a) 3-ustunda — “Ustav kapitali” — ta’sis hujjatlarida qayd etilgan va ustav kapitalini hisobga oluvchi hisoblarida (8300) ko‘rsatilgan ustav kapitalining summasi ko‘rsatiladi; - a) 3-ustunda — “Ustav kapitali” — ta’sis hujjatlarida qayd etilgan va ustav kapitalini hisobga oluvchi hisoblarida (8300) ko‘rsatilgan ustav kapitalining summasi ko‘rsatiladi;
- b) 4-ustunda — “Qo‘shilgan kapital” — qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi hisoblarida (8400) qayd etilgan qo‘shilgan kapital summasi ko‘rsatiladi;
- v) 5-ustunda — “Rezerv kapitali” — qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, rezerv kapitalini hisobga oluvchi hisoblarida (8500) qayd etilgan rezerv kapitali mablag‘lari summasi aks ettiriladi;
- g) 6-ustunda — “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zararlar)” — taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi hisoblarida (8700) qayd etilgan, yil boshida taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) summasi ko‘rsatiladi;
- d) 7-ustunda — “Sotib olingan xususiy aksiyalari” — sotib olingan xususiy aksiyalarini hisobga oluvchi hisoblarida (8600) qayd etilgan, korxonada bo‘lgan sotib olingan xususiy aksiyalarining summasi; ularni keyin tarqatish yoki yo‘q qilish uchun, ko‘rsatiladi;
- e) 8-ustunda — “Maqsadli tushumlar va boshqalar” — maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun budjetdan, maxsus jamg‘armalar, boshqa korxonalar, jismoniy shaxslardan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari ko‘rinishida tekin (bepul)ga olingan aktivlar va boshqa maqsadli tushumlar, shuningdek xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari ko‘rsatiladi.
“Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi” (020-satr) moddasi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yilida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va sotishdan olingan nominal qiymat va emissiya daromadi summasi aks ettiriladi. - “Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi” (020-satr) moddasi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yilida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va sotishdan olingan nominal qiymat va emissiya daromadi summasi aks ettiriladi.
- “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash” (030-satr) moddasi bo‘yicha hisobot yilining birinchi sanasi holati bo‘yicha har yili qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan asosiy fondlarni qayta baholashdan tashqari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash summasi aks ettiriladi.
- “Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqi” 040-satr)moddasi bo‘yicha buxgalteriya hisobida 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi valyuta kursi farqi”hisobida aks ettiriladigan, ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasida va mablag‘lar ustav kapitaliga haqiqatda kiritilgan sanada Markaziy bank kurslari o‘rtasida yuzaga keladigan, korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda hisobot yili uchun kurslardagi farq aks ettiriladi.
- “Rezerv kapitaliga ajratmalar” (050-satr) moddasi bo‘yicha ta’sis hujjatlariga ko‘ra va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yili uchun rezerv kapitalga ajratmalar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |