Xush kelding bahor
“Ayol bir bir qo’lida beshikni, bir qo’li bilan dunyoni tebratadi”
Download 1.63 Mb.
|
8-mart
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ona, ayol haqida so‘z aytishdan oldin Alisher Navoiy hazratlarining ushbu o‘lmas satrlarini eslamoq joizdir
“Ayol bir bir qo’lida beshikni, bir qo’li bilan dunyoni tebratadi”
Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehr-u sahovati tufayli o’rganadi. Onani e’zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan fazilatdir. Chunki ayollarni qancha ulug’lasak, xayotimizning chirog’i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo’lamiz.Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehr-u sahovati tufayli o’rganadi. Onani e’zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan fazilatdir. Chunki ayollarni qancha ulug’lasak, xayotimizning chirog’i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo’lamiz.Ona, ayol haqida so‘z aytishdan oldin Alisher Navoiy hazratlarining ushbu o‘lmas satrlarini eslamoq joizdir:Onalarning oyog‘i ostidadur,Ravzai jannatu jinon bog‘i.Ravza bog‘i visolin istar esangBo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i...Dunyoda qancha millat bo‘lsa uning shuncha onasi bor. Har bir millat farzandi o‘z onasini yaxshi ko‘rmasligi, qadrlamasligi va hurmat qilmasligi aslo mumkin emas. Ona Afrikada ham, Amerika va Hindistonda ham, Osiyo, Yevropa va Antarktidada ham onadir. Ona ulug‘ va bebaho zot sifatida har joyda, har mamlakat va millatda beqiyos darajada e’zozlanadi. Rang-ro‘yidan, urf-odatidan, turmush-tarzidan qat’iy nazar ona ulug‘ zotligicha qoladi. Jumladan, biz, o‘zbeklarda ham. Onamiz, onajonimiz, porlab turgan quyoshimiz, to‘lin oyimiz, charaqlab turgan yulduzimiz. U bizning – jonajonimiz. Dunyo xalqlari ichida onalarni sevish, qadrlash va ulug‘lash borasida o‘zbeklar hamisha eng oldingi saflarda borayotgani, boshqa millatlarga o‘rnak bo‘layotgani kishiga faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Bu ajoyib va bebaho fazilatimiz bilan har qancha g‘ururlansak, faxrlansak arziydi.
Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling