Xususiyatlari
O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Download 335.64 Kb. Pdf ko'rish
|
tursunova-d.-ozbek-tilining-izohli-lugatidagi-bazi-folklorizmlarning-funksional-semantik-va-uslubiy-xususiyatlari-1
O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 104 Folklorizmlar biror asar tarkibida qo‘llanilganda, o‘sha asarning tilini boyitadi, estetik qimmatini oshiradi. Folklorizmlarni badiiy san’at darajasiga ko‘tarsak ham istisno bo‘lmaydi. Negaki folklorizmlar voqelikni xalq ruhiga yaqin qabul qilish va estetik jihatdan baholash kabi masalalarda yorqinroq ko’zga tashlanadi. Folklorshunos olim B.Sarimsoqov folklorizmlarni 4 guruhga bo‘lib o‘rganadi. Tadqiqotimizning obyekti bo‘lgan folklorizmlar, olimning tasnifiga ko‘ra “oddiy folklorizmlar” turiga kiradi. Ammo bu atamaga qarab oddiy folklorizmlarni qo‘llash ijodkorning folklor materiallaridan foydalanishdagi mahoratining pastligini bildiradi, deb xulosa chiqarmaslik kerak. O‘zbek adabiyotshunosligida folklor va adabiyot munosabatlari ko‘proq oddiy folklorizmlar doirasida tadqiq qilinmoqda. Albatta, oddiy folklorizmlar ham folklor va adabiyot munosabatining ayrim jihatlarini yoritishga, voqelikni xalq ruhiga yaqin qabul qilish va estetik jihatdan baholash kabi masalalarda yorqinroq ko‘zga tashlanadi.[Sarimsoqov, 1980:40]. Biz “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi folklorizmlarni tadqiq qilar ekanmiz, 165 ta folklorizm namunasi kiritilganini aniqladik. Ammo xalq og‘zaki ijodi materiallarida tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan folklorizmlar hali talaygina. Tadqiqotimizda doston matnlarida keltirilgan ba‘zi folklorizmlarning funksional-semantik va uslubiy xususiyatlarini ko‘rib o‘tamiz. ARILLAMOQ – pishqirmoq (ot haqida). Og‘zini karrakday ochgan, arillagan arg‘imoq otlarning har qaysisi tomday keladi. “Avazxon” [O‘TIL, 2020, I tom: 90]. Quyidagi misolda folklorizm jumlaning estetik qiymatini oshirishga xizmat qilmoqda. Belgining ortiqlik darajasini bildirib, gapda aniqlovchi vazifasini bajarib kelyapti. Ot boradi arillab, Otdan o‘qday sharillab. Ot alqimi tong shamoli Mis karnayday zarillab. Suvsiz cho‘lda G‘irko‘k ot Borayotir parillab [Ravshan, 1954: 45]. BAYDOQ – tug‘, bayroq. Qistab еtdi tug‘- bayroqning ostiga, Yusufman Ahmadning otin Ashirbek. “Yusuf va Ahmad” [O‘TIL, 2020, I tom:141]. Ushbu folklorizm qo‘llanilish davriga ko‘ra turlanish xususiyatiga ega. Ya’ni biz bunda folklorizmning qadimgi davrda boshqa nom bilan, bugungi kunga kelib esa boshqa nom bilan atalganini ko‘rishimiz mumkin. Baydoq narsa-buyum oti hisoblanadi. Chilbir cho‘lga qarab endi jo‘nadi, Tug‘ – baydoq bilan qishab boradi [Alpomish, 1998:253]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling