Xvi-bob. Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar
Xarajatar va daromadlarni tahlil qilishning murakkab jihati
Download 153.5 Kb.
|
15-mavzu (2)
Xarajatar va daromadlarni tahlil qilishning murakkab jihati
Shu vaqtgacha biz koʻrib chiqdikki, xususiy bozorlar samarali miqdorda ta’minlay olmaganligi sababli ommaviy mahsulotlarni davlat ta’minlab beradi. Shu bilan birga, davlat faqatgina birinchi qadamni qoʻyish funksiyasini bajarishi ham mumkin. Keyinchalik esa davlat qaysi ommaviy mahsulotlarni qancha hajmda etkazib berish kerakligini koʻrsatib berishi zarur. Aytaylik, davlat yangi shosseni qurish loyihasini – ommaviy mahsulotni (xizmatni) koʻrib chiqayapti. Shosse qurilishi toʻgʻrisida yakuniy xulosaga kelishdan oldin, davlat, shosseni unga ketadigan xarajatlar va keyinchalik uni faoliyatini ta’minlash xarajatlari bilan ishlatishi mumkin boʻlganlardan kelib tushuvchi foydani koʻrib chiqishi lozim. Bu qarorga kelishdan oldin davlat, xarajatlar va daromadlarni tahlil qilish deb nomlanuvchi jamiyatga ushbu tovar yalpi foydasini aniqlab beradigan tadqiqotni olib borish uchun iqtisodchilar va injenerlar komandasini jalb qilishi mumkin. Xarajatar va daromadlar tahlili oʻziga xos murakkab jarayon. Shosse kelgusida barcha uchun bepul foydalanishga moʻljallanganligi sababli uning qiymatini (yoki foydalilik darajasini) aniqlovchi narx mavjud emas. Kishilardan shunchaki ular shosseni qanchaga baholashlarini soʻrash ishonchli emas, anketalash ham samarali usul emas, sababi soʻrovda qatnashuvchilar haqiqiy bahoni berish uchun moddiy ragʻbatga ega boʻlmaydilar. Shossedan kelajakda foydalanishi mumkin boʻlganlarda uni daromadlilik darajasini oshirishga koʻproq ragʻbat bor. Shosseni qurilishidan zarar koʻrishi mumkin boʻlganlarda esa shosse qurilishiga ketadigan xarajatlarni oshirib koʻrsatishga va uni qurilishini toʻxtatishga ragʻbat mavjud. Ommaviy mahsulot (xizmat) larni samarali tarzda taqdim etish, oʻz oʻzidan, xususiy mahsulot (xizmat) larni taqdim etishga qaraganda bir muncha mushkulroq. Xususiy mahsulot xaridorlari bozorga chiqishganda ular oʻzlari toʻlay olishi mumkin boʻlgan narxga qarab fikr yuritishadi. Shu bilan birga sotuvchilar oʻz xarajatlarini oʻzlari qabul qilishlari mumkin boʻlgan narx yordamida koʻrsatishadi. Muvozanat nuqtasi esa resurslarni samarali taqsimlash nuqtasi boʻlib, u barcha ma’lumotlarni oʻzida aks ettiradi. Ommaviy mahsulotlarda, bundan farqli oʻlaroq, xarajatlar va daromadlar tahlilchilari davlat ommaviy mahsulotlarni qanday va qancha miqdorda ta’minlashi boʻyicha hech qanday baho signallariga ega boʻlishmaydi. Ularning xarajatlar va daromadlar toʻrisidagi xulosalari, nari borsa, eng yaxshi taxminiy xulosalar, xolos. Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling