Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirishga qaratilgan molmulki = Sof aktivlar - Ustav kapitali (fondi) - Zaxira kapitali
Bugungi kunda korxonalaming aksariyat qismi mulkchilikning eng
keng shakli, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklida tashkil
etilmoqda. Ushbu jamiyatlarda ustav kapitali 3 xil tartibda
ko'paytirilishi mumkin:
a) jamiyatning mol-mulki hisobiga;
b) jamiyat ishtirokchilarining qo'shimcha hissalari hisobiga;
v) jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslaming hissalari
hisobiga.
Yuqoridagilardan kelib chiqsak, jamiyatning mol-mulki hisobiga ko'paytirish qo'shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlar va kelgusi davr xarajatlari va to'lovlari uchun zaxiralardan sotib olingan xususiy ulushlami (aksiyalarni) ayirib tashlagan holdagi natijaga amalga oshirish kerakligi belgilangan.
Qo'shilgan kapital, maqsadli tushumlar va kelgusi davr xarajatlari va to'lovlari uchun zaxiralar hisobiga ustav kapitalini ko'paytirishning umuman iloji yo'q. Chunki, ushbu balans moddalari yoki buxgalteriya hisobi obyektlari foydalanish maqsadi aniq belgilangan. Sof aktivlami tahiil etish metodikasi ikkita bosqichda amalga oshiriladi:
1. Sof aktivlar dinamikasining tahlili. Buning uchun davr boshiga va
oxiriga sof aktivlar qiymati va ulaming o'rtacha ko'rsatkichi aniqlanadi.
Olingan natijada o'tgan yillar bilan taqqoslanish o'zgarishlari va
o'zgarish sabablari aniqlanadi.
2. Sof aktivlardan samarali foydalanish tahlili. Bunda sof
aktivlaming aylanuvchanligi, rentabelligi ko'rsatkichlari va ularning
o'zgarishlari omilli tahiil etiladi.
Sof aktivlardan foydalanish samaradorligini aniqlash quyidagi
formula asosida hisob-kitob qilinadi:
Ssa = SF / SA * 100
Bu yerda:
Ssa - sof aktivlar samaradorligi;
SF - sof foyda;
SA — sof aktivlar summasi.
Sof aktivlar aylanuvchanligi sotishdan tushumni sof aktivlaming
o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish orqali topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |