Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet39/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Hunarmandchilik.Hunarmandchilik amirlik shaharlarining iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega edi. Hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri to'qimachilik bo'lgan. Buxoro olachasi, bo'zi, bo'zga gul bosish yo'li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi, Samarqandning to'q qizil rangli baxmali mashhur edi. Yigirilgan ipdan ro'mol, choyshab, salla to'qish ham keng tarqalgan.
Hunarmandchilik ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan yana biri — temirchilik va miskarlik bo'lib, o'roq, pichoq, shuningdek, qurol-yarog' yasashgan. Temirchilar qilich, xanjar, oybolta, nayza, qalqon, kamon va uning o'qini yasar edilar. To'plar yasash ham yo'lga qo'yilgan.
Zargarlik, kulolchilik, yog'ochsozlik ham muhim soha hisoblangan. Yog'ochdan eshik, beshik, deraza, arava, sandiq, qayiq va boshqalar yasalardi. Yog'och o'ymakorligi alohida ahamiyatga ega edi. Novdalardan savatlar to'qilardi.
Uy sharoitida namat, gilam to'qish, oshlangan charmdan egar-jabduqlar, ayillar, pichoq qinlari, hamyonlar tikish ham keng rivojlangan.
Ichki savdo. Davlat hayotida iste'mol ehtiyojlari ishlab chiqarishdan ustun bo'lmadi. Bu esa o'z navbatida, yuqori mehnat unumdorligini ta'minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdan foydalanish ehtiyojini vujudga keltirmadi. Natijada, oddiy hunarmandchilik ishlab chiqarishi manufaktura ushlab chiqarishi darajasiga ko'tarilmadi. Shuning uchun ham ichki bozorda odatdagi hunarmandchilik va qishloq xo'jaligi mahsulotlari savdosi yetakchi o'rin egallagan.
Buxoroda bozordagi narx-navo, tosh-tarozining to'g'riligi qattiq nazorat qilinar edi. Kimki xaridor haqqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga duchor etilardi, xususan, bundaylar yarim yalang'och holda aravada, bozor ahliga namoyish qilish uchun sazoyi qilinardi va ovozi boricha: „Men shayton yo'liga kirib, xaridorni aldadim", deb jar solishga majbur etilardi.
O'rta Osiyo, xususan, Buxoro bozorlari faqatgina xo'jalik vazifasini o'tab qolmagan. Ular ayni paytda o'ziga xos jamoat va madaniyat markazi vazifasini ham o'tagan. Xususan, bozorlarda hukmdorning farmonlari o'qib eshittirilar, aybdorlar jazolanar, bayram kunlari esa turli tomoshalar ko'rsatilar edi.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling