Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet31/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Me'morchilik. Buxoro xonligi tasarrufidagi hududlarda me'morchilik ishlari ham ancha rivoj topdi.Ko'plab masjidlar, madrasalar, bozorlar,xonaqohlar, karvonsaroylar, hammomlar, sardobalar barpo etildi. XVII asrda Samarqand Registoni ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantirildi. Samarqand hokimi Yalangto'sh Bahodir 1619—1635- yillarda vayrona holatga tushib qolgan Registon maydonida Ulug'bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida 1646—1659- yillarda Tillakori madrasa-masjidini o'z mablag'lari hisobidan bunyod ettirgan. Samarqand Registon ansambli o'zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O'rta Osiyo me'morchiligining noyob tarixiy yodgorligi bo'lib, bugungi kunda jahon jamoatchiligi, sayyohlari e'tiborini o'ziga jalb qilmoqda.
Buxoroda yirik me'moriy majmua—Labihovuz ansambli bunyod etildi. Buxoroning eng badavlat kishilaridan bin bo'lgan Nodirdevonbegi 1620- yilda bozor maydoni o'rtasida bo'yi 45 metr, eni 36 metr, chuqurligi 5 metr bo'lgan katta hovuz qurdirib, atrofini shag'al, marmar va toshlar bilan mustahkamlattiradi. Hovuz atrofida Nodirdevonbegi madrasasi va xonaqohi, Ko'kaldosh madrasasi, Ernazar elchi madrasasi bunyod etiladi.
1652- yilda Buxoro shahrida Abdulazizxon qurdirgan qo'sh tfnorath madrasa mustahkamligi, nafis naqshli koshinlarga boyligi Man ajralib turadigan, o'z zamonasi me'morchiligining yetuk namunasi hisoblanadi. Imomqulixon Madina shahrida Chorbog', Makkadagi Ka'baga kiraverish darvozalaridan biri ostonasi uchun oltin va kumush tutqichli yog'och zina qurdiradi. XVIII asr boshlarida Qarshida Shermuhammadbiy, Xo'ja Qurbonbiy madrasalari, savdo yo'llarida hashamatli rabotlar barpo etiladi.
Xulosa qilib aytganda, XVII—XVIII asr birinchi yarmida og'ir siyosiy vaziyatga qaramasdan xalqimiz o'zining ijodkorlik, bunyodkorlik xislatlarini namoyon qila oldi.
• XVII asrda Buxoro xonligi hududlarida 150 dan ortiq madrasa faoliyat yuritgan.
• XVII asrda Samarqand Registoni ansamblining hozirgi qiyofasi shakllandi.
Savollar
1. Maktabxonalarda o'qitish tartibi qanday bo'lgan?
2. Madrasalarda qanday fanlar o'qitilgan, talaba nechta darslik, o'quv qo'llanmani o'zlashtirishi zarur bo'lgan?
3. Maktabxona va madrasa xarajati nimalar hisobiga qoplangan?
4. Ilm-fan rivoji haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Qanday tarixiy asarlar yozilgan?
6. Adabiyot rivojiga qaysi shoir-u yozuvchilar, qanday asarlari bilan katta hissa qo'shdilar?
7. Qanday me'moriy yodgorlik majmualari bunyod etildi?
Aruz ilmi (arabcha) — she'r ilmi, she'r tizimi.
„Dor ush-shifo" — shifoxona.
Masnaviy (arabcha) — ikkilik. Kichik she'riy asarlar ham, dostonlar ham masnaviy deb yuritiladi.
Registon (forscha) — shaharning mayda tosh to'shalgan markaziy maydoni.
Muxammas (arabcha) — beshlik. Sharq she'riyatidagi she'riy shakl.



Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling