Xvi-bob. Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar


Keys. Mayoqlar ommaviy mahsulotmi?


Download 153.5 Kb.
bet5/11
Sana29.12.2022
Hajmi153.5 Kb.
#1071467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15-mavzu (2)

Keys. Mayoqlar ommaviy mahsulotmi?
Ba’zi bir mahsulotlar sharoitga qarab ommaviy mahsulotdan shaxsiy mahsulotga aylanishi mumkin. Masalan, agar mushakbozlik aholisi koʻp boʻlgan shaharda oʻtkazilsa u ommaviy mahsulotdir. Shu bilan birga, bu tadbir Walt Disney World kabi shaxsiy koʻngilochar xiyobonlarda oʻtkazilsa mushakbozlik xxususiy mahsulotga koʻproq toʻgʻri keladi, sababi xiyobonga kirish uchun alohida toʻlov amalga oshiriladi.
Boshqa bir misol sifatida mayoqni koʻrishimiz mumkin. Iqtisodchilar anchadan beri mayoqlarni ommaviy mahsulot namunasi sifatida ishlatib kelishayapti. Mayoqlar dengizda ma’lum bir hududlarni yoritib beradi va ular yordamida suv kemalari begona suv hududlaridan xalos boʻlishadi. Mayoqlarni kema kapitaniga beradigan foydasi ist’emoldan mahrum qilish xususiyatiga ham cheklanganlik xususiyatiga ham ega emas, shuning uchun ham har bir kapitan mayoqlardan yoʻl yorituvchi vosita sifatida foydalanib ularga haq toʻlamasdan mustaqil harakat qilishlari mumkin. “Tekinxoʻrlar” muammosi tufayli, xususiy bozorlar kapitanlarni ular uchun zarur boʻlgan mayoqlar bilan ta’minlab bera olishmaydi. Aynan shu sababli hozirda koʻpchilik mayoqlar davlat nazoratida boʻlib qolmoqda.
Shu bilan birga, ayrim holatlarda mayoqlar xususiy mahsulotlarga yaqin boʻlishadi. 19-asrda Angliya qirgʻoqlarida, masalan, bir qator mayoqlar xususiy mulk sifatida boshqarib kelingan. Mayolardan foydalanish uchun kema kapitanlari emas, balki yaqin atrofdagi port egalari haq toʻlashgan. Agarda port egalari mayoq uchun haq toʻlashmasa, mayoq egalari uni oʻchirib qoʻyishgan va kemalar, turgan gapki, bu portda toʻxtamasdan oʻtishgan.
U yoki bu mahsulot ommaviy mahsulotga mansub ekanligini aniqlashda, avvalo uni egasi kim ekanligiga va ushbu benefitsiarlar iste’moldan mahrum qilish xususiyatiga ega yoki yoʻqligiga e’tibor qaratish zarur. Qachonki mahsulot iste’molchilari soni koʻp va ulardan u yoki bunisini ajratish imkoni boʻlmasa “tekinxoʻrlar” muammosi yuzaga keladi. Agar mayoq bir qancha kapitanlarga xizmat koʻrsatsa bu ommaviy mahsulot, va shu bilan birga u birgina port egasiga xizmat koʻrsatsa xususiy mahsulot hisoblanadi.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling