Xurkinova dilnozaning fuqarolik jamiyati fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 1.65 Mb.
bet1/3
Sana29.03.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1307109
  1   2   3
Bog'liq
Fuqarolik 1 Dilnoza


Namangan davlat univarsiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo'nalishi 3-kurs talabasi XURKINOVA DILNOZAning fuqarolik jamiyati fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
Kuchli davlatdan- kuchli fuqorolik jamiyati sari g'oyasining siyosiy, ijtimoiy ma'naviy ahamiyati.
MAVZU:
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ijtimoiy hayotning barcha
sohalarida, ayniqsa, fuqarolarning erkin va qonun asosida faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan demokratik islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun erkinlashtirish, milliy qadriyatlar va an’analarni uyg‘unlashtirish asosida islohotlarni chuqurlashtirishning «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyat sari» konseptual tamoyiliga asos solindi.
Kuchli davlatdan-kuchli jamiyat sari – ushbu konsepsiyaning mohiyati odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati va faolligi yuksalib borgani sari davlat vazifalarining nodavlat tuzilmalari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlariga bosqichma-bosqich o’tishi, mahallalarning nufuzi va mavqeining
oshishi demakdir.
Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining bosh strategik maksadi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor Iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Ammo bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishning tayyor andozasi yo’q. Bu borada jahondagi eng rivojlangan davlatlar tajribasini ham ko’r-ko’rona qo’llay olmaymiz. SHu sababli xalqimiz rivojlanishning o’zimizga mos – ijtimoiy larzalarsiz, inqilobiy sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda olg’a borishni taqozo etuvchi yo’lni tanlandi.
Bu yo’l jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi bir qator vazifalarni bajarishni taqozo etadi.
Siyosiy soxada – jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish:
Birinchidan, mamlakat siyosiy hayotining barcha soxalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, unda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy madaniyatni shakllantirish. Milliy g’oyaning siyosiy soxadagi xususiyatlari mohiyati shularda namoyon buladi.O’zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq – davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. Xalqning mentaliteti, siyosiy madaniyati, o’z haq-huquqlarini, tub manfaatlarini anglash darajasi, siyosiy va madaniy yetukligi uning davlat qurilishida qanchalik faol ishtirok etishini belgilaydi.
Demak, siyosiy hayotni erkinlashtirishning asosiy shartlaridan biri xalqning siyosiy ongini o’stirish, unga demokratik erkinliklarning ma’no-moxiyatini to’g’ri tushunib olish va uzlashtirishga imkon yaratishdan iborat. Siyosiy madaniyat esa, bir tomondan, fukarolarning, ikkinchi tomondan, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qonunlarga bo’ysunishidan boshlanadi. SHundagina demokratiya, fikr va vijdon erkinligi, plyuralizm va inson huquqlarini ta’minlash tamoyili jamiyat xayotining asosiy mezoniga aylanadi.Lekin demokratiya va siyosiy hayotni erkinlashtirish zaruratini “oxlokratiya” (oxlos – to’da, olomon), ya’ni turli guruhlarning siyosiy o’zboshimchaligidan, hokimiyat idoralariga noo’rin talablar qo’yishdan, tazyiq o’tkazishdan (Kirg’iziston misolida) farqlash kerak.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling