“Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)” (060-satr) moddasi bo‘yicha hisobot yilida olingan sof foyda (zarar) summasi ko‘rsatiladi. - “Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)” (060-satr) moddasi bo‘yicha hisobot yilida olingan sof foyda (zarar) summasi ko‘rsatiladi.
- “Tekinga olingan mol-mulk” (070-satr) moddasi bo‘yicha hisobot yilida turli manbalardan tekinga olingan mol-mulkning qiymati ko‘rsatiladi.
- “Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag‘lar” (080-satr) moddasi bo‘yicha hisobot yilida olingan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari va maqsadli foydalanish uchun boshqa maqsadli tushumlar ko‘rsatiladi.
- “Hisoblangan dividendlar” (090-satr) moddasi bo‘yicha hisobot davrining taqsimlanmagan foydasidan va avvalgi yillardan to‘plangan foydadan joriy hisobot yilida hisoblab yozilgan dividendlar summasi ko‘rsatiladi.
- “Xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari” (100-satr) moddasi bo‘yicha xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari summasi ko‘rsatiladi.
- “Yil oxiridagi qoldiq” (110-satr) moddasi bo‘yicha tegishli ustunlar bo‘yicha hisobot davri oxirida xususiy kapitalining saldosi ko‘rsatiladi. Bunda, 030, 040, 050, 100-satrlarda aks ettirilgan va 8420 — “Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farq”, 8510 — “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”, 8520-”Rezerv kapital” hisoblarida, maqsadli tushumlar (8800) hisoblarida hamda kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervini hisobga oluvchi (8900) hisoblarda hisobda turgan xususiy kapitali manbalarining yil boshidagi summaga nisbatan kamayishi minus belgisi bilan ko‘rsatiladi. Shuningdek, minus belgisi bilan hisobot yilidagi hisoblangan dividendlar (090-satr) va qoplanmagan zarar (060-satr) summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |