Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet38/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Tanob (chilvir, arqon): ekin maydonini o'lchash uchun qo'llaniladigan yuza birligi. Tanob yer maydoni 8,33 sotixga teng bo'lgan 1 ga yer esa 12 tanobni tashkil etgan;
Savollar
1. Buxoro amirligida yerga bo'lgan mulkchilikning uch shaklini va ularning bir-biridan farqini tushuntirib bering.
2. Suyurg'ol shaklidagi yer in'om etilishi qanday oqibatlarga olib kelgan?
3. O'rta Osiyo xalqlari hayotida sun'iy sug'orish nega hayot-mamot masalasi edi?
4. Ekin yerlariga suv chiqarishda qanday inshootlardan foydalanilgan?
5. Osiyoda dehqonchilik Yevropa dehqonchiligidan qanday jihatlari bilan farq qilgan?
• Amirlikda yer mulkchiligining davlat (amlok), xususiy mulk va vaqf shakli mavjud bo'lgan.
• Davlat yerlari sotilmagan va ayirboshlanmagan.
• Davlat yerlarining bir qismi suyurg'ol va tanho shaklida in'om etilgan.
Mavzu: Amirlik shaharlari hayoti va savdo-sotiq ishlari
Shaharlar hamisha mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida g'oyatda katta ahamiyatga ega bo'lgan.Chunki shaharlar davlat hokimiyati tayanchi, savdo va hunarmandchilik markazi, madaniyat hamda ilm-fan o'chog'i vazifasini o'tagan.
Samarqand. Amirlikning eng yirik shaharlaridan biri Samarqand edi. Samarqand shahrida kulolchilik, cho'yan quyish (degrezlik), teri oshlash, qog'oz, kiyim-kechak, qurol-yarog' ishlab chiqaravchilar, baxmalboflar, kimxobgarlar, chitgarlar, bo'yoqchilar, po'stindo'zlar, mo'ynado'zlar mahallalari va rastalari bo'lgan.
Samarqandda yetti madrasa faoliyat ko'rsatgan. Bular Ulug'bek, Sherdor, Tillakori, Safed (Xoja Ahror), Shayboniyxon, Xoja Abdulg'ofur, Qozi Soqiy madrasalari edi.
Ashtarxoniylar davrida kuchayib ketgan siyosiy kurashlar, chet elliklar hujumi natijasida shahar talangan, vayronaga aylangan.
Buxoro amiri Shohmurod (1785—1800) davrida Samarqand deyarli qayta tiklangan.
XIX asr boshlarida Samarqand shahri baland devor bilan o'rab olingan. Devorning uzunligi 13,9 chaqirim, maydoni 10,4 kv kilometrni tashkil etgan. Shaharda 80 ming aholi istiqomat qilgan.
Buxoro. XIX asrning 40-yillarida Buxoroda 38 ta karvonsaroy bo'lib, ularda musofir va
mahalliy savdogarlar istiqomat qilganlar.Karvonsaroyda ombor, do'kon, ustaxona, mehmonxonalar bo'lgan. Karvonsaroylarning amirga, ayrim shaxslarga va vaqfga tegishlilari bo'lgan. Buxoro karvonsaroylariga har yili 12—15 ming tuyada mol kelgan. Savdo ishini karvonboshi — amirlikdagi barcha savdo ishlarining boshqaruvchisi boshqargan.
Buxoroda ichki va shaharlararo savdo to'qqizta tim va chorsuda amalga oshirilgan. Buxoro shahrida 103 ta madrasa, 360 masjid va 83 ta hovuz mavjud bo'lgan.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling