Xvi-bob. Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar


Download 153.5 Kb.
bet8/11
Sana29.12.2022
Hajmi153.5 Kb.
#1071467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15-mavzu (2)

16.3. Umumiy resurslar

Umumiy resurslar, xuddi ommaviy mahsulotlar kabi iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas: ular iste’mol qiluvchilar uchun mavjud va bepul. Shu bilan birga umumiy resurslar cheklanganlik xususiyatiga ega: biror kishining umumiy resurslarni iste’mol qilishi boshqa bir kishining ularni iste’mol qilish imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi.


Shunday qilib, umumiy resurslar yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Atroflicha oʻrganib chiqilgandan soʻng siyosatchilar umumiy resurslarni qanday hajmda iste’mol qilinayotganligi haqida qaygʻurishlari lozim. Bu masalani Umummilliy resurslar fojeasi hikoyasidan toʻliqroq anglash mumkin.
Umummilliy resurslar fojeasi
Oʻrta asrlardagi kichik bir shaharcha hayotini koʻrib chiqamiz. Shaharchada mavjud koʻpgina iqtisodiy faoliyat turlaridan eng muhimlaridan biri - bu qoʻy etishtirish edi. Shahardagi koʻpgina oilalar qoʻylarni etishtiruvchi xoʻjalikkka (fermalarga) ega edilar, ular qoʻylarning yunglarini keyinchalik kiyim-kechak sifatida ishlatish uchun sotishar edi.
Bizni hikoyamiz boshlangan vaqtda quylar koʻpgina vaqtlarini shaharni qamrab olgan Umumiy Maydon deb nomalnuvchi umumiy erlarda (yaylovlarda) yotib oʻtkazishar edi. Shaharda hech bir oila oʻzining shaxsiy er maydoniga ega emas edi. Buning oʻrniga aholi kollektiv (jamoa) er maydonlariga (yaylovlariga) ega boʻlib, oʻz qoʻylarini mazkur erlarda boqishar edi. Kollektiv (jamoa) mulki yaxshi samara beradi, chunki erlar yaxshi koʻrinishda saqlanadi. Kishilar oʻzlari uchun shaxsiy er maydonlarini ajratib olgunlariga qadar Umumiy Maydon iste’moldan cheklanmagan
xususiyatga ega edi va kishilarni qoʻy etishtirishlarida hech qanday toʻsiqlar mavjud emas, bir soʻz bilan aytganda hamma baxtli edi.
Yillar oʻtishi bilan shaharcha aholisi soni ham unga baravar ravishda Umumiy Maydonda boqilayotgan qoʻylar soni ham ortib borar edi. Er maydonining oʻzgarmas hajmida qoʻylar sonini ortib borishi erni oʻzini oʻzi qayta tiklash qobiliyatini kamaytirib borar edi. Oxir oqibat erni tarkibi shu darajada yomonlashib ketdiki natijada u oʻzining hosildorlik darajasini butkul yoʻqotdi.
Ekinlarsiz Umumiy Maydonda qoʻylarni etishtirish imkonsiz va qachonlardir rivoj topgan yung etishtirish sanoati oʻz oʻzidan yoʻqolib boradi. Koʻpgina oilalar oʻzini oʻzi ta’minlash uchun daromad manbaalarini yoʻqotishadi. Xoʻsh, ushbu muammoni yuzaga kelish sabablari nima? Nega choʻponlar qoʻylar sonini Umumiy Maydonni ishdan chiqarish darajasigacha oʻsishiga yoʻl qoʻyishdi. Muammo shundaki, ommaviy va xususiy ragʻbatlar (manfaatlar) tubdan farq qiladi.
Hosildor erlar sifatini saqlab qolish choʻponlarning birgalikdagi jamoaviy harakatlariga bogʻliq. Agar choʻponlar birgalikda harakat qilishganida edi, ular qoʻylar sonini Umumiy Maydon quvvati etadigan darajada saqlab qolishlari mumkin edi. Biror bir oila uning qoʻylari sonini kamaytirishdan manfaatdor emas, lekin har bir qoʻylar guruhi aslida umumiy muammoning alohida bir boʻlagi hisoblanadi.
Aslini olganda, umummilliy resurslar fojeasi tashqi ta’sirlarni oʻrganmaganlikdan kelib chiqadi. Bir oilaning qoʻylari umumiy maydonda boqilganda bu oʻz oʻzidan ikkinchi bir oila qoʻy boqishi mumkin boʻlgan er maydoni sifatini yomonlashtiradi. Kishilar yaylovda qancha qoʻy boqish mumkinligini aniqlashayotganda bu kabi tashqi masalalarga befarqlik bilan yondashishadi, natijada qoʻylarning umumiy soni haddan ziyod ortib ketadi.
Agar muammo ilgariroq koʻrib chiqilganda shahar aholisi buning echimini turli usullar bilan topgan boʻlishar edi. Buni har bir oiladagi qoʻylar sonini cheklash, ularning ma’lum bir soni uchun soliq joriy etish yoki qoʻylarning ma’lum bir sonini boqish huquqini auktsion savdolarida sotish kabi usullar bilan tartibga solish mumkin edi. Ya’ni oʻrta asrlardagi shahar qoʻylar sonini haddan ziyod ortib ketishi muammosini zamonaviy jamiyat atrof muhitni ifloslanishiga qarshi kurashayotgan usullar orqali bartaraf etishi mumkin edi.
Buning ustiga er bilan bogʻliq holat uchun yana ham soddaroq usullar mavjud: shahar er maydonini barcha
oilalarga teng boʻlib berishi mumkin edi. Har bir oila oʻz er maydonini toʻsiqlar bilan chegaralashi, keyinchalik uni chorva sonining haddan ziyod koʻp boʻlishidan himoyalashi mumkin edi. Shunday qilib, er umummilliy resurs emas, balki xususiy mulkka aylana boshlaydi. Bu narsa aslida 17-asrda Angliyada oʻrab olish vaqtida yuz berdi ham.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling