Xususiy mulk va muqobil qiymatlar
Harbiy asirlar bilan bog'liq muqobil qiymat
Download 25.54 Kb. Pdf ko'rish
|
private-property-and-opportunity-costs-uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy savollar
Harbiy asirlar bilan bog'liq muqobil qiymat
O'rta asr Evropa urushlari odatda ancha osoyishta kechgan, harbiy asirlar bilan ham asosan yaxshi munosabatda bo'lishgan. Kichik qo'shin taslim bo'lishidan oldin qarama-qarshi qo'shinlar har bir tomondagi askarlar sonini sanab chiqishi oddiy hol hisoblangan. «Jang»ning bunday zo'ravonliksiz bo'lishiga sabab o'sha paytlarda askarlar asirlariga nisbatan xususiy mulk huquqiga ega bo'lganlar. Ushbu qonun ostida asirlarni ularning oilalariga sotish huquqi mavjud bo'lganligi bois, asirlarning o'ldirilishi g'oliblar uchun muqobil qiymatni vujudga keltirgan. Xususiy tashkilotlar, jumladan diniy farmoyishlar, asirlarini sotmoqchi bo'lganlar va ularni sotib olishni istaganlar o'rtasida vositachilik qilishni boshlaganlar. 4 Harbiy asirlarning baxtiga qarshi, uzoqqa otadigan qurollarning paydo bo'lishi bilan qo'l bilan kurashish kamayib, yakka askarlarning asir olish ehtimoli ham kamaydi. Keyinchalik urushlar shafqatsizroq bo'lib ketdi, chunki nafaqat urush texnologiyasi takommilashdi, balki asirlarga egalik qilish huquqi ham davlatga o'tdi. Mulk davlatga tegishli bo'lganda odamlarning muqobil qiymati kamayishi bois, asirlarni o'ldirish yoki ularga shikast yetkazish avj oldi. Shubhasiz, insonga xususiy mulk sifatida qarash noto'g'ri. Ammo, muqobil qiymat mavjudligi tufayli asirlar «davlat mulki» bo'lgandan ko'ra «xususiy mulk» bo'lganda ahvoli durustroq bo'ladi. Xususiy mulk bozor munosabatlaridan kelib chiqadigan hamkorlik uchun juda muhim, chunki u odamlar o'z harakatlarining muqobil qiymatini hisobga olishlarini ta'minlaydi. Juda ko'p odamlar aynan xususiy mulkning yo'qligi sababli yuzaga keladigan muammolarga xususiy mulkni ayblashi ham qayg'uli, ham kinoyali holatdir. Yakuniy savollar: Nima uchun bozorlar qiymatlarni davlatga nisbatan boshqacha oshkor etadi? Ushbu farq bozor ayirboshlashiga va samarali faoliyatga qanday ta'sir qiladi? Duayt Lining «Xususiy mulk va muqobil qiymatlar». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi asosida The Foundation for Economic Education tashkiloti tomonidan taqdim etilgan. Download 25.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling