Xususiyatlar xulosa foydalanilgan adabiyotlar ròŸxati


Download 109.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.06.2023
Hajmi109.34 Kb.
#1649328
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5213210499063233153

Vasf na’tlarda payg‘ambarimizning umumiy sifat 
lari qalamga olinadi. 
Ey, nubuvvat xaylig‘a xotam baniy Odam aro, 
Gar alar xotam, sen ul otkim, erur xotam aro. * («G‘aroyib 



us-sig‘ar» 6-g‘azal). 
Bu baytda Muhammad alayhissalom Odam farzandlari orasida barcha 
payg‘ambarlar ichida uzuk, yo‘l, agar oldingi nabilar uzuk bo‘lsa, bu o‘sha uzukda 
bitilgan ot, deyiladi.» 
Ey, deb sifatingda ahli idrok,
Lav loqa lamo xalaqit-ul-aflok. 
(«G‘aroyib us-sig‘ar», 322-g‘azal).
Bu baytda payg‘ambarimizning sifatlari tilga 
olinyapti. 
Payg‘ambarimizning bu sifatlari Husayn Boyqaro- 
ning «Risola» kitobida mana bunday berilgan. «Sen bo‘lmasang, falaklarni yaratmas 
edim». Bu Olloh tomonidan payg‘ambarimizga aytilgan hadisu Olloh tomo-nidan 
aytilgan hadislar esa ilmda «Hadisi qudsiy» deb nomlanadi.* 
Shakarga uzubatda nutqung ne ajab kulea, 
Kim, ernisga esh bo‘lmish axloq aro shakarxapd. 
(«G‘aroyib us-sigar», 114-g‘azal).
Bu baytda payg‘ambar nutqining shirinligi — «shak- 
karxapd»dagi vasf etilgan. Shiringufgorlik bu yerda axloq ning muhim sifati tarzda 
talqin qilinyapti. 

Baytda shoir pangambarimizning savodlari bo‘lmasa ham, laduniy, ya’ni 
urinmasdan, Xudo tomonidan yetgan ilmlarga notiq ekanliklarin, ko‘ngillari ilohiy 
ogohligini ifodalab bergan. > 
 



Bunda, umuman, odamzodni yaratishdan maqsad Mu-hammadni dunyoga keltirish 
ekanligi e’tirof etilyapti. * 
Zihe azalda karam aylabon safga Xaltok,
Karam xilkat ichida makorim axloq 
(«G‘aronib us-sigar», 309-g‘azal).
Shoir paygambarimizning xulqlarini makorim axloh deb vasf etadi.) Ollohnnng o‘zi 
senga saxovat ko‘rsatib, yaratilganlar ichida seni karamlab, yaxshi 
xulqlar egasi qilib yaratdi. 
So‘zungda xirad topmayin galat ahkom, 
Tilingga sahv bila ham o‘tmagan xato alfoz. («Navodir ush-
shabob», 284-g‘azal). 
Bu baytda paygambarning to‘g‘ri so‘zligi, hech bir xatoga yo‘l qo‘ymaganlari 
ta’riflanyapti. 
Shoirning ba’zi vasf na’tlarida me’rojga ishorani ham kuzatamiz.- 
Dunyo bu baytda sipehr (falak, osmon) yuz ming ko‘zin (ya’ni yulduzlar ko‘zda 
tutilyapti) nega yummaydi, chunki ular yana bir kecha sening visolingga mushtoq, 
deyilgan: 
Sipehr har kecha yuz ming ko‘zin yummas, Visoling ga yana bir kecha gar 
emas mushtoq. 
Navoiyning vasf na’t gazallarida payg‘ambarimiz haqidagi eng muhim islomiy 
jihatlar yoritilgan, de 
sak, xato bo‘lmas. 
Me’roj nima? Bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi nimani anglatadi?' Navoiy asarlari 
lug‘atida «me’roj» so‘zining birinchi ma’nosi shoti, narvon, ikkinchi ma’nosi yuqoriga 
(ko‘kka) ko‘tarilish, uchinchi ma’nosi Muhammad payg‘ambarning Makkadan 



Quddusga borishi va Quddusdan ko‘kka chiqishi, deb berilgan. > 
' Me’roj kechasi «Qur’on»i karimning «Al-Isro» («Tungi sayr») deb nomlangan 17-
sura, 1-oyatida mana bunday berilgan: > 
« (Olloh) bir kecha, Òz bandasi (Muhammad)ni unga oyat-mo‘jizalarimizdan 
ko‘rsatish uchun (Makkadagi) Masjid al-Haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli 
qilib qo‘ygan Masjid al-Ahsoga sayr qildir-gan (barcha aybu nuqsondan) pok zotdir. 
Darhaqiqat, U eshitguvchi, ko‘rguvchi zotdir».? 
/ Bu oyatga tarjimon quyidagicha izoh beradi: «Bu — me’roj, ya’ni Olloh huzuriga 
ko‘tarilish hissasi bo‘lib, u payg‘ambarimiz (SAV)ning Madinaga hijrat qilishlaridan 
bir yil ilgari voqe bo‘lgandir. Rasululloh aytadilar: «Bir kecha Masjid al-Haromda 
ekanman, banogoh huzurimga Jabroil Buroq ismli otni yetaklab keldi va meni o‘sha 
otga mindirib samoga olib chiqib ketdi. Bir zumda Quddus shahriga yetib keldik. Bu 
yerdagi Masjid al-Aqsoda ikki rakat nafl namozini o‘qigach, yana Buroqqa minib 
Jabroil bilan osmonga yo‘l oldik...»! («Qur’on»i karim, Toshkent, 1992, 195-bet). 

Download 109.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling