Xususiyatlari


O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI


Download 335.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana21.09.2023
Hajmi335.64 Kb.
#1683561
1   2   3   4   5
Bog'liq
tursunova-d.-ozbek-tilining-izohli-lugatidagi-bazi-folklorizmlarning-funksional-semantik-va-uslubiy-xususiyatlari-1

O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
105 
DAVIR – ot ustiga egardan keyin yopiladigan chochoqli zarbof abzal
yopinchiq.
Ot boradi arqirab, Davirlari yarqirab. “Ravshan” [O‘TIL, 2020, I tom: 536]. 
Ot beliga yozib, kerib tashladi, Qimmatbaho zar chochoqli davirdi [Ravshan, 
1954: 9]. 
D.O‘rinboyeva “Folklor asarlari tiliga xos so‘zlarning izohli lug‘ati”da davir 
folklorizmini otning belidan sag‘irisigacha yopiladigan yopiq ma’nosini ham 
bergan. 
DIRDIKKA – ot ustiga solinadigan bezakli yopqich. 
Otga soldi dirdikka,
Qoyil bo‘ling erlikka. “Xushkeldi” [O‘TIL,2020, I tom:625]. 
Yuqorida keltirilgan davir hamda dirdikka folklorizmlari narsa-buyum oti 
sanaladi. E’tibor beradigan bo‘lsak, ular bir element bilan farqlanadi. Biri sachoqli 
yopinchiq bo‘lsa, ikkinchisi bezakli. Keltirilgan folklorizmlar asosan badiiy 
uslubda qo‘llaniladi.
YORG‘I – jarima [O‘TIL, 2020, II tom:46]. 
Olib borib xon Dallining otasi,
Besh yuz tilla meni yorg‘i ayladi [Ravshan, 1954:42]. 
Berilgan folklorizm qadimgi davrlarda soliq turi nomini ifodalab kelyapti. 
Folklorizmning ma’nosini yonida kelgan besh yuz tilla birikmasi orqali 
aniqlashimiz mumkin. Yorg‘i folklorizmi orqali ham o‘zbek tilining so‘z boyligi 
beqiyos ekanligini ko‘ramiz. 
JUL – ot yopig‘i, yopiq. 
Bizning qo‘lda tulpor otlar boqilsin, 
Suluvlansa, baxmal jullar yopilsin. “Nigor va Zamon” [O‘TIL, 2020, II tom:112]. 
Mening ko‘zim ko‘r bo‘lmasa, tanidim, 
Barchin checham tikib bergan chol julni. [Alpomish, 1998:329]. 
SARJIG‘A – bosh kiyimiga taqiladigan jig‘a. 
Barchin Ko‘kaldoshning boshidagi sarjig‘ani ko‘rib, alplarning zo‘ri shu – 
Ko‘kaldosh ekanini bilib, alplarga qarab, olti oyga muhlat so‘rab, bir so‘z deb 
turgan ekan. “Alpomish” [O‘TIL, 2020, III tom:517]. 
Saman otli, sarjig‘ali bek yigit, 
Bir oltoyga sizdan muhlat so‘rayin [Alpomish, 1998:66]. 
Bugungi kungacha saqlanib qolgan folklorizmlardan biri – sarjig‘a. Qadimda 
ham bugungi kunda ham taqinchoq ma’nosida qo‘llaniladi. Qoraqalpoq xalqi yangi 
tug‘ilgan qiz farzandga Sarjig‘a ismini qo‘yishadi. Hozirda bu folklorizm to‘y va 
marosimlarda bola boshiga kiyiladigan taqinchoq ma’nosida ishlatiladi. 
TARKASH – piyola, kosa kabi sopol idishlarni sinishdan saqlash uchun teri 
(charm) yoki yog‘ochdan qubba shaklida yasalgan g‘ilof. 
Borsa, ot sag‘risi toshib, yoli qo‘ltig‘idan oshib, uchadigan qushday, har ko‘zi 
tarkashday, yulduzni ko‘zlab, paraqqos boylab, o‘ynab turibdi [Rustamxon, 
1985:375]. 



Download 335.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling