Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet93/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Qoloqlik oqibatlari. O'zbek xonliklarining jahon taraqqiyotidan orqada qolishining oqibati yomon bo'ldi. Iqtisodiy qoloqlik va harbiy nochorlik, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik O'rta Osiyoni o'z tasarrufiga kiritib olishga intilayotgan davlatlarga qo'l keldi.
Taniqli o'zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o'zining „O'tgan kunlar" romanida o'zaro urushlar girdobiga botib qolgan, vaqtini aysh-ishratda o'tkazayotgan xonlar va amaldorlarning qilmishlari qanday oqibatlarga olib kelishini yaqqol tasvirlab beradi. Romanda Yusufbek hoji tilidan quyidagi alamli so'zlar bayon qilinadi:
„Maqsadlari juda ochiq... Bittasi mingboshi bo'lmoqchi, ikkinchisi Normuhammadning o'rniga o'tirmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o'ziga qaram qilmoqchi. Ittifoqning nima ekanligini, yolg'iz o'z manfaati, shaxsiyati yo'lida bir-birini yeb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog'idan yo'qolmay turib, bizning odam bo'lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holatda ketadigan, bir-birimizning t'egimizga suv quyadigan bo'lsak, yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimizni egallar".
Haqiqatan ham shunday bo'ldi. Xonliklardagi o'zaro nizo va urushlar, parokandalik, oxir-oqibat, ularning Rossiya imperiyasi tomonidan istilo etilishi uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Savollar
1. Qanday omillar Yevropadagi ilg'or mamlakatlarda taraqqiyotni jadallashishiga olib keldi?
2. Nima sababdan o'zbek xonliklari jahon taraqqiyotidan orqada qoldi?
3. Xonliklardagi qoloqlik qanday oqibatga olib keldi?



Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling