Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Nodirshoh bosqiniga qarshi kurash


Download 460 Kb.
bet50/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Nodirshoh bosqiniga qarshi kurash. Orol dengizining shimolida istiqomat qilib turgan o'zbek qabilalari 1741- yili eronliklar zulmiga qarshi qo'zg'olon ko'tardi. Bu vaqtda
Nodirshoh Dog'iston yurishi bilan band edi. U o'g'li Nasailla boshchiligida qo'zg'olonchilarga qarshi qo'shin jo'natdi. Nasailla qo'zg'olonni bostirib, Xiva taxtiga Elbarsning o'g'li Abu Muhammad (Abulg'ozixon)ni o'tqazdi. So'ng Orolbo'yi va xivaliklardan qo'shin to'plab, otasiga madad berish uchun Dog'istonga jo'natdi. Qo'zg'olon sababchilari bo'lgan turkman yovmutlarini Xuroson hududiga ko'chirtirdi.
Keyin Xiva taxtiga o'tqazilgan qozoq sulolasidan G'oyib ibn Botir (Qoraboyxon)
( 1746—1756) inoqlar nufuzini yo'qotish uchun kurashdi. Ular esa G'oyibning inisi Abdulla boshchiligida xonga qarshi qo'zg'olon ko'tardilar. Qo'zg'olonga Buxoro amiri Muhammad Rahimxon aralashdi. G'oyibni taxtdan tushirib, o'z vakili Temurg'ozini xon etib tayinlaydi. Muhammad Rahimxon vafot etgach (1758- yili), o'zbek qabilalaridan inoqlar hokimiyatni yana qo'lga oladilar.
Savollar:
1. XVII asrda Xiva xonligi siyosiy hayotiga xos bo'lgan xarakterli xususiyat nimada edi?
2. Amudaryo o'zanining o'zgarishi qanday oqibatlarga olib keldi?
3. Abulg'ozixon qanday qilib xon taxtiga o'tirgan edi?
4. „Xonlar o'yini" deganda nimani tushunasiz?
Inoq (turkiycha — ishonch) — O'rta Osiyoda XI — XVIII asrlarda hukm surgan sulolalar saltanatida „maslahatchi", „vazir" ma'nosini anglatgan.
• XVII asrdan boshlab Xiva xonligida hukmron sulola nufuzi pasaya bordi, qabila boshliqlarining ta'siri esaTcuchaydi Natijada, davlat parokandaligi yuz berdi.
• 1740- yilda Eron hukmdori Nodirshoh qo'shinlari Xivam o'ziga bo'ysundirdi.


Mavzu: Xiva xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti
Shahar va shaharlar hayoti .Xiva xonligida Xiva, Ko'hna Urganch, Yangi Urganch, Vazir kabi o'nlab shaharlar mavjud bo'lgan. Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri bo'lib, 1997- yilda uning 2500 yilligi nishonlandi. Bu haqda YUNESKO 1995- yilda qaror qabul qilgan edi. Bu qaror — Xiva shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o'rnining e'tirofi bo'ldi. Bugungi avlod o'z ota-bobolarining rnadaniy meroslari bilan haqli ravishda faxrlana oladi.
Xiva shahri milloddan avvalgi V asrda yuzaga kelganidan buyon uning tarixi butun Xorazm tarixi bilan chambarchas bog'liq bo'lib keldi. Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlaridanoq Sharq bilan G'arbni bog'lovchi savdo yo'li o'tganligi bilan izohlanadi.
Xiva shahri XVI asr boshlaridan 1920-yil fevralgacha Xiva xonligining poytaxti bo'lgan.
Ko'hna Urganch . Xonlikning yana bir shahri — Ko'hna Urganch (Gurganch) shahridir. Qadimda bu shahar joylashgan hudud hozirgi Turkmaniston (Toshhovuz viloyati) tarkibidadir.
Ko'hna Urganchga asos solinganligiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim savdo karvoni yo'llari kesishgan yerda joylash­gan ligi uchun ham tez rivojlangan.
Ko'hna Urganch X — XI asrlarda Xorazm davlatining poytaxti edi. Bu shahar arab geograflari asarida Jurjoniya nomi bilan qayd etilgan. X asrning ikkinchi yarmida poytaxt Gurganchda mustaqil amirlik tuzilgan. 995- yilda Gurganch amiri Ma'mun ibn Muhammad poytaxti Kot shahri bo'lgan xorazmshohlarni tor-mor etib, o'zini Xorazmshoh deb e'lon qilgan. Shu tariqa Gur­ganch Xorazm davlatining yagona poytaxtiga aylangan.
XI—XII asrlarda bu shaharda madaniyat, ilm-fan rivojlandi. Shahar mustahkam qal'a-devor bilan o'rab olindi.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling