Xuruj kunlari qilgan yettinchi kengashim


JETA LASHKARINI SINDIRISH MAQSADIDA QILGAN SAKKIZINCHI KENGASHIM


Download 19.44 Kb.
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi19.44 Kb.
#233960
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
17 mavzu

JETA LASHKARINI SINDIRISH MAQSADIDA QILGAN SAKKIZINCHI KENGASHIM

 

O‘z-o‘zimga dedim; «Agar Jeta lashkari bilan jang qilsam, ular ko‘p sonli bo‘lgani tufayli mabodo me­ning lashkarimga zarar yetsa-chi?» Lekin shu zahotiyoq g‘ayratim jo‘shdi: «Saltanat da’vo qilib xuruj qilgan ekansan, saltanat sha’ni va martabasiga loyiq ish shuki, jangga kirib, yo zafar quchib g‘olib bo‘lgaysan, yoxud o‘ldirilgaysan»,— dedim (o‘zimga-o‘zim).



Shunday azimat qilganimda g‘animlar uch favjga bo‘linib, urushtalab bo‘lib turganlarini ko‘rdim. Men o‘z lashkarimni yetti favjga bo‘ldim, Yetti favjimni ketma-ket dushman ustiga tashlab turishni maslahat ko‘rdim. Jangu jadal o‘ti baland ko‘tarilgach, amr qildimki, hirovul favjlari pistirmadan turib g‘animga o‘q yog‘dirsin. Shiqovul va chopovul favjlariga esa g‘animning chap qo‘liga hujum qilishni buyurdim. O‘zim bo‘lsa javong‘or va barong‘or favjlari bilan harakatga keldim. Birinchi va ikkinchi hamlaning o‘zidayoq Jeta lashkari amir ul-umarosi Abu Sa’idning favjini yengdim. Shu payt Haydar Andxudiy va Mengli Bug‘a jang maydoniga tushdilar. Ularga qarshi men o‘zim yuzma-yuz chiqdim va birinchi hamladayoq har ikkalasini ham chekintirdim. Jetaning tamomi lashkari yengilib, sochilib ketdi.

 

 




Download 19.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling