Xurmatillo ismoilov ning kurs ishi mavzu: paralingivistik vositalarning til strukturasidagi o’rni fan o’qituvchisi
Paralingvistik vositalarda sistemalilik va milliylik hamda baynalminallik masalalari
Download 318.93 Kb.
|
paralingivistik vositalarning til strukturasidagi orni
Paralingvistik vositalarda sistemalilik va milliylik hamda baynalminallik masalalari
Barcha xalqlarda bo’lgani singari, o’zbeklarda ham paralingvistik vosita sifatida bir qancha imo-ishoralar yig’indisi bo’lib, ularning bir guruhi inkor ma’nosi bilan funktsional bog’langandir. Bu xil imo-ishoralar yig’indisi tizim hosil qiladimi? E. M. Vershagin va V. G. Kostomarovlar rus tilidagi imo-ishoralar haqida gapirib, imo-ishoralarni alohida sistema deyish mumkin deydi. Biroq, sistema hosil qiluvchi hodisalar o’zaro bog’langan, bir-birining bo’lishini taqozo etadigan yaxlitlikka ega bo’lishi kerak. Agar tildagi sistemalilikni imo-ishoralarga qiyos qilsak, imo-ishoralar sistema hosil qila olmasligi yaqqol sezilib qoladi. Til sistemasi - bu uning birlik va qismlarining tashkil bo’lishidir, har bir til birligi butunning bir qismi sifatida sistemaga kirishib, til sistemasining boshqa birlik va qismlari bilan bevosita va bilvosita til kategoriyasi orqali bog’langandir. Til sistemaliligi shunda ko’rinadiki, uning har bir ma’noli elementini boshqasi orqali izohlash mumkin bo’ladi. Bu elementlar ma’lum bir sath ichida ketma-ket joylashadi. Har qanday nutq strukturasida bir necha sath ishlatiladi. So’z tarkibida fonemalar va morfemalar, gap tarkibida esa barcha so’zlar ketma-ket joylashgan bo’ladi. Bu element ikkinchisini taqqozo qiladi. Imo-ishora birliklari esa ayrim juz’iy holatlarni hisobga olmaganda (masalan: kallaning gorizontal harakati, vertikal harakati bilan shartlangan, o’zaro bog’langan), biri ikkinchisi bilan shartlangan va tadrijiy bog’langan emas. Bir birlikni butunning bir qismi sifatida qarab bo’lmaydi. Bu jihatdan ham u tabiiy tildan farq qiladi. German Vamberi arab, fors, o’zbek tillarinigina emas, balki bu xalqlarning madaniyati, urf-odatlarini ham puxta biluvchi mashhur sharqshunos olim edi. Shuning uchun ham u salla o’rab, mulla qiyofasida Eron va O’rta Osiyo xalqlari orasiga kirib keldi. Uning muomalasidan, gaplaridan xorijiy gayriddin ekanligi butunlay sezilmaydi. Islomning, sharq xalqlari tarixi va madaniyatining bilimdoni sifatida aholi o’rtasida hurmat va e’tibor qozondi. Ammo bir o’tirishda juda yoqimli musiqadan ta’sirlanib, beixtiyor kuy maromiga qarab oyog’ini silkita boshlaydi. Bu harakati esa davra ahliga uning xorijiy ekanligini oshkor qilib qo’yadi. Chunki sharq xalqlari orasida kuy, ashulladan rohatlanish belgisi oyoq harakati bilan emas, balki boshning gorizontal holatda asta-sekin tebranishi bilan ifodalanar edi. Buning farqiga borgan Afg’on amirining o’g’li Yoqubxon German Vamberidan bu mamlakatni tark etishni buyuradi. Jahonning turli xalqlari o’rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalaraga keng yo’l olgan hozirgi paytda yuqorida ko’rsatilgan faktorlarni jiddiy o’rganish ehtiyoji yana ham ortmoqda. Ayniqsa, adabiy aloqalar jarayonida bir tildan ikkinchi tilga ma’lum badiiy asarni tarjima qilishda ham tarjimon faqat shu xalq tilini bilish bilan kifoyalanib qolmay, balki ularning o’zlariga xos bo’lgan muomala madaniyati, imo-ishoralarini ham bilish kerak bo’ladi. Aks holda tarjima qilinayotgan asarni muvaffaqiyatli o’tishi mumkin emas. Bunga ko’plab dalillar keltirish mumkin. Masalan:
Birinchi misol. Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanida shunday tasvir bor. ; “Mirzaboshi kirib xonga qulluq qildi va Musulmonqulga qarab qo’l bog’ladi”. Bu gap nemis tiliga shunday tarjima qilingan (mazmuni) Mirzaboshi kirdi va hurmat bilan oldin xonga, so’ng Musulmonqulga ta’zim qildi. Asl nusxadagi qullik qilmoq, qo’l bog’lamoq holatlari tushib qolishlari natijasida Mirzaboshining harakatlari “chala o’zbekcha - nemischa” ma’no kasb etgan. Yoki yana bir misol keltiraylik. Oybekning “Navoiy” romonida yosh olimlar – Sultonmurod bilan Zayniddin shoirning Xirotga kelishini eshitarkanlar, bunga javoban: “Istiqbollariga chiqmoq kerak, - o’rnidan qo’zg’aldi Sultonmurod”. Ruscha tarjimasi: “Nado payti ego vstrechat, - progovoril Sultanmurod, tut je vskachil s mesta”. Ehtimol, bu tarjimada, daf’atan qaraganda, ko’zga yalt etib tashlanadigan qusur yo’qdir, ammo unda obrazning xarakteri, ichki dunyosini qo’pol ravishda siyqalashtiradigan nuqsonga yo’l qo’yilganki, tadqiqotchi Gulnora G’ofurova o’z kitobida buni o’rinli qayd etgan. Badiiy tasvir vositasi sifatida tashrif buyurmoq bilan qilmoq, istiqboliga chiqmoq bilan kutmoq va hokazo garchi mohiyat e’tibori bilan ayni bir harakatni ifodalasa-da, ammo ular anglatgan ma’no nozikligi tarafidan bir- biridan farqlanadi. Shunday ekan, hazart Navoiyni qarshilash marosimi haqida, ruscha tarjimada ko’rilganiday, “Uni kutib olishga chiqish kerak, - dedi Sultonmurod, apil – tapil o’rnidan turib” deyilsa, bu bir tomondan, hurmatsizlik, ikkinchi tomondan esa, Oybek tasviri ham talqiniga zid, uchinchidan, tarixiy koloritetni buzish bo’ladi. Chunki, garchi Sultonmurod yosh bo’lsada vazmin, salobatli, muloyim va odobli yigit. Uning tomonidan, yuqoridagi ruscha tarjimada qayd etilganiday soxta hatti – harakatlar sodir bo’lish aql bovar qilmaydigan narsa. Xat yozib tur, - dedi dadam. Bosh irg’ab ko’chaga chiqdim. (O’. Umarbekov). Yuqoridagi matnda “bosh irg’ab” konstruktsiyasi o’zbek xalqlari orasida tarqalgan rozilik, tasdiq ma’nosini ifodalovchi imo – ishorani aks ettiradi. Agar yuqoridagi matn bolg’ar tiliga bu xalqlar o’rtasidagi imo – ishora tafovuti hisobiga olinmasdan so’zma – so’z tarjima qilinsa, tarjimada butunlay teskari ma’noni – xat yozib turomaslik ma’nosini ifodalaydi. Chunki bolgarlarda yuqoridagi imo – ishora inkor ma’nosini bildiradi. Shuning uchun ham tarjima bu so’z bolgarlarda ham xuddi shunday ma’noni bildiruvchi imo – ishora ifodalaydigan ishora fe’liga almashtirishga to’g’ri keladi. Shunday imo – ishoralar borki, ular baynalminal xarakterga egadir.”Bu kategoriya uni versal xarakterga ega bo’lib, ularni hamma tillarda ham qo’llash mumkin”, deydi O. Espersn. Masalan, “Mavjud emaslik” tushunchasini jahonning turli tillarida verbal vosita bilan turlicha ifodalansa (jumladan, o’zbek tilida yo’q, rus tilida net, fors tilida nest, frantsuz tilida non, ingliz tilida no, nemis tilida nayn) ana shu tillarning hammasida bu ma’no paralingvistik yo’l bilan bir kinetik belgi orqali ifodalanadi: kallaning gorizantal harakati hamma tillarda o’sha tushunchani beradi. Ammo bu fikr hamma kinetik belgilar uchun ham tegishli emas. Shunday imo – ishoralar borki, ular shartli harakatga ega bo’lib, milliy xususiyat kasb etishi mumkin. Chunki u kollektiv tomonidan ma’lum bir ma’noni ifodalash uchun qabul qilingan imo – ishora simvolidir. Boshqa bir kollektivda esa bu imo – ishora yo hech qanday kommunikativ funksiya bajarmaydi, yoki boshqa ma’noni ifodalashi mumkin. Masalan, ”xayr” ma’nosini ifodalash uchun ruslar kaftini o’zidan orqaga qilib vertikal holatda takror – takror silkitadi, italyan kaftini o’ziga qarata vertikal holatida silkitadi. Yoki ingliz mashina to’xtatish uchun bosh barmog’ini tikka qilib, qo’lini musht qilib, rus va o’zbeklarda bu kinetik belgi yaxshi degan ma’noni beradi. Masalan: – Tvoy narod – ve! – qachon o’zbeklardan gap ochilsa, u barmog’ini dikkaytirib ko’rsatadi. (O’. Hoshimov. ”Ikki eshik orasi”, 84 – bet). Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin: Aytaylik, agar biron kishi ruscha gapirsa – yu, italyancha imo – ishoralar qilsa, uning gapi mazmunan to’la tushunarli bo’lgani holda, so’zlovchi kishi – xorijiy odam ekanligi oshkor bo’lib keladi. Ruslar va o’zbeklar barmog’i bilan ”bir, ikki, uch...” deb sanaganlarida chap qo’llarining barmoqlarini birma – bir mushtlariga buka boshlaydilar – bu vaqtda o’ng qo’l ishga solinadi. Bir qancha evropa mamlakatlarida esa xuddi shunday holatda musht qilib bukilgan barmnoqlarini birma – bir yoza boshlaydilar, ammo ikkinchi qo’l ishga solinmaydi. Shunisi qiziqki, ruslar va o’zbeklar chimchaloqdan boshlab sanasalar, yevropaliklar sanoqni bosh barmoqdan boshlaydilar. Ruslar o’z nutqini ma’nodor qilish uchun faqat bitta qo’l bilan (chap yoki o’ng) ishora qilsalar, chet elliklar, ayniqsa evropaliklar ikki qo’llarini baravar harakatga keltiradilar. Shuning uchun ham har qaysi xalqning imo – ishoralari birliklari yig’indisini alohida – alohida o’rganish xalqlar o’rtasidagi madaniy aloqalarning rivojlanishiga katta yordam beradi va paralingvistik imkoniyatlarga yanada keng qiziqish uyg’otadi.
Download 318.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling