Xususiyatlari


O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI


Download 335.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.09.2023
Hajmi335.64 Kb.
#1683561
1   2   3   4   5
Bog'liq
tursunova-d.-ozbek-tilining-izohli-lugatidagi-bazi-folklorizmlarning-funksional-semantik-va-uslubiy-xususiyatlari-1

O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
104 
Folklorizmlar biror asar tarkibida qo‘llanilganda, o‘sha asarning tilini 
boyitadi, estetik qimmatini oshiradi. Folklorizmlarni badiiy san’at darajasiga 
ko‘tarsak ham istisno bo‘lmaydi. Negaki folklorizmlar voqelikni xalq ruhiga yaqin 
qabul qilish va estetik jihatdan baholash kabi masalalarda yorqinroq ko’zga 
tashlanadi. 
Folklorshunos olim B.Sarimsoqov folklorizmlarni 4 guruhga bo‘lib o‘rganadi. 
Tadqiqotimizning obyekti bo‘lgan folklorizmlar, olimning tasnifiga ko‘ra “oddiy 
folklorizmlar” turiga kiradi. Ammo bu atamaga qarab oddiy folklorizmlarni 
qo‘llash ijodkorning folklor materiallaridan foydalanishdagi mahoratining 
pastligini bildiradi, deb xulosa chiqarmaslik kerak.
O‘zbek adabiyotshunosligida folklor va adabiyot munosabatlari ko‘proq 
oddiy folklorizmlar doirasida tadqiq qilinmoqda. Albatta, oddiy folklorizmlar ham 
folklor va adabiyot munosabatining ayrim jihatlarini yoritishga, voqelikni xalq 
ruhiga yaqin qabul qilish va estetik jihatdan baholash kabi masalalarda yorqinroq 
ko‘zga tashlanadi.[Sarimsoqov, 1980:40]. 
Biz “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi folklorizmlarni tadqiq qilar ekanmiz, 
165 ta folklorizm namunasi kiritilganini aniqladik. Ammo xalq og‘zaki ijodi 
materiallarida tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan folklorizmlar hali talaygina.
Tadqiqotimizda doston matnlarida keltirilgan ba‘zi folklorizmlarning 
funksional-semantik va uslubiy xususiyatlarini ko‘rib o‘tamiz. 
ARILLAMOQ – pishqirmoq (ot haqida).
Og‘zini karrakday ochgan, arillagan arg‘imoq otlarning har qaysisi tomday 
keladi. “Avazxon” [O‘TIL, 2020, I tom: 90]. 
Quyidagi misolda folklorizm jumlaning estetik qiymatini oshirishga xizmat 
qilmoqda. Belgining ortiqlik darajasini bildirib, gapda aniqlovchi vazifasini bajarib 
kelyapti. 
Ot boradi arillab, 
Otdan o‘qday sharillab. 
Ot alqimi tong shamoli 
Mis karnayday zarillab. 
Suvsiz cho‘lda G‘irko‘k ot 
Borayotir parillab [Ravshan, 1954: 45]. 
BAYDOQ – tug‘, bayroq.
Qistab еtdi tug‘- bayroqning ostiga,
Yusufman Ahmadning otin Ashirbek. “Yusuf va Ahmad” [O‘TIL, 2020, I 
tom:141]. 
Ushbu folklorizm qo‘llanilish davriga ko‘ra turlanish xususiyatiga ega. Ya’ni 
biz bunda folklorizmning qadimgi davrda boshqa nom bilan, bugungi kunga kelib 
esa boshqa nom bilan atalganini ko‘rishimiz mumkin. Baydoq narsa-buyum oti 
hisoblanadi. 
Chilbir cho‘lga qarab endi jo‘nadi, 
Tug‘ – baydoq bilan qishab boradi [Alpomish, 1998:253]. 



Download 335.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling