Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Buxoro va Boburiylar davlati munosabatlari


Download 460 Kb.
bet88/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Buxoro va Boburiylar davlati munosabatlari. XVI asrda shayboniylar bilan boburiylar I o'rtasida elchilik munosabatlari o'rnatildi. Abdullaxon boburiylar hukmdori Akbarshohga to'rt marta elchi yuborgan. 1586-yilda Akbarshoh elchisi Buxoroga kelgan. Elchilik munosabatlariga ikkala davlatning Xuroson bilan bog'liq o'z manfaatlari masalalari muhokama qilingan. Shuningdek. Hindistonga me'morlar, miniaturachi rassomlar yuborilgan. Ikki mamlakat o'rtasida savdo aloqalari yo'lga qo'yilgan.
Akbarshohning o'g'li Jahongirshoh (1605—1627) va Buxoro xoni Imomqulixon davrida ikkala davlat o'rtasidagi elchilik munosabatlari davom etgan. Lekin Jahongirshohning o'g'li Shoh Jahon (1628—1658) davrida Hindiston — Buxoro munosabatlarida keskinlik yuz bergan. Bu Buxoro xoni Nodir Muhammadxon va uning o'g'li Abdulaziz o'rtasida yuz bergan nizo bilan bog'liq edi. Taxtdan ag'darilgan Nodir Muhammad Balxga qochadi. U o'g'liga qarshi kurashish maqsadida Hindiston hukmdori Shoh Jahondan yordam so'raydi. Shoh Jahon bu paytda qulay flirsat kutib Balxni bosib olish niyatida yurar edi. Shoh Jahon darhol Balx ustiga „yordam" jo'natadi. Biroq hind qo'shinlarining Balxga yordamga emas, balki uni bosib olish uchun kelganligini tushunib yetgan Nodir Muhammadxon Eronga qochadi.
1645- yili Abdulazizxon Balxni qamal qiladi. Oxir-oqibat hind qo'shinlari o'z vatanlariga qaytib ketishga majbur bo'ladilar.
Avrangzeb Olamgir (1658—1707) bilan Abdulazizxon hamda Subhonqulixon o'rtalarida elchilik munosabatlari davom etgan. Avrangzebdan keyin boburiylar sulolasi yana 150 yil hukmronlik qilgan bo'lsa-da, bu saltanat tanazzul tomon yuz tutib bordi. Shunday bo'lsa-da, Hindiston va Buxoro munosabatlari to'xtab qolmagan. Savdo aloqalari ham to'xtovsiz davom etgan.
O'rta Osiyo xonliklarining Afg`oniston bilan aloqalari. O'rta Osiyo davlatlarining eng yaqin qo'shnisi Afg'oniston edi. Mustaqil Afg'oniston davlati 1747-yilda tashkil topgan. Yosh Afg`on davlati bilan Buxoro xonligi o'rtasidagi munosabatlar do'stona ruhda bo'lmagan. Bunga ikkala tomonning Amudaryoning janubiy qirg'og'idagi o'zbeklar istiqomat qilib turgan hududlarni o'z tasarruflarida saqlashga urinishlari sabab bo'lgan edi. Xususan, 1751- yili Afg'oniston hukmdori Ahmadshoh (1747— 1773) Amudaryoning janubida istiqomat qilib turgan o'zbeklarning yerlarini bosib olish maqsadida qo'shin yuboradi. Bu hududda joylashgan kichik-kichik o'zbek bekliklari o'zaro urushlar oqibatida zaiflashib qolgan edilar. Natijada, ular Afg'onistonning vassaliga aylanib qolgandilar. Balx qal'asini afg'on garnizoni egallaydi. Balxni Ahmadshohning noibi boshqara boshlaydi.
1768- yilda mahalliy o'zbeklar afg'onlarning jabr-zulmiga qarshi qo'zg'olon ko'taradilar. Qo'zg'olonchilarni Buxoro qo'llab-quvvatlaydi. Ana shunday vaziyatda Ahmadshohning o'zi qo'shin tortib kelib qo'zg'olonni bostiradi.
1789- yili o'zbeklar yana qo'zg'olon ko'taradilar. Qo'zg'o-lonchilarga bu safar ham Buxoro amaliy yordam ko'rsatadi. Afg'oniston hukmdori Temurshoh (1773—1793) 100 ming lash-kar bilan Balxga qarab yuradi. Biroq Buxoroga qarshi yurish qilishga Temurshohning yuragi dov bermaydi va u Buxoro bilan sulh shartnomasi tuzishga majbur bo'ladi. Shartnomaga ko'ra Amudaryo har ikki davlat o'rtasidagi chegara deb tan olinadi.
Buxoro va Afg'oniston o'rtasida savdo aloqalari uzluksiz davom etgan. Kobul shahri savdo aloqalarida alohida o'rin tutgan. Kobul orqali Buxorodan Hindistonga, Buxoro orqali Afg'onistonga Rossiya tovarlari, Hindistondan Buxoroga hind tovarlari ortilgan savdo karvonlari qatnab turgan.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling