Devonbegi — xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliqlar undirilishi ustidan nazorat olib borgan. U Ark etagida yashagan.
Ko'kaldosh-butun amirlik hududida do'stona yoki dushmanlik munosabatida bo'luvchilar haqida ma'lumotni to'plagan.
Mushrif — amaldorlar xonga in'om etgan buyumlarni hamda harbiy anjomlarni ro'yxatga olgan. Soliq tushumlarini yozib borgan.
Mirshab — tungi shahar soqchilari boshlig'i vazifasini bajargan.
Dodxoh- fuqarolaming arz va shikoyatlarini tinglovchi va hal etuvchi amaldor bo'lgan.
Inoq-vazifasi amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqaga yetkazishdan iborat bo'lgan.
Miroxur — amir otxonasining boshlig'i bo'lgan.
Dasturxonchi — amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas'ul amaldor.
Kitobdor — amir kutubxonasi boshlig'i.
To'qsabo — harbiy qism sarkardasi.
Parvonachi—biror-bir shaxs biror lavozimga tayinlanganida yorliqni o'sha shaxsga yetkazuvchi amaldor.
Sadr — vaqf mulklarini boshqaruvchi.
Shayxulislom—musulmon jamoasi boshlig'i;qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini ta'minlovchi, hukmdorning eng yaqin kishisi. Bu lavozim avloddan avlodga meros bo'lib ham o'tgan.
Poytaxt qozisi (qozikalon) — davlatning oliy qozisi (sudyasi) amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozikalon „shariatpanoh" deb ham atalardi. Qozikalon huzurida a'lam va 12 muftidan iborat devon tuzilgan edi. Uning vazifasi jinoiy ishlarni sinchiklab ko'rishdan iborat bo'lgan.
Muftiy — qozikalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo'yicha shariatga asoslanib, fatvo chiqaruvchi shaxs.
Muhtasib (rais ham deyilgan) — musulmonlar tarafidan shariat qonunlarining bajarilishini kuzatuvchi, bozorlardagi tosh-tarozining to'g'riligini tekshiruvchi amaldor. Xullas, amirlikdagi yuqori davlat lavozimlari o'sha davrdagi boshqaruv tizimiga to'la mos bo'lib, amirning yakka hukmronligini ta'minlar edi.
Savollar
1. Buxoro davlat tuzumiga ko'ra qanday davlat edi?
2. Otaliqlar nega tayinlanganlar?
3. Amirlikdagi davlat lavozimlarini daftaringizga ko'chirib yozing.
4. Buxoroda mustabid hukmdorlik hukm surgan bir paytda Angliyada qanday davlat tizimi mavjud bo'lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |