Ikkinchidan, turli ijtimoiy guruxlar, siyosiy kuch va harakatlarni yagona g’oya - Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini oshirish tamoyillariga xizmat kildirish. Uchinchidan, ota-bobolarimiz dinining gumanistik mohiyatini keng tushuntirish. To’rtinchidan, kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish ishlarini izchil davom ettirish.
Yuqorida ta’kidlangan vazifalar amalga oshirilgandagina fuqarolik jamiyati qaror topadi va davlat, asosan, konstitutsion tuzumni, respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish, tartib-intizom, mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquq-erkinliklarini, mulkdorlar huquqlari, tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish, samarali tashqi siyosat yurgizish bilangina shug’ullanadi.
Fuqarolar faol bo’lmagan mamlakatda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etib bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |