Xuruj kunlari qilgan yettinchi kengashim
Download 19.44 Kb.
|
17 mavzu
ham yemak-ichmak, kiyim-kechak umidi, shirin so‘z, ochiq yuz bilan o‘zimga rom etdim. Bir xizmatini o‘n barobar qilib taqdirlab, dillarini xushnud ayladim. Natijada meni qo‘llab-quvvatlaganlar ham, teskari bo‘lgan munofiqlar ham barchasi atrofimda birlashdi. Har ishda birlik-ittifoqlikni mahkam tutishga, amrimdan chiqmaslikka va’da berib, men uchun mol-jonlarini ayamay, maydonda jonbozlik ko‘rsatishga ahd qildilar.
Lashkardan ko‘nglim tinchigach, Ilyos Xojaga qarshi jangga hozirlik ko‘ra boshladim. Uni daf etish va (u bilan) qay yo‘sinda urush olib borishim haqida kengashdim, g‘animlar xabar topib ulgurmasdan, chapdastlik bilan ularning ustiga qo‘qqisdan bosqin qilishga qaror berdim, Bu xususda Qur’oni majiddan fol ochib qarasam, ushbu oyati karima chiqdi: «Qanchadan-qancha kichkina guruhlar Ollohning izni bilan katta guruhlar ustidan g‘alaba qozongan». Ushbu bashoratni topganimdan keyin lashkarimni tartibga keltirdim. Uni yetti favjga bo‘lib, yo‘lga tushdim. Tong yorisha boshlaganda (Ilyos Xojaning) hirovuli bo‘lmish Tug‘luq Sulduz va Kayxusravga yetishdim. Ikki hamla bilan ularni yengdim va (ularni) Ilyos Xoja joylashgan Puli sangingacha quvib bordim. Oqshom tushgach, yetgan yerimizda to‘xtadik. Jang maydoni sovib qolmasdan, qizig‘ida Ilyos Xojaning qariyb o‘ttiz minglik lashkari ustiga to‘satdan bosqin qilishga qaror qildim. Bordiyu (yurishni) to‘xtatsam va biron korhol yuz bersa, uning ilojini topish uchun (o‘zgalarning) ko‘magiga muhtoj bo‘lib qolishim mumkinligi to‘g‘risida o‘y surdim. Orqadan amir Husayn (lashkari bilan) meni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan edi, biroq men o‘zimni uning yordamiga muhtoj bo‘lib qolish darajasiga yetkazmadim. To‘g‘ri chorayu tadbir ishlatib, Ilyos Xoja lashkarini yengdim. Download 19.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling