Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet62/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Hunarmandchilik. XVIIIasr ikkinchi yarmi va XIXasr birinchi yarmida ham avvalgi asrlarda mavjud bo'lgan hunarmandchilikning har xil turlari yanada rivojlandi.
Me'morchilikning yuksalishi kulolchilikda ham o'z ifodasini topdi. Kulollar faqat alohida-alohida buyumlar tayyorlabgina qolmasdan, bir necha yuzlab lagan, tovoq va kosalardan iborat butun bir to'y marosimini o'tkazishga yetadigan to'y majmualarini ham tayyorlaganlar.
Alohida tantanalar uchun maxsus to'y va podshoyi tovoqlar ham tayyorlangan.
XIX asrning 30—40-yillariga oid manbalarda Xivada zargarlik hunari mahorati yetakchi hunarlar qatorida tilga olib o'tilgan. Xivaning bosh taqinchog'i — jig'a O'rta Osiyoning boshqa mintaqalariga ham keng tarqalgan. Isirg'alar feruza va marjonlar, bilaguzuklar esa toshlar bilan bezatilgan. Bilaguzuklar har binning og'irligi 300 grammgacha bo'lgan.
Xiva shahrida hunarmandchilikning yog'och o'ymakorligi, badiiy to'qimachilik, gilamchilik, kashtachilik, naqqoshlik kabi o'nlab turlari ham mavjud bo'lgan.
XIX asrda Xiva yog'och o'ymakorligi maktabi xonlikda oldingi o'rinda turadi. U o'z badiiy yuksakligi bilan ajralib turardi. Bu o'rinda Olloqulixon saroyidagi Toshhovli ayvon ustunlari majmuyi o'zining ko'rkamligi bilan ajralib turadi.
XIX asr o'rtalarida o'ymakori eshik va ustunlar ustasi Polvon Abdusattor o'g'lining nomi ayniqsa shuhrat qozondi.
Xiva shahri ayni paytda XX asr boshlarigacha xonlikda yagona shoyi to'qish markazi bo'lib qoldi.
Hozirgi davrda ham gilam ustida ishlayotgan rassomlar XIX asrning birinchi yarmida yuksak darajada bo'lgan Xorazm amaliy bezagi va san'ati an'analariga tayanadilar.
XIX asrda Xivada matoga gul bosish san'ati o'zining kulrang uyg'unligi va mayda gullari bilan O'rta Osiyoning boshqa gul bosish markazlaridan farq qilib turadi.
• Ichan qal'a ansambli me'moriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan muzeyga aylantirilgan.
• 1990- yilda esa Ichan qal'a Butunjahon yodgorliklari ro'yxatiga kiritilgan. 1997- yilda Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan katta ta'mirlash ishlari olib borildi.
Savollar
1. Nega Xiva shahri ming gumbazli shahar deyiladi?
2. Disfean va Ichanqal'alar haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Ichan qal'aning Butunjahon yodgorliklari ro'yxatiga kiritilganligi hodisasini nimalarning ramzi deb bilasiz?
4. XVIII asr ikkinchi yarmi — XIX asr birinchi yarmida Xiva shahrida qanday me'morchilik inshootlari qurildi?
5. Xiva xonligidagi hunarmandchilik haqida so'zlab bering va hunarmandchilik turlarini daftaringizga qayd eting.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling