Xvi-bob. Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar


Ba’zi bir muhim ommaviy mahsulotlar


Download 153.5 Kb.
bet3/11
Sana29.12.2022
Hajmi153.5 Kb.
#1071467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15-mavzu (2)

Ba’zi bir muhim ommaviy mahsulotlar
Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlar uchun misollar talaygina. Quyida biz ulardan eng muhim uchtasini koʻrib chiqamiz.
Mudofaa tizimi. Mamlakatni xorijiy bosqinchilardan himoya qiluvchi mudofaa tizimi bunga klassik misol boʻla oladi. Butun mamlakat himoyalangandan keyin biror bir kishini bu mahsulotni (xizmatni) iste’molidan, ya’ni tinchlikdan bahra olishdan mahrum qilib boʻlmaydi. Undan tashqari biror kishi mudofaa tizimidan foydalanayotganda, u boshqa bir kishini bu mahsulotdan (xizmatdan) foydalanishiga toʻsqinlik qila olmaydi. Shunday qilib, mudofaa tizimi iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ham cheklanganlik xususiyatiga ham ega emas.
Shu bilan birga mudofaa tizimi eng serxarajat ommaviy mahsulot hisoblanadi. 2007 yilda AQSh federal hukumati mudofaa tizimiga 553 milliard soʻm mablagʻ sarfladi, ya’ni aholi jon boshiga 1800 soʻm. Bu mablagʻni koʻp yoki kamligi yuzasidan aholi oʻrtasida turli xil fikrlar mavjud boʻlganiga qaramay, hech kim mudofaa tizimi uchun davlat xarajatlari zarur ekanligini inkor etmaydi. Davlatni oʻziga hos himoyachilari boʻlgan iqtisodchilar ham mudofaa tizimini ommaviy mahsulot ekanligini inobatga olib, uni davlat tomonidan ta’minlanishini yoqlashadi.
Fundamental ilmiy tadqiqotlar. Bilim ilmiy tadqiqotlar asosida yuzaga keladi. U yoki bu davlatning bilimlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan siyosatini baholashda umumiy bilimlarni aniq texnologik bilimlardan farqlash zarur. Uzoqroq muddat xizmat qiluvchi batareykalarni ixtiro qilish, kichikroq hajmdagi mikrochiplarni yaratish yoki yaxshiroq musiqa eshitish asbobini ishlab chiqishga oʻxshagan aniq texnologik bilimlar odatda patentlangan boʻlishi mumkin. Patent ixtirochiga ma’lum bir muddatda u yaratgan yoki ixtiro qilgan sohada faoliyat yuritish uchun alohida huquqni beradi. Boshqa shaxslar patentlangan ma’lumotlardan foydalanganlik huquqi uchun ixtirochiga haq toʻlashadi. Boshqacha soʻz bilan aytganda patent ixtirochini bilimini iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega qiladi.
Bunga qarama-qarshi ravishda, umumiy bilimlar ommaviy mahsulot hisoblanadi. Masalan, matematik olim teoremani patentlay olmaydi. Teorema isbotlanganidan soʻng bilim iste’moldan mahrum qilish xususiyatiga ega boʻlmaydi. Teorema umumiy foydalanishdagi bilimlar sirasiga kiradi, har kim biror-bir ayblovsiz undan foydalanish huquqiga ega. Teorema shuningdek, iste’molda taqiqlangan ham emas, biror kishini teoremadan foylanishi boshqa bir kishini undan foydalanish imkoniyatlarini kamaytirmaydi.
Daromad olishga intilgan firmalar keyinchalik ularni patentlash yoki qayta sotish hisobiga koʻproq daromad olishni koʻzlab, tayyor ilmiy tadqiqotlar hisobiga yangi loyihalarni ishlab chiqishga juda koʻp mablagʻ ishlatishadi, biroq ular fundamental ilmiy izlanishlarga koʻp mablagʻ sarf etishmaydi.Bunda ularni ragʻbatlantiruvchi omil - ilgari boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy bilimlarga mablagʻni iqtisod qilish. Buning natijasi oʻlaroq, u yoki bu davlat siyosatining mavjud emasligi tufayli jamiyat yangi fundamental ilmiy izlanishlarga juda kam resurs sarflaydi.
Davlat ommaviy mahsulot hisoblangan umumiy bilimlarni turli xil usullar bilan ta’minlashga harakat qiladi. Sogʻliqni-saqlash milliy instituti va Milliy ilmiy jamgʻarma kabi davlat idoralari tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, biologiya va hatto iqtisodiyot kabi yoʻnalishlarda fundamental tadqiqotlar uchun turli xil subsidiyalar ajratadi. Ba’zi kishilar davlatning kosmik dasturlarni moliyalashtirish siyosatini
ularni jamiyatda umumiy bilimlarni kuchaytirilishiga qoʻshishi mumkin boʻlgan hissasi tufayli yoqlashadi (biroq ba’zi olimlar komik sayoxatlarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalarga skeptik yondashishgan). Olinayotgan foydani aniqlash qiyinligi hisobiga davlat tomonidan mazkur urinishlarga mustahkam qoʻllab quvvatlashni aniqlash qiyin. Bundan tashqari mazkur tadbirlarga yoʻnaltirilgan moliyaviy mablagʻlarni tasdiqlab bergan Kongress a’zolari ushbu yoʻnalishlarda etarlicha bilim va tajribaga ega emas, bu tadbirlarni samarali ekanligini aniqlab berishga qodir emaslar. Shunday qilib, fundamental izlanishlar ommaviy mahsulot boʻlgan bir paytda davlatni ularni kerakli hajm va yoʻnalishlarda moliyalashtirishga qodir emasligiga hayron boʻlishimiz kerak emas.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling