Xususiyatlari
O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Download 335.64 Kb. Pdf ko'rish
|
tursunova-d.-ozbek-tilining-izohli-lugatidagi-bazi-folklorizmlarning-funksional-semantik-va-uslubiy-xususiyatlari-1
O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 106 Ushbu folklorizm narsa-buyum oti hisoblangan. Bugungi kunga kelib iste’mol doirasi toraygan. Doston matnlarida o‘z ma’nosida kam qo‘llanganini ko‘rishimiz mumkin. Dostonlarda qahramonning ko‘zi tarkashga o‘xshatilgan. Bu esa metaforani yuzaga keltirgan. XOSA(KI) – nasldor, uchqur. Jonivor uzoqdan chopib kelibdi, Xosaki tulporda, sovib kelibdi. “Ravshan” [O‘TIL, 2020, IV tom:411]. Xosaki folklorizmi D.O‘rinboyevaning “Folklor asarlari tiliga xos so‘zlarning izohli lug‘ati”da quyidagicha berilgan: XOSAKI – xom tulpor, yaylovda boqilib yotgan xom semiz ot. Doston matniga e’tibor beradigan bo‘lsak, D. O‘rinboyevaning ta’rifi ko‘proq mos kelyapti. Keltirilgan misollardagi folklorizmlar narsa-buyum oti hisoblanadi. O‘zi bilan birga kelgan so‘z bilan emotsional-ekspressivlikni yuzaga keltiryapti. Baxmal jul yopinchiqning nimadan ekanligini bildirsa, chol jul birikmasida eski yopinchiq kabi ma’noni beryapti. Ko‘rib o‘tgan folklorizmlarimiz, og‘zaki adabiyotdagi dostonlar matni tarkibida uchraydi. Folklorizmlar xalqning, millatning birligi g‘oyasini, insonlardagi eng yuqori odamiylik fazilatlarni еtkazib berishda muhim badiiy vosita bo‘lish bilan birga eposning janriy-uslubiy, shakliy xususiyatga va yuksak badiiylikka ega bo‘lishini ta’minlaydi. Qisqacha shuni aytish kerakki, oddiy folklorizmlar deyarli barcha adabiy tur va janrlarda qo‘llash uchun qulayliklari bilan ajralib turadi. Dostonlar matnidagi folklorizmlarni yana ham chuqurroq o‘rganish lug‘at boyligimizni oshirishga xizmat qiladi. O‘zbek adabiyotidagi folklorizmlarning izohlanish masalasi kelgusida katta tadqiqotlarning obyekti hisoblanadi. Download 335.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling