Xvi-bob. Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar
Baliq, kit va boshqa yovvoyi jonivorlar
Download 153.5 Kb.
|
15-mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys stadi. Nega sigirlar qirilib ketmadi
Baliq, kit va boshqa yovvoyi jonivorlar. Ba’zi bir tur jonivorlar umumiy resrs hisoblanishadi. Masalan baliq va kit tijorat qiymatiga ega, va har qanday kishi okeanga borib, u
yerda mavjud boʻlgan hamma narsani tutib olishlari mumkin. Har kishi jonivorlar turlarini keyinga yilga ham saqlab qoʻyishga kam ragʻbat his qilishadi. Xuddi chorva etishtirishning haddan ziyod koʻp soni Umumiy Maydonni barbod qilganidek, haddan ziyod koʻp baliq va kit ovlanishi dengiz jonivorlari koʻpayishining tijorat maqsadlariga putur etkazishi mumkin. Okean eng kam tartibga solinuvchi umumiy resurs boʻlib qolmoqda. Ikki muammo oddiy echimga ega. Birinchidan, okeanga koʻpgina davlatlar chiqish yoʻllariga ega, shuning uchun har qanday echim turli xil ma’no kasb etadigan xalqaro darajadagi hamkorlikni talab etadi. Ikkinchidan, okeanlar shu darajada yirikki, har qanday kelishuvni toʻla qonli amalga oshirish juda qiyin. Natijada, baliq ovlash hatto odatda doʻst mamlakatlar orasida ham oʻziga xos nizolarga sabab boʻlib qoladi. AQShda baliq va boshqa yovvoyi jonivorlarni himoya qilishga qaratilgan turli xil qonunlar mavjud. Masalan, baliq tutish va ovchilik bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya davlat xarajatlari baliqchilik va ovchilik muddatini kamayishiga sabab boʻladi. Baliqchilardan koʻp holatlarda kichik baliqlarni tashlab yuborishni va ovchilardan faqat alohida jonivorlarni oʻldirishni talab qilishadi. Barcha bu kabi qonunlar umumiy resurslardan foydalanishni bekor qiladi va jonivorlarni koʻpayishiga xizmat qiladi. Keys stadi. Nega sigirlar qirilib ketmadi? Butun dunyo tarixida koʻpgina jonivorlar turlari qirilib ketish havfi ostida boʻlishgan. Evropaliklar ilk marta Shimoliy Amerikaga qadam qoʻyishganida, 60 milliondan ortiq bizon (qoʻtos) lar qit’adan koʻchib ketishiga majbur boʻlishgan. Undan tashqari, qoʻtoslarni ovlash 19-asrda shu darajada mashhur boʻlganki, 1900 yillarga kelib, ya’ni davlatlar ularni himoya qilishga kirishishlaridan oldin jonivorlar soni 400 tagacha qisqarib ketgan. Ba’zi bir Afrika mamlakatlarida fillar xuddi shu kabi muammoga duch kelmoqda, brakonerlar jonivorlarni ularning suyaklari va tishlari uchun oʻldirishmoqda. Shu bilan birga, barcha jonivorlar ham bu muammoga duch kelishganlari yoʻq. Masalan, sigirlar qimmatli oziq-ovqat manbai hisoblanishadi, lekin hech kim sigirlarni yaqin orada qirilib ketadi deb hisoblamaydi. Amalda, mol goʻshtiga boʻlgan katta talab ushbu jonivor turini saqlanib qolishiga oʻziga xos kafolat. Nega fil suyagiga boʻlgan katta ehtiyoj fillarni qirilib ketishi uchun havf boʻlishi mumkinu, ammo mol goʻtiga boʻlgan ehtiyoj sigirlar saqlab qolinishaga kafolat manbai? Sababi shundaki, fillar aksariyat hollarda umumiy resurs hisoblanishadi, sigirlar boʻlsa xususiy mulk obyektidir. Fillar qarovsiz holatda erkin koʻchib yurishadi. Har qanday brakoner oʻzi topishi mumkin boʻlgan fillardan imkon qadar koʻprogʻini oʻldirishga intiladi. Brakonerlar juda koʻp va ular fillarni saqlanib qolishi va tarqalishidan deyarli hech qanday manfaat koʻrishmaydi. Bundan farqli oʻlaroq chorva mollari xususiy mulk boʻlgan fermalarda saqlanadi. Ferma egalari chorva sonini imkon qadar koʻpayishidan manfaatdor, sababi ular daromad manbaidir. Dunyo davlatlari hukumatlari fillarni saqlab qolishni ikki xil usul bilan amalga oshirishga urinib koʻrishishdi. Keniya, Tanzaniya va Uganda kabi davlatlarda fillarni oʻldirish va ularni suyagini sotishni noqonuniy faoliyat deb belgilab qoʻyishdi. Biroq bu qonunlarni amalga oshirish qiyin kechdi va muammo aktual koʻrinishda saqlanib qoldi. Botsvana, Malavi, Namibiya va Zimbabve kabi davlatlar esa fillar xususiy mulk sifatida kishilarga taqsimlab berishdi va faqatgina mulk egalarigagina ularni oʻldirishga ruxsat berishdi. Yer egalarida endilikda fillarni saqlab qolishga ragʻbat paydo boʻldi va fillar soni koʻpaya boshladi. Xususiy mulk va uning ortidagi daromad olish maqsadi sabab Afrika fillari yaqin oradi xuddi sigirlar kabi qirilib ketish muammosidan xalos boʻlishadi. Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling