Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet52/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Qishloq xo'jaligi. Xonlik aholisi asosan qishloq xo'jaligi bilan shug'ullangan. Dehqonchilik va u bilan bog'liq bo'lgan chorvachilik qishloq xo'jaligining ikki - asosiy sohasi edi.
Dehqonchilikda g'alla, paxta va poliz mahsulotlari yetishtirish yetakchi o'rin egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig'ida g'alla yetishtinlgan. G'allachilikda kuzgi bug'doy ekish yetakchi o'rin egallagan. Dehqonlarning don ekinlaridan mo'l hosil olishlariga hatto chet elliklarning ham tan berganligiga tarix guvoh.
Chunonchi, Xivaga kelgan yevropalik sayyohlardan biri aytgan quyidagi so'zlar manbalarda saqlanib qolgan: „Men Germaniyaning o'zida dalada ishlovchilarning Xivadagidek mirishkorligini ko'rmaganman''. Don ekinlari ichida jo'xori ekish bug'doydan keyin ikkinchi o'rinda turgan. Sholi esa asosan suv ko'p hududlarda yetishtinlgan. Ekinzorlarning 1/5 qismida paxta yetishtinlgan.
Xonlik iqtisodiyotida pillachilik ham muayyan ahamiyatga ega bo'lgan. Poliz mahsulotlari ichida Xorazm qovunining dovrug'i keng yoyilgan edi. Bundan tashqari, xonlikda bog'dorchilik ham dehqonchilikning rivojlangan sohalaridan biri bo'lgan.
Ichki va tashqi savdo. Xonlikning ichki va tashqi savdosidan davlat xazinasiga durustgina daromad tushgan.
Ichki savdo-sotiqda, Xivaning usti yopiq bozori alohida ahamiyatga ega bo'lgan. Bozor yo'lining ikki tarafiga ustaxona-do'konlar qurilgan.
Bozordagi savdo o'rinlaridan foydalanganlik uchun tagjoy deb ataluvchi alohida soliq olingan.
Xonlikdan, asosan, qorako'l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari Eron, Hindiston, Xitoy va Turkiya kabi davlatlarga eksport qilingan.
XVI asr oxirlaridan boshlab, Rossiya bilan ham savdo-sotiq birmuncha yo'lga qo'yila boshlandi. Xiva elchilari asosan gazlama va to'qilganbuyumlarolibborishgan. Chunonchi, Xivaelchisi 1620-yilda Qozon shahrida 670 kiyimlik mato sotganligi manbalarda qayd etilgan. Rossiyaga gilam, qoqi meva, qorako'l teri, o'simliklardan tayyorlangan bo'yoqlar ham olib borilgan.
Rossiyaning Xiva xonligiga yuborgan elchilariga Xiva mahsu-lotlarini xarid qilish topshirig'i ham berilgan. Xiva savdogarlari Rossiyaning Nijniy Novgorod yarmarkasida faol qatnasha boshlaganlar.
Ilm-fan. XVI—XVIII asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyoti butunlay to'xtab qolgan emasdi. Bu davrda tarix ilmi o'ziga xos o'rinda turadi. Chunonchi, Xiva xoni Abulg'ozixon Xiva tarixshunosligi maktabiga asos soldi.
Abulg'ozixon fan va madaniyat tarixiga ikki muhim asari („Shajarayi turk" va „Shajarayi tarokima") bilan o'chmas nom qoldirdi.
„Shajarayi turk" asarining 9-bobi bevosita Xorazmning 1512— 1663- yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag'ishlangan. Unda aniq tarixiy voqealardan tashqari, turkiy xalqlar an'analari, Xiva va Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida ma'lumotlar berilgan.
Abulg'ozixonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o'z asarlarini oddiy kitobxon uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o'zbek tili yozma yodgorligi deb hisoblashadi.
Vengriyaning mashhur sharqshunosi A. Vamberi „Abulg'oziyning ,$hajarayi turk"i uchun butun dunyo undan minnatdor'', deb yozgan edi.Bu asar bir necha asrlafdan beri ko'plab tillarga tarjima qilib kelinmoqda.
Abulg'ozixonning topshirig'i bilan „Dasturul amal" asari ham yozilgan. Afsuski, bu asar muallifi hamon aniqlangan emas. Ushbu asarda Sohibqiron Amir TemurdaH tortib Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. Har bir hukmdorga qo'lyozmaning birbo'limi bag'ishlangan.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling