Xusanov kamol mutalib oʻGʻlining “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan topshiriq javoblari


Download 0.52 Mb.
bet6/6
Sana09.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#265942
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayot favxsizligi fani 4-t

To‘rtinchi pog‘onaga odamlarning zinapoyadan tushgandan keyin ayvon va yo‘laklar orqali tashqariga chiqish eshigigacha bo'lgan masofani bosib o‘tishiga qaratilgan harakati kiradi. Sanoat korxonalari, bino va inshootlarda odamlarning harakatlanib yurishi, yordamchi vazifalar kiradi va uni amalga oshirish uchun maxsus maydonlar (yo‘laklar, zinapoyalar, kirish va chiqish joylari) ajratiladi.

Odamlarning binodagi harakatlanish jarayoni, ayniqsa, yong‘in yoki biror tabiiy ofat paytida keskin mas’uliyatli tus oladi. Bunday hollarda harakatlanishni to‘g‘ri ta’minlash odamlar hayotini saqlab qolishga garov bo‘la oladi. Har qanday xonada ham yong‘in sodir bo‘lish ehtimoli mavjud ekanligini inobatga olsak, barcha xonalardan va umuman binodan odamlarni xavfsiz joyga ko‘chirish uchun

evakuatsiya yo‘llarini rejalashtirish majburiy tadbirlardan hisoblanadi.

Evakuatsiya yo'llari deb, bino va inshootlarda xavfli holat yuzaga kelganida, odamlarni bino ichida joylashgan doimiy ish joyidan, qisqa vaqt ichida

tashqariga olib chiqadigan elementlar tizimiga aytiladi. Bunday elementlarga odamlami doimiy ish joyidan eng qisqa yo‘l bilan tashqariga olib chiqadigan yo‘nalish bo‘ylab joylashgan yo‘laklar, dahliz, zinapoyalar va maydonchalar, darvozaxonalar, chiqish eshiklari va boshqalar kiradi. Evakuatsiya vaqtida binodan chiqish eshiklari ikkitadan kam bo‘lmagan holda loyihalashtiriladi.

Xonalardan chiqish eshiklari va binodan chiqish darvozalari bir-biridan ma'lum masofada uzoqlashtirilgan bo'ladi Binolarning yer osti qavatlaridan evakuatsiya



qilishda odamlaming harakat yo‘nalishi bo‘ylab, yonuvchi ashyolar saqlanadigan omborxonalar mavjud bo‘lmasa, umumiy zinapoya orqali chiqishlariga ruxsat etiladi. Agar yerto‘lada bunday

omborlar mavjud bo‘lsa va bu omborlar uchun alohida chiqish yo‘li asosiy evakuatsiya yo‘lidan o‘tda yonmaydigan devor bilan to‘silgan bo‘lsagina, ulardan evakuatsiya qilishda umumiy zinapoyadan foydalanishga ruxsat beriladi.
Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling