Xurramova madina abdunazar qizi


Download 44.74 Kb.
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi44.74 Kb.
#1833329
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5366159794916833791




BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING KREATIVLIKNI OSHIRISHDA MUHIM BESH TASHABBUSNING O’RNI
XURRAMOVA MADINA ABDUNAZAR QIZI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 2-KURS TALABASI
Shabbazova D. R.
Ilmiy rahbar: p.f.f.d (PhD). TerDU

ANNONTATSIYA
Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilaridagi kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida foydalanish lozim o'qituvchi vazifalari haqidagi kerakli ma'lumotlar va manbalar keltirib o'tilgan. Maqolada berilgan ma'lumotlar asosida o'qituvchilar va ota-onalar o'zlari uchun kerakli tavsiyalarni olishlari mumkin.
Kalit so'zlar: Kreativlik , axborot, qobiliyat, ijodkorlik, ko’nikma, yaratuvchanlik, ta'lim, metodika, tafakkur, belgi, mashq, fikrlash, erkinlik.
KIRISH. Kreativlik so'zini ilk bor 1922-yilda AQSh olimi D. Simpson tomonidan qo'llanilgan. Ushbu atama orqali shaxs qolipdagi, stereotip, odatiy tafakkurdan voz kechish qobiliyatini ta'riflagan. Kreativlik (lot. creatio - yaratish, vujudga keltirish) - bu insonning noodatiy g'oya, fikr bera olish, muammolarni takrorlanmas, original yechimini topish, tafakkurning an'anaviy shakllaridan voz kecha olishga bo'lgan qobiliyatidir. Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo bo'ylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, san'at va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan. Kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy g'oyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga ba'zan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real ko'nikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda, bu esa, o'z navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Kreativ fikrlash ta'siri butun jamiyatga sezilarli innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, ya'ni har qanday sh axs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega.

Download 44.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling