Xususiyatlar xulosa foydalanilgan adabiyotlar ròŸxati
Download 109.34 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5213210499063233153
I Demak, Navoiyning me’rojnoma na’tlarida pay-g‘ambarimizning Makkadan
Quddusga borishlari va Quddusdan ko‘kka chiqishlari, ya’ni yuqoriga ko‘tarilishlari, Olloh huzuriga safarlari — me’roj tuni deyiladigan parvozlari ta’rifu tasnif etiladi^ Endi me’rojnoma na’tlarga bir nazar tashlasak: >Sadqang bo‘lubon urmoq bu ganbadi axzar charx, Qayeringg‘a davr urg‘ondek bir sabz kabutar charx. («Favoyid ul-kibar», 107-g‘azal). «Charx» radifli g‘azalning bu baytida: «Sen sadqa bo‘lib, bu yashil gumbazni (osmonni) aylanding, bu xuddi qasringni bir yashil kabutar charx aylaganga o‘xshaydi»,—deyilyapti. ^Mana bu baytda esa me’roj kechasi payg‘ambarimiz- ning xushbo‘y sochlarining hidi (savomi’) xristianlarning muqaddas ibodatxonasiga atir hidi bo‘lib borganligi tasvirlangan: 8 Shamimkim sochibon zulfi anbarafshoning, Bo‘lub savomi’ quds eliga atri dimog‘., Mana bu baytda esa me’roj tunida payg‘ambarimiz Olloh huzuriga tashrif paytida o‘zlikdan butunlay qutulib, o‘zlarini u dunyoyu bu dunyo bandligidan xalos etib, shu yuksak ruhiy darajaga yetganliklari qalamga olinadi: Uzin o‘zlukdinu kavnayn mulkidin qilib xorij. Qayu kavnayn mulki, lomakondin ham topib ixroj. («Favoyid ul-kibar», 92-g‘azal). !Me’rojnoma na’tlarda payg‘ambarimizning parvoz-lari tunida butun olam va borliqning holati, Buroq otining yashinday tez yurishi, tunu kun tasviri o‘ta ba- diiy, ta’sirchan ifodalangan. / 3. HAMD VA NA’TLARDA ShAFOAT TALQINI Shafoat so‘ziga Alisher Navoiy asarlari lug‘atida shunday ta’rif berilgan. «Shafoat — o‘rtada turib vosita bo‘lish degan ma’noni anglatadi». ■Islomda shafoat Ollohning Muhammad alayhis-salomgagina bergan ne’mati sifatida talqin etiladi., Navoiyning Ollohga bag‘ishlangan hamd va payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam ta’-riflariga bag‘ishlangan na’tlarida shafoat masalasiga ham ko‘p duch kelamiz. 2 Garchi o‘tmish adabiyotimiz uchun shafoat masalasi muhim bo‘lib kelgan bo‘lsa ham, adabiyotshunosligimizda endi-uni o‘rganishga kirishildi. ShAFOAT payg‘ambarimizning buyuk mo‘jizalaridan biri bo‘lmish me’rojga har taraflama bog‘liq. Shuning uchun u mavzuyimizga bevosita aloqador masala. 2 3. A’zamov Abdulla. Aruz: Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur saboqlari. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2006. – 224 b. 9 o‘rtasida xos suhbat bo‘lib o‘tadi. Shunda Tangri Muhammadga: «Sen maning buyurg‘an amrlarimni biturgil, man ham saning tilagingni berayin. Sen duo Qilgil, men mjobat qilayin. Sen so‘ragil , man ham be-rayin. Sen shafoat qilgill, men bag‘ishlayin . Bukun man sendin xushnudman. Yerni yozuqlar sening shafoating birla , sen ham ummatdin xushnud bo‘lg‘il», - dedi., (Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy. «Qisasi Rabg‘uziy», 2-kitob, 1991 yil, 151-bet.) «Demak Olloh papg‘ambarga ummatlarning gunohlaridan kechishini so‘ra, ular uchun orada vosita bo‘lgil, men ular gunohini kechiram, deb saxovat qilayin. Shundan keyin Ollox payg‘ambarga uch bor: «Tila tilagingni!»—dedi. Uch marta ham Muhammad (SAV) ummatlar gunohidan o‘tmshni so‘raydilar. Birinchi so‘rovda Olloh yetmish ming gunohkorning gunohidan o‘tganini aytadi. Ikkinchi tilakda uchdan ikki qism musulmonning gunohidan o‘tiladi. Uchinch tilakda esa oltidan besh qism ummatning gunohidan kechiladi/ «Qisasi Rabguziy»da esa: «Olloh menga oltimdan bir musulmonning gunohidam o‘tmadi?» — degam masalaga aniklik kiritiladi. «Agar bir ulushi bag‘ishlasam, — deydi Xudo payg‘ambariga, — tongla mahshar kunida xaloyiq yigilmishda sening shafoating maning rahmatim qayda bilgurgay. Bir ulush tursun. Tomgla (ya’ni qiyomat kun. — 3. G‘.) sen tilagil, men berayin. Duo qilgil, man ijobat qilayin. Shafoat qilg‘il, man bag‘ishlayin. Qamug‘ olamlig‘lar sening shafoating, maning rahmatim mushohada qilsunlar» (Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy. «Qisasi Rabg‘uziy» 2- kitob, 1991 yil, 152-bet). Demak, birinchidan, payg‘ambarning shafoat tufayli Olloh oltidan besh musulmonning gunohidan o‘tdi, ikkinchidan, qolgan bir ulush masalasi esa ro‘zi mahshar, ya’ni qiyomat kuni hal bo‘ladi: o‘shanda payg‘ambar kimning guno hidan o‘tishni Ollohdan so‘rasa, Olloh bu Iltimosni bajaradi. Ana shu nuqtada shoirlarni na’t yozishga, paygambar ruhidan 10 shafoat tilashga undovchi bir ilinj bor: zora, har birimiz ana shu oltidan beshning ichida bo‘lsak, loaqal, qiyomat kuni payg‘ambarning ko‘zi biz — osiy bandalarga ham tushsa!.. Shoir gazallarini o‘rganish davomida shuni kuzatdim, Navoiy hamd g‘azallarning ayrimlarida, aniqrog‘i, munojot hamdlardagina shafoatni tilga oladi. Munojot hamdlarda lirik qahramon Ollohga iltijolar qiladi va yalinib-yolvorishlar ichida rasulullohning shafoatlaridan benasib qolmaslikni Ollohdan tilash uchun imkon topiladi ♦«Xazoyin ul-maoniydagi munojot hamd g‘azallar orasida ikkita shunday g‘azalga duch kelamiz. Hamd g‘azallarda shafoatga yetkazish Ollohdan so‘raladi. Qiyomatda gunohin afv etarga Rasulingni shafi’ et, qirdgoro. » («G‘aroyib us-sig‘ar», 5-g‘azal). «Qirdgor» degan forsiy so‘z «yaratuvchi» ma’nosini beradi Demak, baytda rasululloh shafoatidan umidvorlik ruhi bo‘lsada, bunga yetkazish bevosita Tangridan iltijo qil inyapti. Gunahbaxshi sen bo‘lgilu juripo‘shi, Shafoatg‘arilik xayr ul-baroyo. («Favoyid ul-kibar», 4-g‘azal). Bu g‘azalnnng maqtasi. Matla’dayoq shoir Xudoga murojaat qilib, bari gunohlaridan o‘tishini iltijo etadi. Lekin oxirida, baribir, payg‘ambar shafoatiga umidvor bo‘ladi. «Xayr ul-baroyo» odamlaring yaxshisi degan. Odamlarning yaxshisi esa— Muhammad sallollohu alayhi vasallam. Demak, hamd g‘azallarda shafoatga yetkazish Ollohdan so‘raladi, na’t g‘azallarda esa bevosita payg‘ambarning o‘zidan o‘sha qiyomat kuni shafoat etayotganda ko‘z qirini tashlash iltnjo qilinadi. 11 Na’t g‘azallarda shafoat masalasiga ko‘proq duch kelamiz. Shafoat aksar hollarda gazalning so‘nggi bayti bo‘lmish maqta’da yoxud undan oldingi shoir taxallusi qo‘llangan qo‘shmisrada eslanadi. Bu ko‘pincha birgina baytda yuz beradi. Shuning uchun ham bu go‘yo g‘azalning xulosasidek jaranglaydi. Endi Navoiyning vasf na’t g‘azallaridagi shafoat tasvirida kelgan ayrim baytlarni ko‘rib o‘taylik. 1. Kim tutsa shafoating ummidi. Bebokligingdin anga ne bok. («G‘aroyib us-sig‘ar», 322-g‘azal). «Beboklik» — qo‘rqmaslik, parvo qilmaslik, uyalmaslik degan ma’nolarda keladi. Demak, baytda shoir, kimki sening shafoatingga umid boglasa, u yana nimadan ham xavotir qilsin, degan mazmunni o‘tkazgan, 2. Gar Parvoyim sori mahsharda nazar aylamasang, Sakaru pordek o‘lgay anga xuldu mofih. («Navodir ush-shabob», 521-g‘azal). 3 Navonynnng lirik qahramoni bu maqta-da, hatto, jannatga tushishning o‘ziga ham rozi emas, u aynan ana shu paygambarning nigohiga va xuddi shu shafoat orqaligina nasib etadigan jannatga umidvor. Agar payg‘ambar nigoh tashlamasa, jannat ham unga do‘zaxdek, jannatning ichindagi ne’matlar esa do‘zaxdagi o‘t-olovdek tuyulishi mumkin. 3. Ya nabiyulloh ahvolima qil nazar. Jurmu piyonu ojizlig‘im motaro. («Badoe’ ul-vasat», 7-g‘azal). Bunda ham lirnk qahramon rasulullohning nazaridan umidvor. «Chunki mening jarimalarim ko‘payganini, isyonim bisyorligini, ojizligimni ko‘rib turibsan-ku!»— 3 Ahmedov T., Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni. – Toshkent: Fan, 1970. - 140 b. 12 deydi u. Bu ham — shafoatga qat’iy ishonish tuyg‘usi. 4. Chun shafoat daftari sendin tutarmen ko‘z, neg‘am, Har qo‘lumg‘a bersalar mahsharda maktub, ey habib. («Badoe’ ul-vasat», 40-g‘azal). «Habib»— do‘st degani. Bu payg‘ambarimizga ishora, chunki u kishining laqablari «Habibulloh», ya’ni «Ol-lohning do‘sti». Lirik qahramon shafoat bitilayotganda o‘zining ham nomi bo‘lishini, uning har bir qo‘liga mahshar kuni maktub yozib berishlarini orzu qiladi. 5. Navoiy, o‘lsa gunah dudi bila noma siyoh, G‘ami yo‘q o‘ttin, erur chun shafoating mav’ud. («Badoe’ ul-vasat», 114-g‘azal). Lirik qahramon hamisha o‘zini gunohkorlar safida ko‘radi. Bu baytda ham u o‘zini «noma siyoh»lardan deb biladi. Lekin uning g‘ami yo‘q, chunki payg‘ambarning shafoati uni o‘tdan qutqarsa ajab emas. 6. Bu to‘rt daftarida hamdu na’t aro xalali. Gar etmish o‘lsa ayon tab’u kilki beboki. Vale shafoating imkoni ko‘ngliga kirgach, Umid ila sevuyur yana tab’i g‘amnoki. Ya’ni «Xazoyin ul-maoniy»ning eng oxirgi g‘azalidan. Shoir uni na’t qilib bitgan va unda o‘z na’tlari to‘g‘risida so‘z yuritgan ham. «To‘rt daftar», ya’ni to‘rt devonda hamdu na’t bitib, uning qalami noloyiq so‘zlar yozgan bo‘lsa bordir. Biroq, shoir ko‘nglida shafoat imkoni umidi tug‘ilgach, uning g‘amli tab’i sevinadi. «Xazoyin ul-maoniy»ning na’t g‘azal bilan tugallanishi zamirida ham shafoatdan umidvorlik borligi juda e’tiborli hodisa. Endi me’rojnoma na’t g‘azallardagi shafoat qalamga olingan parchalarni bir-bir ko‘rib o‘tsak. 1. Navoiy asru buzulmish, boqib inoyat ila, 13 Aning buzug‘lug‘ini bir ko‘z uchi birla yaso. («Navodir ush-shabob», 6-g‘azal). Bu baytda shoir Navoiy haddan tashqari gunohkor bo‘lganini («asru buzulmish») aytib, payg‘ambardan inoyat qilishini so‘raydi. Chunki payg‘ambarning ro‘zi mahsharda bir ko‘z uchi bilan boqishi bu gunohlardan kechish uchun («buzug‘lug‘ini... yaso») yetarli. 2. Bu baski ayni inoyat bila ko‘zung tushsa, Tamug‘ o‘tig‘a Navoiyni sudrab eltur chog‘. («Navodir ush-shabob», 295-g‘azal). Ushbu baytda «shafoat» degan so‘z yo‘q. Lekin «inoyat» bor. Shafoat ham — inoyat. Lirik qahramon o‘zini do‘zaxga sudrab ketayotgandek tasavvur qiladi. Ana shunday bir murakkab fojiaviy holatda agar payg‘ambar inoyat qilib, ko‘zini unga qaratsa, masala hal, shuning o‘zi uni do‘zaxdan olib qolishlari uchun yetarli. 3. Jurmu isyon ko‘pidin bo‘ldi Navoiy bexud, Bir nazar ayla aning sariki, bor asri hazin. («Badoe’ ul-vasat», 438-g‘azal). Lirik qahramonni qilgan gunohlarining vahmi bosadi. U bundan, hatto, bexud bo‘ladi. Shuning uchun payg‘ambarning unga bir nazar tashlab, hazinlikni quvishidan umidvor bo‘ladi. Bu ham — bevosita shafoat- ga ishora. Navoiy komil musulmon banda edi. U, islomning barcha ahkomlari kabi, payg‘ambarimizning shafoat-lari muqarrar ekaniga ham qat’iy ishonadi. Chunki har bir musulmon, iymoni butun bo‘lsa, o‘zini gunohlardan to‘la forig‘ deb biladi. Shuning uchun musulmonlarda ana shu shafoatdan umidvorlik tuyg‘usi mavjud. 14 Muhammad payg‘ambardan keyin tug‘ilganlargina emas, hatto, undan oldin yashab o‘tganlar ham uning shafoatidan xomtama. Buni Navoiy o‘zining maxsus «Munojot» asaridagi na’t faslida shunday ifodalagan: «Yuz yigirma to‘rt ming anbiyoyi mursal xilqatidin murod ul va borcha anga xayl va o‘n sakkiz ming olam ixtiro’idin maqsud ul ofarinish anga tufayl. Nubuvvat taxtida humoyun harori uzra toj, anbiyovu rusul xaylida sohib me’roj, avvalinu oxirin xalhi aning shafoatig‘a muhtoj». ^Navoiyning lirik hahramoni ham o‘zining ichki his-tuyg‘ularini shafoat bilan bog‘liq orzulari yanglig‘ ifodalagan, na’tlaridagi iltijolari tufayli jannatga yetishni — shafoat ko‘rishni o‘ylagan. Mohiyat e’tibori bilan bu na’t g‘azallar kishini iymonga, har bir ishni bilib qilishga, har bir qadamni bilib bosishga chorlaydi. Hamd va na’t g‘azallari talqin va tahlillaridan ulug‘ shoir iymoni komillik darajasiga yetgani ko‘rinib turibdi. Navoiy hamd va na’tlarni shunchaki an’ana uchun yaratgan emas. Avvalo, ulug‘ mutafakkir falsafasida Olloh va payg‘ambar masalasi ayricha ahamiyatga ega. Uning dunyoqarashini aniqlashda Ollohga va payg‘ambarga munosabatini chetlab o‘tishning sira iloji yo‘q. Lekin, afsuski, shu paytgacha shoirning hamd va na’tlariga yetarli ilmiy e’tibor bermay kelinayotgan edi. Birinchidan, bu asar yo qismlarni Navoiy shunchaki hukmron mafkura ta’sirida yozgan, degan qarash bor edi. Ikkinchidan, ko‘p ommaviy nashrlarda aynan ana shu hamd va na’tlar qisqartirib tashlangan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin shoir ijodining ahamiyati ortdi. Chunki, bobokalonimizning har bir fikri, nuqtai nazari, hayot va odamzod, dunyo va oxirat haqidagi qarashi bugun o‘z qomatini qayta tiklayotgan xalqimiz uchun zarur. 'Milliy istiqlol mafkurasini endilikda ana shu ulug‘ millatdoshimiz ijodisiz tasavvur qilish ham, yaratish ham amri mahol. Shu tariqa endilikda shoir merosining har bir satri, bayti, ishorasini ham talqinu tahLil etish davri boshlandi. 15 Shuni dadil aytish mumkinki, hamd va na’tlar mohiyatiga yetmasdan Alisher Navoiyning olam, odam va Olloh haqidagi qarashlari tizimini anglab olish sira mumkin emas. Navoiy g‘azallarini tasniflarga bo‘lib o‘rganish shu asarlar mohiyatiga yetishni osonlashtiradi. Chunki har bir g‘azalning o‘z ichki badiiy-mantiqiy tizimi mavjud. Hamd g‘azallarda shoir Olloh u dunyoyu bu dunyoni yaratuvchi buyuk zot ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Mana bu baytda Ollohning qudrati bilan otalar, onalar paydo bo‘lganligi aytilyapti: Bahona ummohot o‘ldiyu obo, yo‘hsa sun’ungdin Ato birla anog‘a ne atovu ne ano paydo. («Badoe’ ul-vasat», 2-g‘azal). «Xazoyin ul-maoniy»ning birinchi devoni — «G‘aro- yib us-sig‘ar», ikkinchisi — «Navodir ush-shabob», uchin-chisi — «Badoe’ ul- vasat», to‘rtinchisi — «Favoyid ulkibar». Devonlardagi g‘azallarni o‘rganish davomida shuni kuzatdikki, «Favoyid ul-kibar»ning so‘nggi g‘azali faqat shu devonninggina emas, butun «Xazoyin ul-maoniy»ning oxirgi g‘azali hisoblanadi. Gap shundaki, bu g‘azal devondagi an’anaga zid ravishda joy-lashtirilgan. «Xazoyin ul-maoniy»ning so‘nggi g‘azali 4 _na’t. Shu tariqa «Chor devon» g‘azaliyoti Olloh hamdi bilan boshlanib, payg‘ambar na’ti bilan tugallanadi. Endi mana shu «Favoyid ul-kibar»ning so‘nggi g‘azalidan o‘qiymiz: Sening madoyihi na’tingda, yo Rosululloh, Tamom bo‘ldi Navoiy takallumi poki. («Favoyid ul-kibar», 650-g‘azal). 4 . Bertels Ye.E. Izbrannыe trudыyu Navai i Djami. – M.: Nauka. 1965. – 500 s. 16 Bu baytda shoir bevosita rasulullohga murojaat qilgan bo‘lib, sening madhingda na’t aytib, Navoiyning pok so‘zi tamom bo‘ldi, deydi. Shundan xulosa qilish mumkinki, bu g‘azalni Navoiy ana shu «Xazoyin ul-maoniy»ning so‘nggi g‘azali tarzida joylashtirish mahsadi bilan ma x s u s yozgan. Bu fikrimizni navbat dagi bayt to‘la huvvatlaydi: Bu to‘rt daftarida hamdu na’t aro xalali, Gar etmish o‘lsa ayon tab’u kilki beboki. («Favoyid ul-kibar», 650-g‘azal). Bu baytning mazmuni shuki, to‘rt daftar deganda shoir «Xazoyin ul-maoniy»ning to‘rt devonini ko‘zda tutgan. «G‘aroyib us-sig‘ar» devonidagi bir g‘azalda shoir na’t aytish ham ma’rifat ekanligini ta’kidlaydi: Sen kimu na’tin demak, til asrag‘il ko‘p nuktadin, Ey Navoiy, ma’rifatni qilma har ne bor xarj. («G‘aroyib us-sig‘ar», 94-g‘azal). «Favoyid ul-kibar»dagi bir g‘azalda esa shoir na’t yozish ilm talab qilishini qalamga olgan: Chun Navoiy na’ting ayturg‘a tilar bo‘lg‘ay ilm, Ne ajab gar. bo‘lsa bot olimlar ichra a’lame. («Favoyid ul- kibar», 575-g‘azal). Xulosa qilib aytish mumkinki, hamd va na’t g‘azallarni Navoiy «Qur’on»i karimdagi oyatlarga tayanib yozgan. Agar hamd g‘azallar kishilarni Olloh yagonaligiga, uning yo‘qdan bor, bordan yo‘q qiluvchi zot ekanligiga imon keltirishga da’vat etsa, na’t g‘azallar Muhammad payg‘ambardek mukammal, illatlardan xoli, komil inson bo‘lishga undaydi. Bu g‘azallar ma’naviy dunyomizni boyitishga xizmat qiladi. Chunki iymon ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling