- Don tozalsh texnologiyasi. Tozalash sifatini yaxshilashda fizik
- xususiyatlarining ahamiyati
- Qattiq jismli to’kiluvchan materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashda bir qancha ko’rsatkichlarga asoslanadi. Bu ko’rsatkichlardan to’g’ri foydalanish texnolog-muhandisning oldiga qo’yiladigan vazifasiga bog’liqdir.
- Un va yorma mahsulotlari ishlab chiqarishda don asosiy xomashyo bo’lganligi uchun, texnologik jarayonning mazmuni quyidagi ko’rsatkichlardan samarali foydalanishni talab qiladi:
- donning geometrik tavsifi: katta-kichikligi, sirtqi yuzining maydoni, ularning nisbati, donning shakli;
- donning tabiiy og’irligi;
- 1000 ta donning og’irligi;
- donning shaffofligi;
- donning salmoq hajmi va zichligi.
- Donning geometrik tavsifi
- Donning shakli va yirikligi katta-kichikligiga qarab separator, havo separatori va ularning ishchi qismlari, trier va maydalovchi, oqlovchi hamda yormalarni ajratuvchi mashinalarning texnologik chizmalari aniqlanadi. Hajmlarning nisbati va donning sirtqi yuzasi GTI jarayonlarida muhim ahamiyatga egadir.
- Donnnng tabiiy og’ipligi 1 kg donning 1litrdagi ifodasi tabiiy og’irligi deb ataladi. Ayrim davlatlarda funta (0,453 kg yoki bushelda 35,1) deb qabul qilingan. Donning tabiiy og’irligiga quyidagi omillar ta’sir ko’rcatadi: donning namligi, yirikligi, shakli, begona aralashmalar.
Bug’doy donining tabiiy og’irligi norma bo’yicha 750 g/l deb hisoblanadi. Donning tabiiy og’irligi 740 gl dan past bo’lsa, un chiqishi 1% ga kamayadi. 1000 ta bug’doy donning massasi.
Bu ko’rsatkich donning yirikligi, shaffofligi, zichligiga bog’liq bo’lib, donning texnologik xususiyatiga ta’sir qiladi. Agar 1000 ta bug’doy donining og’irligi 40 g dan oshiq bo’lsa, unning chiqishi
3–5 %dan ortiq bo’ladi.
- Tegirmonning don tozalash sexiga yuboriladigan donning sifati
- Bugungi kunda un tegirmonlar zamonaviy, yuqori unumli uskunalar bilan jihozlangan bo’lib, donlarni standart talablari asosida tozalab, ularning tarkibini ijobiy tomonga o’zgartirishga moslashgan. Donlardan yuqori sifatli un olish uchun unlarga ma’lum standart talablar qo’yiladi.
- Un ishlab chiqarish uchun donning dastlabki namligi 12,5 % dan oshmasligi, begona arashmalar miqdori 1%, shulardan zararli chiqindilar 0,1%dan ortiq bo’lmasligi va deffekt donlar miqdori 0,1% dan oshmasligi tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |