Xususiyatlarining ahamiyati Donning geometrik tavsifi Donni sirtqi qatlamiga ishlov berish Don tozalash texnologiyasining strukturasi
Download 2.63 Mb.
|
Tegirmoning Don tozalash bo\'limi (4)
Don aralashmasi ajratgichlarda tozalangandan keyin ham tarkibida shunday organik va mineral aralashmalarni saqlab qoladiki, ular dondan yengilroq yoki og’irroq bo’lib, o’lchamlari va aerodinamik xossalari bilan asosiy dondan farq qilmasligi mumkin. Shu sababli, bunday aralashmalarni g’alvir va havo oqimi bilan ajratib bo’lmaydi. Bu aralashmalar amalda qiyin ajraluvchi aralashmalar deb yuritiladi.
Komplekt uskunali un tortish zavodlarida mineral aralashmalarni yuvib tozalaydigan yuvish mashinalari ishlatilmaydi, shuning uchun ham donni mineral aralashmalardan quruq tozalash usuli yuqori samarali bo’lishi zarur. Bug’doyni tarkibida mavjud, bug’doyga nisbatan o’lchamlari har xil bo’lgan aralashmalar suli, arpa, javdar, mayda singan bug’doylar, yovvoyi o’t urug’lari qoraburchoq aralashmalaridan tozalashda diskli yoki silindirli uskunalar qo’llanilib, ular trierlar deb nomlanadi, uskunalar ikki xil bo’ladi. Birinchi singan, yarimta, kalta, yovvoyi o’t urug’larini qoraburchoq (kukol) ajratishda qo’llaniladi, ikkinchisi uzunlik jihatdan farqlanuvchi yovvoyi suli, arpa shunga o’xshash aralashmalardan tozalaydi. Don tozalash bo’limidagi texnologik jarayonning xususiyati don yuzasini quruq va ho’l usulda tozalashning samarali borishidir. O’zbekistonda yetishtirilgan bug’doy navlarining tuzilmaviy-mexanik xususiyatlarini va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda don yuzasini tozalash jarayoni bir necha bosqichlardan tashkil topadi. Donlarning ustki qatlamlarini quruq va ho’l holda ishlov berishda ularning kul moddalarini kamaytirishdan tashqari donlarda joylashib olgan turli mikroorganizmlardan tozalashdir. Bu jarayonda don yuvadigan uskunadan yuqori samara bilan foydalanish mumkin. Don korxonalariga keltirilgan donlar ichidagi metallomagnit chiqindilar donlarni o’rayotganda, transportirovka qilish va bir maydondan ikkinchi joyga ko’chirayotgan vaqtda aralashib qolishi mumkin. Bundan tashqari, don tozalash sexidagi uskunalarning nosozligi natijasida, tegirmonda esa valetsli stanok rifillarining yeyilishi va sexlarda uskunalarni ta’mirlash vaqtida tushib qolishi mumkin. Metallomagnit chiqindilar, ayniqsa, gorizontal tozalash mashinalariga tushib qolsa, turli xavfli hodisalarga (yong’inga) sabab bo’ladi. Donni magnit chiqindilardan tozalash uchun magnit separatoridan foydalaniladi. Donni saqlash va qayta ishlash uchun davlat tomonidan me’yorlar belgilangan. Ushbu me’yorlarga asoslanib saqlash va qayta ishlash jarayonlari tashkillashtiriladi. Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling