Xvi asrdagi Moskva davlati diplomatiyasi. Buyuk Moskva knyazligi diplomatiyasi Ivan III davrida
Download 28.81 Kb.
|
XVI asrdagi Moskva davlati diplomatiyasi
XVI asrdagi Moskva davlati diplomatiyasi. Buyuk Moskva knyazligi diplomatiyasi Ivan III davrida. 1. XVI asrning ikkinchi yarmida siyosiy jarayonlarga Moskva knyazligi kirib keladi. Boshida bu joy oddiy nom bilan ya`ni buyuk Moskva knyazligi deb nomlanib u shunchaki kichik bir feodal monarxiya bo`lgan. Biroq yangi vujudga kelgan davlat o`z qo`l ostida Sharqiy Yevropa yerlarini birlashtirgandan so`ng siyosiy jihatdan juda katta ahamiyatga ega bo`lishni boshladi va bu vaziyat Moskvada XV asrning 80-yillariga kelib Yevropa siyosatida yana bir kuchli davlat paydo bo`lishiga olib keldi. Vujudga kelgan vaziyatda G`arbiy Yevropa diplomatiyasi oldida bu davlat diplomatiyasini o`sha davrda g`arbiy yevropada shakllangan diplomatik sistemaga mos tishishi kerak edi. 1486-yilda Nikolay Popfel Litva orqali Moskvaga tashrif buyurgan edi. Qizig`i bu tashrifgacha Moskva nomli davlat borligini ko`pchilik qiyin tasavvur qilgan ekan. Popfel qaytgach borib ko`rganlarini, u yerning boyliklarini o`z xalqi ichida gap so`zlar bilan bot-bot aytgan ekan. Karl Marks shunday degan edi; “avvalari g`arbiy yevropa davlatlari tasavvurida Moskva yerlarini tatarlar va Litva o`rtasidagi doimiy ravishta siqilib kelayotgan mayda bir yer deb bilishgan, ammo u yerda o`ziga xos bir davlat shakllanganini bilgan G`arbiy Yevropa monarxlari yoqa ushlab qolishgan edi.” Biroz o`tib 1489-yilda Popel Maskvaga qaytadan safar uyushtiradi, biroq bu safar u elchi sifatifa kelgan edi. Uning maqsadi knyaz Ivan III hukmronligini qonuniylashtirish uchun unga g`arb davlatlariga xos imperatorlik maqomini berish edi. Popel va Ivan III o`rtasidagi maxfiy uchrashuvda knyaz shunday deydi: “Biz xudo amri bilan o`z yerimizda hukmdormiz. Buni biz o`z ota – bobolarimizdan meros qilib olganmiz. Huddi ular kabi kelajakda ham biz hech kimdan hokimyatni so`ramaymiz.” Javobidan keyin hatto Ivan III o`zini “hudoni amri bilan buyuk knyaz” deb o`ziga nom qo`ygan. Biroq ba`zi paytlarda u o`zini maktublarida hattoki podsho deb ham atagan. 1518-yili Ivan III ning o`g`li Vasiliy III o`zini birinchi bo`lib o`z qarorlarida podsho deb atagan. Keyinroq esa Ivan III ning nabirasi Ivan IV Moskva tojini haqiyqiy rus podshosi nomi bilan qabul qilidi. Shu bilan birga u o`z statusini boshqa Yevropa hukmdorlari bilan tenglashtirgan edi. G`arb davlatlarini e`tabor doirasiga tushgan edi. 1453-yil usmoniy tuklar Konstantinopolni bosib olgandan so`ng Italiya va Venetsiya kabi davlatlar o`z nigohini endilikda shimoli – sharqaa qaratgan edilar. Chunki agar turklar O`rta Yer dengizini kesib o`tishganida birinchi bo`lib Italiya xavf ostida qolar edi. Shunda Italiya va Venetsiya bu kelishuvni 1472-yilda Italiyada yashayotgan Vizantiya taxti vorisi Sofiya Paleolog bilan ruslar o`rtasidagi nikoh orqali mustahkamlashga urinishadilar. Moskvaga yetib kelgan papa Stanislav IV – legati Bonumbre qancha urinmasin Ivan IVni ko`ndirolmagan edi. Hattoki Vizantiya imperatorlarining merosi ham Ivan IV ga qiziq emas edi. Hattoki papa 1519-yilda Vasiliy III ga murojatida unga turklarga qarshi salib yurishlarini amalga oshirishni so`ragan edi. Moskva knyazlaro o`z ichki muammolari bilan mashg`ul bo`lib, tashqi siyosatga uncha e`tabor bermas edilar. Moskva oldidagi birinchi vazifa Polsha va Litva tomonidan bosib olingan yerlarni birlashtirish edi. So`ngra u o`z shimoliy-sharqiy yerlarini birlashtirib avvalgi Kiyev Rusi yerlarini tiklagan edi va hamma bosib olgan yerlarini knyazning shaxsiy mulki deb e`lon qildi. Shuning uchun unga Litva bosqinini umuman ta`siri yo` edi. Muammo hal bo`lgunicha rus diplomatlari Litva bilan har qanday sulhdan qochib , faqatgina kichik-kichik bitimlar imzolagan. Rus boyarlari 1503-yilda bir xatda shunday deydilar: “ Agar Litva hukmdori biz bilan do`st tutinishni xoxlamasa bosib olingan yerlarini bizga o`tib bersin” – deb munosabat bildirganlar. Bunga Polsha va Litva hukmdorlari protsest bildirgan edi. Chunki Moskva knyazi o`zini butun rus hukmdori deb atashi ularga yoqmas edi. Ruslar bu yerga kelgan Italiyan elchilariga ham: “ Bizning hukmdorimiz o`z yerlarida hukmronlik qilishni xoxlaydi. Unga boshqa yurt toji kerak emas” – deb javob berishgan edi. Moskva knyazligi bira to`la Ottamon Podsholigi bilan ham O`rta Yer savdosi uchun o`z aloqalarini o`rnatgan. XV asrning 90-yillarida Moskva va Turkiya o`rtasida vujudga kelgan aloqalar o`zaro hurmat bilan olib borilgan edi. Rim imperyasi bilan Ivan III aloqalar o`rnatib o`z maqsadlariga erishmoqchi edi. U imperator Maksimilyan va Polsha hukmdori Yugelo bilan vujudga kelgan Vengriya muammosini o`z yo`lida foydalanmoqchi edi. Vengriyani Maksimilyanga berib, Litvani o`ziga qo`shib olgan edi. Ammo Polsha bilan muzokara yo`lini tanlagan Maksimilyan Moskvaga ham shuni taklif qildi. Litvani bosib olish maqsadida Moskva Qirim xoni Mengli-Girey bilan aloqalar o`rnatishga harakat qilgan edi. Bu paytda tatarlar turklar vassal sifatida yashayotgan edi. O`z maqsadi yo`lida Ivan III hech nimadan qaytmas edi, hattoki qirim-tatarlar yo`lboshchisga hukmdor unvonini berishga tayyor edi. Shu bilan Ivan III tatarlarga har yili sovg`a-salomlar yuborib ularni Litva yerlariga bostirib kirishi uchun undar edi va shunday ham bo`ldi. Tatarlar tez-tez hujmlari bilan Litvani siyosiy-iqtisodiy zaiflashtirgan edi. Ivan III Mengel-Girey bilan sulhi bo`lgani uni XV asr oxirida Oltin O`rda muteligidan halos bo`lmoqchi edi. Aynan ular orqasidan asta-sekinlik bilan 20-yil mobaynida qrim-tatrlarini asta-sekin rus yerlaridan siqib chiqardi. 1502-yilda Mengli-Girey yordamida Ivan III to`liqligicha Oltin O`rdani yo`q qilishga erishdi. Shunday qilib Ivan III bir tatar yordamida ikkinchi tatarni yo`q qildi. Shu bilan birga Ivan III Qirim xonligi yordamida XV asrning birinchi qismida vujudga kelganQozon xonligini diplomatik yo`l bilan o`z vassaligiga kiritadi. Ivan III davrida hattoki Boltiq dengiziga chiqish maqsadi ham bor edi. Agar dengiz savdosi yopilsa Moskva savdosi inqirozga uchrar edi. Shu bilan birga dengiz yo`lini Moskva uchun Litva va Livon ordeni ham to`sqinlik qilgan edi. Novgorodda Ganza savdo kompaniyasini yo`q qilgach bu Ivan III uchun Daniya bilan savdoni o`rnatishga olib keldi. 1503-yilda Moskva Livoniyani o`ziga boj to`lashga majbur qiladi va shu bilan birga uni o`ziga bo`ysundirgan edi. Mana shunday siyosat natijasida XVI asrning boshiga kelib Moskva butun Yevropa mintaqasida o`z o`rnini mustahkamlab oldi. Ivan IV diplomatiyasi. Ivan III ninh nabirasi Ivan IV davrida Moskva diplomatiyasi o`zining yangi bosqichiga kirdi desak bo`ldi. Ivan IV ning siyosati Sharq tomonga qaratilgan edi. 1551-yilda Qozon xonligini bosib olish uchun sharoit yetilgan edi. Biroq siyosiy aloqalarni so`ngida Qozonda vujudga kelgan harbiy harakat kelishuvga chek qo`ydi. Keyingi 1552-yilda esa Qozonni qo`shib olinishi diplomatik yo`l bilan emas harbiy kuch bilan qo`shib olindi. 1555-yilda Qozondan so`ng Sibir xonligi qo`shib olingan. Xuddi shu kabi 1556-yilda Xoji Tarxon xonligi ham taslim bo`ldi. Bu bilan esa ruslar o`z aloqalarini Shimoliy Kavkaz knyazligi va Shvedlar bilan o`rnatdilar. Biroz o`tib Ivan IV o`g`li davrida turklar va forslar hujumidan charchagan Gruziya Moskva bilan qalin aloqalar o`rnatishga erishdi. Manva shunday siyosiy yutuqlardan so`ng Volga va Kama daryosi bo`ylab XVI asrning 60-yillaridan Moskva uchun O`rta Osiyi ya`ni xonliklar bilan savdo aloqalari vujudga kelishiga yo`l ochib berdi. Ammo rus uchun hali ham Polsha va Livoniya ordeni havfi bilinib turar edi. Bu holda Moskva o`z nigohini g`arb tomonga qaratib u yerdan dengiz tomondan yordam olmoqchi edi. 1553-yildan Oq dengiz orqali Angliya bilan muzokaralar olib borib aloqa o`rnatadi. Baribir Rossiya uchun faqatgina Shimoliy Muz okeanida suzib yurish kamlik qilar edi, unga Boltiq dengiziga yo`l kerak edi. Bu borada Ivan IV o`z bobosi yo`lidan ketdi. Boshida u bu muammoni Qozon kabi diplomatik yo`l bilan yechishga harakat qildi. Bu paytga kelib uning bobosi tomonida Livoniya ordeni bilan sulhi yakuniga yetgan edi. Ivan IV tomonidan qo`yilgan talab Derptni yarim vassalikka aylantirish kerak edi. Bu holat 1558-yilda urushga olib keldi. Bu urush shuni ko`rsatdiki ya`ni Livoniya urushga juda zaif bo`lib qolgan edi. Shu bois bu urushga Litva, Polsha, Shvetsiya va Daniya aralshadi. Moskva endi sharqiy german knyazligiga xavf sola boshladi. Tunda o`tkazilgan yig`ilishda kun tartibiga Livoniyaga yordam masalasini ilgari surgan edilar. Ko`p Livonya knyazlari yig`ilgan davlatlardan yordam so`rab urushga qo`shilishni so`radi. Biroq Ganza ittifoqi savdo maqsadidan kelib chiqib talab qilib chiqishganlar. Imperator Maksimilyan II blokadani Moskvaga nisbatan yengillashtirish uchun bir qancha kelishuvlarga bordi. Hattoki urush alangasidan ancha uzoqda joylashgan Fransiya va Ispaniya kabi davlatlar Boltiq dengizini bosib olish o`z hissalirini qo`shganlar. Yuzaga kelgan vaziyatda tatarlar o`ziga avval tegishli bo`lgan Qozon va Xoji Tarxon xonliklarini qaytarib olishga harakat qildi. 1569-yilda urushda bo`lab turib Polsha bilan uniya tuzishga majbur bo`ladi. (Rech-Pospolita ko`rinishida ). Bundan so`ng Ivan IV o`ziga yangi yordam izlashga majbur bo`lib, Daniya, Turkiya kabi davlatlar bilan bir muncha murosaga borib sulh tuzishga erishadi. Hattoki u Polshaga bo`linishni talab qilib chiqqan va shu bilan imperatorlik tojini Polsha valiahdiga, Litva va Livoniyani esa Ivan IV ga berishni so`raydi. Daniya bilan tuzilgan sulhga ko`ra Rossiya Livoniyada vassal davlat tuzishi kerak edi va hukmdor etib Daniya qiroli ukasi gersog Markus o`tirishi kerak edi. Mana shu diplomatik muzokaralarda Ivan IV o`zi shaxsan ishtirok etib o`zini talantini mana shu yerda namoyish etgan edi. Baribir 24-yildan so`ng davom etgan urush Ivan IVni ham juda holdan toydirgan edi va urush rejalaridan voz kechgan. 1582-yilda Zapolskiy yonida Rim papasi Meraya ishtirokida Rech – Pospolita bilan sulh tuziladi. Bunga binoan davlatlar urushdan oldingi holatiga qaytadi va hamma bosib olingan yerlaridan birgalikda voz kechishga rozi bo`ladi. Shunday qilib uzoq davom etgan urushda hattoki ruslarni kuchli diplomatiyasi yaqqol ko`ringan bo`lsada yuzaga kelgan og`ir vaziyat Ivan IV ni chekinishga va G`arb davlatlari unga nisbatan qo`yilgan vazifalarni bajara olmadi. Rech-Pospolita ham shu uchun o`zining Pskov, Novgorod va Smolensklarga nisbatan agressiyasidan voz kechdi. Polsha va Litva tashqi siyosatda o`z maqsadlariga erishish uchun 1600-yilda Moskvaga o`z uniya planini taklif qiladi. Lekin Boris Godunov hukumati bu proektni bekor qiladi. Keyinchalik Rech-Pospolita diplomatiyasi Rossiyaga nisbatan boshqa diplomatik yo`l tutdi. XVI asrdan boshlab Rossiya olib borgan siyosati uni Sharqiy Yevropada tan olinishiga olib keldi. Ivan IV 1547-yilda podsho bo`lgach u o`zini unvoni bilan davlatini butun Yevropadagi statusini belgilagan edi. 1554-yilda Ivan IV ga Angliya tomonidan yana imperatorlik unvoni bariladi. 156-yilda imperator Maksimilyan II Turkiyaga qarshi Ivan IV ga sulh uchun unga sharqiy yesan unvoni berishni bildiradi. Bu taklifga Ivan IV unchalik e`tabor bermaydi, biroq Maksimilyandan uni butun Rus hukmdori deb tan olishini so`raydi. Bu so`rovga imperator rozilik bildiradi. Bunga nisbatan papa norozilik bildiradi chunki faqat ular imperatorlik titulini berishga qodir edi. Chunki ular yagona imperya statusini saqlamoqchi edi. Polsha va Litva hukmdorlari Ivan IV ni imperatorlik unvonini tan olmaganlar. Download 28.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling