Xususiy mulk huquqi


Download 32.75 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi32.75 Kb.
#1581892
1   2   3   4
Bog'liq
Xususiy mulk huquqi

Mahalla mulki. Mahalla ijtimoiy o`z-o`zini boshqarishning boshlang`ich bo`g`ini hisoblanadi. Mahalla mulki quyidagi mablag`lardan shakllanadi:
mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati va ularning umumiy daromadlari;
fuqarolar va yuridik shaxslarning ixtiyoriy badallari, hayr-ehsonlari;
xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratilgan budjet mablag`lari;
shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag`lar.
Mahallada istiqomat qiluvchi aholi tomonidan saylab qo`yilgan organlar mahalla mulkining subyekti hisoblanadi. Mahalla mulkining tayinlanishidan maqsad, turli marosimlar, tadbirlar, shuningdek kam ta`minlangan oilalarga nisbatan moddiy yordam berish hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu organlar o`z mulki bo`lgan obyektlarni vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berishga, ijaraga topshirishga, o`z tasarrufidan chiqarishga, qonun hujjatlariga muvofiq mazkur mulk bilan bog`liq boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
Kooperativ mulk xo`jalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shug`ullanish uchun a`zolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulkidir. Kooperativ mulk o`z tarkibi bo`yicha uning a`zolari mol-mulkini umumlashtirish, xo`jalik faoliyatini yuritish asosida olingan daromadlar va hokazolardan tashkil topadi. Kooperativ tugatilgan taqdirda budjet, banklar va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitoblar qilinganidan keyin qolgan mol-mulk kooperativ a`zolari o`rtasida taqsimlanadi.
Jamoa korxonasining mulki davlat korxonasining butun mol-mulki mehnat jamoasi a`zolari tomonidan sotib olish yoki boshqacha usullar bilan qo`lga kiritilgan taqdirda vujudga keladi. Uning tarkibiga shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, olingan daromad va boshqalar ham kiradi.
Xususiy korxonalar mulki. Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e`tirof etiladi. Xususiy korxona o`z mulkida alohida mol-mulkka ega bo`ladi va o`z nomidan mulkiy huquqlarga ega bo`lishi hamda ularni amalga oshirishi mumkin. Xususiy korxona o`z majburiyatlari bo`yicha o`ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo`lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo`yicha o`ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo`ladi.
Xususiy korxonaning ustav fondi bo`linmasdir va uni mulkdorning o`zi belgilaydi. Pul, qimmatli qohozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar yohud boshqa shaxsga beriladigan o`zga huquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga qo`shiladigan hissa bo`lishi mumkin. Mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o`zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi. Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor o`z oila a`zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni korxonaga berayotgan bo`lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi. Xususiy korxonaning ustav fondini ko`paytirish va kamaytirish mulkdorning qaroriga ko`ra xususiy korxonaning ustaviga o`zgartishlar kiritish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Agar ikkinchi moliya yilining va shundan keyingi har bir moliya yilining yakunida xususiy korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan kam ekanligi ma`lum bo`lib qolsa, xususiy korxona o`z ustav fondini o`zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorda kamaytirishi shart.
Xususiy korxona sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Xususiy korxona mulkdori xususiy korxonaning pul mablag`larini hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi. Mulkdor xususiy korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar to`langanidan keyin qolgan foydasidan o`z ixtiyoriga ko`ra foydalanish, xususiy korxonaga tegishli mol-mulkni boshqa shaxsga berish, ijaraga berish, garovga qo`yish, boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga hissa sifatida kiritish yoki ushbu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etish huquqiga ega. Xususiy korxonaning mol-mulki natsionalizatsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xususiy korxonaning mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, xususiy korxonaning mulkdoriga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulkning bozor qiymatiga muodil kompensatsiyasi to`lanadigan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno.

Download 32.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling