Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet60/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Savollar. 1.Nega Xiva xonligida Buyuk Britaniya yoki Fransiya sanoatida yuz bergan o'zgarishlar sodir bo'lmadi?
2.Xiva xonligining davlat tuzumi va boshqaruv tizimi haqida nimalarni bilib oldingiz?
3.Xonlikda yer egaligining qanday shakllari mavjud edi?
4.Mehnatkash aholi qanday soliqlar to'laganlar?
5.Aholi qanday majburiyatlarni o'taganlar?
Mavzu: Xiva xonligida shaharlar hayoti
Shaharlar hayotining umumiy manzarasi. XVIII asr oxiriga kelib shaharlar hayotida uzoq davom etgan tushkunlik holati barham topdi. XVIII asrning ikkinchi yarmi — XIX asr boshlarida katta ko'lamdagi sug'orish inshootlarining tiklanishi hamda yangilarining bunyod etilishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'sishiga asos bo'ldi. Bu hodisa, o'z navbatida, shaharlarda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning o'sishiga sabab bo'ldi.
Biroq bu o'sishni Yevropa davlatlari iqtisodiyoti taraqqiyoti bilan aslo tenglashtirib bo'lmas edi. Bu davr — G'arbiy Yevropa davlatlari hayotida tub sifat o'zgarishlar davom etayotgan davr edi. Chunonchi, Buyuk Britaniyada boshlangan sanoat to'ntarishi Yevropaning boshqa ilg'or davlatlariga ham yoyilgan, XIX asr o'rtalariga kelganda esa u nihoyasiga yetayotgan edi. Binobarin, Yevropa davlatlarida kapitalistik munosabatlar gurkirab rivojla-nayotgan edi.
O'rta Osiyo xonliklarida, jumladan, Xiva xonligi jamiyati hayo­tida hamon o'rta asr yer egaligi munosabatlari hukmron edi.
Me'morchilik . XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o'rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Chunonchi, 1782- yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi.
Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me'moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765- yilda Sherg'ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi.
XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor va ular oralig'ida 1834- yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi.
1842- yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida Xiva atrofida 6 km uzunlikdagi mustahkam shahar-qal'a devori va uning darvozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi. O'sha paytdan boshlab shahar hududining bu qismi Dishan qal'a — Tashqi shahar (qal'a) deb nomlana boshlangan.
Xivaning kichik halqali qal'a-devori bilan o'ralgan qismi Ichan qal'a — Ichki shahar (qal'a) deb atalgan.
Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 17 masjid, 22 madrasa mavjud bo'lgan.
Ichan qal'a bobolarimizdan qolgan O'rta Osiyodagi yirik va noyob me'moriy yodgorlikdir. U ming gumbaz shahri nomi bilan mashhur. Ichan qal'a Xiva shahrining ichki qal'a (Shahriston) qismidir.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling