Xususiyatlari


Download 335.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.09.2023
Hajmi335.64 Kb.
#1683561
  1   2   3   4   5
Bog'liq
tursunova-d.-ozbek-tilining-izohli-lugatidagi-bazi-folklorizmlarning-funksional-semantik-va-uslubiy-xususiyatlari-1



O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
103 
“O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI”DAGI BA’ZI 
FOLKLORIZMLARNING FUNKSIONAL-SEMANTIK VA USLUBIY 
XUSUSIYATLARI 
 
Tursunova Dilshoda 
SamDU 2-bosqich magistranti. 
dilshodatursunova42@gmail.com
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada folklor va folklorizm terminlari izohlangan. 
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan folklorizmlarning doston matnida 
qo‘llanilishi o‘rganilgan. Folklorizmlarning tipologik tasnifiga ko‘ra “oddiy turi”ga 
mansubligi doston matnlarida kelgan folklorizmlarning funksional-semantik va 
stilistik tahlili berilgan. 
Kalit so‘zlar: folklor, folklorizm, oddiy folklorizm, funksional-semantik, 
stilistik. 
Annotation. this article explains the terms folklore and folklorism. The use of 
folklorisms given in the Explanatory Dictionary of the Uzbek Language in the text 
of the epic is being studied. According to the typological classification of 
folklorisms, they belong to the “ordinary type” and a functional-semantic and 
stylistic analysis of folklorisms in epic texts is given. 
Key words: folklore, folklorism, simple folklorism, functional-semantic, 
stylistic. 
O‘zbek madaniyatining rivojida folklorning tutgan o‘rni va ahamiyati 
beqiyosdir. Chunki folklor har bir xalq madaniyatining tarkibiy qismlaridan biri 
sifatida hammavaqt muhim g‘oyaviy-badiiy funksiya bajarib kelgan va bu funksiya 
madaniyatimizning barcha sohasi yuksak professionallashgan hozirgi holatida ham 
o‘zining belgilovchilik rolini yo‘qotgan emas. Buning asosiy sabablaridan biri 
shundaki, folklor voqelikni xalqchil shaklda mukammal aks ettirish xususiyati 
bilan haqiqiy ijodkorga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Binobarin, o‘zbek 
adabiyotining barcha taraqqiyot bosqichlarida folklorizmlarga murojaat etib 
kelinganligini ko‘ramiz. Bundan ma’lum bo‘ladiki, folklorizmlar folklor va 
adabiyot munosabatlariga oid ishlarning aksariyatida “folklor” hamda “folklorizm” 
tushunchalari teng tushuncha sifatida qo‘llanilib kelinadi, holbuki, ular bir-biridan 
keskin farq qiladi. 
Bizga ma’lumki, folklor xalq ijodini ifodalovchi termin. Folklorizm esa 
yozma adabiyotda qo‘llangan og‘zaki poyetik ijod materiali. Ammo bugungi 
kunga kelib folklorizm terminining ma’nosi tobora kengaydi va uni izohlashda 
ham turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. U.B.Dalgat “Yozuvchilarning folklor 
estetikasiga ongli ravishda munosabati folklorizm” [Далгат, 1981:206] deya 
mulohaza qilsa, A.I.Lazarev “Folklorizm – bu xalqchil tipik tamoyillarga va 
folklor poetikasiga asoslanib, hayotni obrazli qayta yaratish, u folklor va 
adabiyotning badiiy qonunlarining birlikdagi harakati” [Лазарев, 1991: 9] deb fikr 
yuritadi.



Download 335.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling