai nazardir. Ma’lumki, ko‘pchilik odamlar istasalar jamiyatga nisbatan o‘z nuqtai nazarlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Moslashmaganlikning ijtimoiy va individual ko'rinishlarini ajratish mumkin. Moslashmaganlikning ijtimoiy ko'rinishlari quyidagilar hisoblanadi:


past o'zlashtirish, o'z mehnati bilan mablaq ishlab topishga layoqatsizlik;
hayotiy muhim sohalarda surunkali yoki yaqqol ifodalangan omadsizlik (oilada, ishda, shaxslararo munosabatlarda, soqliqda;
qonun bilan nizolar;
yakkalanib qolish.
Moslashmaganlikning individual ko'rinishlari sifatida quyidagilarni ko'rib chiqish mumkin:
ijtimoiy talablarga munosabati yuzasidan salbiy ichki tartib (ular bilan kelishmaslik, tushunmaslik, norozilik, qarshi harakat);
o'zining mas'uliyatdan qochishga intilishida atrofdagilarga ko'tarinki e'tiroz bildirish, egotsentrizm;
surunkali hissiy noqulaylik;
o'z-o'zini boshqarishning besamarligi;
janjalkashlik va kommunikativ ko'nikmalarning zaifligi;
reallikni kognitiv buzib ko'rsatish

Odam turlicha tuyg’ularni - yengil xavotir va o'ziga ishonchsizlikdan tortib, chidab bo'lmas darajadagi nochorlik, qo'rquv, umidsizlik jazavalarigacha boshidan kechirishi mumkin. Bunda shaxsning real ijtimoiy maqomi va uning individual ongi o'rtasida bo'linishi yuzaga kelishi mumkin.

  • Odam turlicha tuyg’ularni - yengil xavotir va o'ziga ishonchsizlikdan tortib, chidab bo'lmas darajadagi nochorlik, qo'rquv, umidsizlik jazavalarigacha boshidan kechirishi mumkin. Bunda shaxsning real ijtimoiy maqomi va uning individual ongi o'rtasida bo'linishi yuzaga kelishi mumkin.

Download 2.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling