Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet21/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Adabiyot. Shayboniyxonning o'zi ham umri jang-u jadallarda o'tishiga qaramay, she'riyat va tarix fani bilan shug'ullanishga vaqt topgan. lining she'riy devon tuzgani ma'lum. U hatto xattotlik bilan ham shug'ullangan. O'zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida (tartib raqami 844) Kamoliddin Binoniy qalamiga mansub „Shayboniynoma" asarining Shayboniyxon ko'chirgan nusxasi saqlanadi. Ubaydullaxon ham ilmli va ma'rifatli hukmdor edi. U fors va turk she'riyatini yaxshi bilardi. Ayni paytda, o'zi „Ubaydiy" taxallusi bilan o'zbek, fors, arab tillarida ijod qilgan, she'rlar bitgan. Uning uch tilda bitgan she'rlaridan iborat uch devoni bir kitobga jamlangan. Ubaydiyning o'zbek tilidagi devoni 306 g'azal, 435 ruboiy, 25 qit'a, 13 tuyuqdan iborat.
Me'morchilik. Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va uning atrofiarini obod qilishga harakat qildilar. 1535—1536- yillarda qurilgan Mir Arab madrasasi, 1540—1541- yillarda bino qilingan Masjidi Kalon, 1549- yili Abdulazizxon qurdirgan koshinli xonaqoh, Mag'oki Attori masjidi (qayta ta'mirlangan), 1559- yili qurilgan Toqi Zargaron, Toqi Sarrofon, Toqi Kitobfurushon, Karmanadagi hazrati Qosimshayx xonaqohi, 1582- yili qurilgan uch darvozali Timi Kalon, 1581- yili bino qilingan Modarixon madrasasi, Oyposhsha oyim madrasasi, 1580- yili bino qilingan Govkushon madrasasi, 1586- yili qurilgan Fathulla qo'shbegi madrasasi, 1585- yili qurilgan Fayzobod xonaqohi, Do'stum madrasasi, 1577—1578- yillari qurilgan Abdullaxon madrasasi, Tim, Chorsu fikrimizning dalilidir. Samarqandda ham shayboniylar nomi bilan bog'liq binolar anchagina. Chunonchi, Shayboniyxon tomonidan qurila boshlab, 1515—1516- yillarda bitkazilgan Shayboniyxon madrasasi va Abdurahim Sadr madrasasi, Toshkentda bino qilingan Baroqxon madrasasi, Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga qurilgan ko'prik (1582) mashhurdir.
Buxoroga kelgan ingliz elchisi Antoniy Jenkinson: „Buxoro juda katta shahar, unda gishtlik imoratlar, serhasham binolar ko'p. Hamrnomlar shunday mohirlik bilan qurilganki, ularning misli dunyoda yo'qdir", — deb yozadi.
Ayniqsa, Abdullaxonning yurt obodonchiligi yoiidagi sa'y-harakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilish ishlari amalga oshirilgan. Chunonchi, Abdullaxon 1000 dan ortiq rabot va sardoba, ko'plab madrasa, masjid, ko'prik, suv omborlari qurdirgan. Buxoroda juda katta savdo markazi bunyod etilgan.
Savollar
1. Shayboniylar davridagi ilm-fan namoyandalarining ismi-shariflarini daftaringizga ko'chirib yozing.
2. Aytib o'tilgan davrda qanday tarixiy asarlar yozilgan edi?
3. Shayboniyxonning ma'rifatparvar hukmdor bo'lganligiga misollar keltiring.
4. Shayboniylar davrida qurilgan me'morchilik obidalari haqida so'zlab bering.
5. Ubaydullaxon va Abdullaxonning mamlakat obodonchiligi, adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qilganliklari haqida so'zlab bering.
• Hukmdorlardan Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II lar ilm, fan, ma'rifat homiylari edi.
• Shayboniylar davrida, ayniqsa, ilm-fanning tarix, tibbiyot sohalari, shuningdek, me'morchilik boshqa sohalarga qaraganda ilgarilab ketdi.
• Abdullaxon II mingdan ortiq rabot va sardoba, ko'plab madrasa, masjid, ko'prik, savdo markazlari va suv ombor­lari qurdirgan.


Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling