Xvi XIX asrning birinchi yarmi
Amirlikning qurolli kuchlari
Download 460 Kb.
|
8 O\'zbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki siyosat.
Amirlikning qurolli kuchlari. XVIII asrda amirlik qo'shini asosan otliq askarlardan iborat edi. Otliq qo'shin navkarlar va qoracherikdan tuzilgandi. Qo'shinlar to'p, qilich, pilta miltiq, nayza va o'q-yoy bilan qurollangan edi.
1837-yilda Amir Nasrullo muntazam piyoda askarlar qo'shini tuzib, ular uchun maxsus kiyim (qizil kurtka, oq shalvor va qalpoq) joriy etildi. XIX asrning o'rtalariga kelib 2500 nafarli sarbozning har biri nayzali miltiq, qilich va to'pponcha bilan qurollangan edi. Xizmatdan bo'sh kunlari ular oddiy xalat kiyib yurishgan. Buxoro qo'shinlariga rus zobitlari ta'lim berib, mashq qildirganlar. Mashq, urush va kiyinish nizomlari ishlab chiqilgan. 1837-yilda Amir Nasrullo to'pchilar qo'shinini ham tuzadi. Askar oyiga uch so'm kumush tanga moyana olgan. Har qabila o'z qo'shini bilan xizmatda bo'lgan. Askar va to'pchilar umr bo'yi xizmat qilganlar. Ichki siyosat.Mang'it hukmdorlari ichki siyosatining asosiy maqsadi markaziy hokimiyatni mustahkamlash, xalq ommasini qattiq itoatda tutishdan iborat bo'lgan. Ayni paytda mang'it hukmdorlari yirik zodagonlarning nufuzini kamaytirishga imkon beruvchi tayanch kuchlarni vujudga keltirish siyosatini tutdilar. Bunday ijtimoiy tayanch davlatga xizmat qiluvchi amaldorlar tabaqasi bo'lishi mumkin edi. Mang'it hukmdorlari ana shunday amaldor xizmatkorlar tabaqasini yarata oldilar. Amir saroyida xizmat qiluvchi 300 ga yaqin yuqori amaldorlik lavozimi joriy etildi. Bundan tashqari, mang'it amirlari markazlashgan mutlaq hokimiyatni barpo etishni o'zlarining bosh vazifalaridan biri deb hisoblaganlar. Shu maqsadda ular amir shaxsiga sig'inish siyosatini yuritganlar. Amir shu darajada oliy hokimiyat mavqeyiga ko'tarilganki, jazoga tortilishdan qo'rqqan fuqaro uning nomini baland ovoz bilan ayta olmas edi. Hukmron tabaqalar amirga xushomadgo'ylik qilardilar. Amaldorlar amirdan ko'rsatma kutib o'tirmasdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Har bir amaldor amirning, kichik amaldor o'zidan katta amaldorning qahriga uchrab qolishidan qo'rqib yashardi. O'zining bugungi mavqeyi, mulki, hayoti, oilasining omonligi uchun shunday bir qo'rquv muhiti vujudga keltirilgan ediki, natijada hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor bo'la olmay qolgan edi. Amirlar mang'it qabilasidan boiganliklari uchun bu qabilani o'zlarining asosiy siyosiy va ijtimoiy tayanchlariga aylantirgan edilar. Davlat muassasalari asosan ulardan tashkil etilgan. Buxoro amirlari o'zbek qabilalari boshliqlarining o'z qabiladoshlariga ta'sirini juda yaxshi bilar edilar. Qabila boshliqlari bilan o'zaro til topa olish — bu mamlakat xavfsizligining asosiy kafolatlaridan biri edi. Shuning uchun ham mang'it amirlari boshqa o'zbek qabilalari boshliqlarini o'z xizmatlariga olar edilar. Amirlikda ayniqsa yahudiylarning ahvoli og'ir va ayanchli edi. Garchand ular o'z diniy e'tiqodlarini saqlab qolgan, amirlikdagi deyarli butun savdo-sotiqni o'z qo'llariga olib, ma'lum ijtimoiy mavqega ega bo'lib olgan bo'lsalar-da, ularga nisbatan inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, xo'rlovchi tartiblar joriy etilgan edi. Xususan, yahudiylarga ot minib yurish man etilgan edi. Ular eshak minishlari mumkin edi, xolos. Bellariga kamar emas, chilvir bog'lab yurishlari shart edi. Savollar 1. Miyonqol qo'zg'olonining sabablari va uning oqibati haqida so'zlab bering. 2. Amir Nasrullo haqida nimalarni bilib oldingiz? 3. Mang'it hukmdorlari davrida siyosiy hayot ashtarxoniylar davridagi siyosiy hayot bilan qaysi jihatlardan bir-biriga o'xshashini hamda bir-biridan farq qilishini tahlil qiling va ularni daftaringizga qayd eting. Download 460 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling