Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Mavzu: Xiva xonligi tarixi bo'yicha manbalar


Download 460 Kb.
bet63/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Mavzu: Xiva xonligi tarixi bo'yicha manbalar
Arxiv hujjatlar. Mana siz Xiva xonligining XVI — XIX asr birinchi yarmi tarixi bilan tanishib bo'ldingiz. Xo'sh, siz bilib olgan tarixiy ma'lumotlar qayerlardan olingan?
Ular birinchi navbatda, tarixiy hujjatlarni o'rganish natijasida to'plangan. Arxiv hujjatlari bugungi avlodni o'tmish tarixi bilan tanishtirishda beqiyos ahamiyatga ega. Olimlar u manbalarni o'rganadilar, sharhlaydilar va shu orqali o'tmish tarixini tiklaydilar.
Xiva xonlari arxivi hujjatlari Rossiya xonlikni bosib olgach, 1873- yilda Peterburgga olib ketilgan. Keyinchalik ular olimlar tomonidan topilib o'rganilgan va sharhlangan.
Arxiv hujjatlari Xiva xonligining davlat tuzumi, soliq va majburiyatlar, pul muomalasi, davlatning ma'muriy-hududiy bo'linishi, aholining xo'jalik mashg'uloti, savdo-sotiq ishlari kabi masalalar haqida qimmatli ma'lumotlar beradi.
Mahalliy tarixchilarning Xiva xonligi tarixi to'g'risidagi asarlari. XVII asrda yashagan Hasanbek Rumluning ,,Eng go`zal tarixi” asari XVI asrning birinchi yarmidagi Xiva tarixiga bag`ishlangan asar.
Xiva xoni, tarixchi olim Abulg'oziy Bahodirxonning (1603— 1664) „Shajarayi turk" asari ayniqsa katta ahamiyatga ega asardir.
Asarda juda katta tarixiy faktlar to'plangan. Asar turkiy qabilalar shajarasi haqida qimmatli ma'lumotlar beradi. Shuningdek, kitobxonni Xiva va xivaliklar, shuningdek, Abulg'oziyning ham o'zaro urushlar oqibatida parchalanib ketgan davlatni birlashtirish yo'lida olib borgan shiddatU kurashi bilan ham tanishtiradi. Asarning 1512—1663- yillar oralig'idagi Xiva ijtimoiy-siyosiy tarixiga, Xiva — Buxoro munosabatlariga bag'ishlangan IX bobi tarix fani uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega.
Mahalliy mualliflar orasida Munis va Ogahiylarning tarixiy asarlari ham tarix uchun muhim manba hisoblanadi. Munisning „Firdavsul iqbol" deb ataluvchi tarixiy asari 1806- yilda Eltuzarxonning topshirig'i bilan yozilgan. Asar Xivaning XVI asrdan 1812-yilgacha bo'lgan tarixini qamrab olgan.
Munis vafot etgach, xonlik tarixini yozish ishini Ogahiy davom ettirgan. U bitgan tarixiy asar „Shohidi iqbol" deb atalib, o'zida 1872- yilgacha bo'lgan tarixni aks ettiradi.
Xudoyberdi Avaz Muhammadning 1831 — 1832- yillarda yozilgan „Dili g'aroyib" asari ham Xiva xonligi, uning shaharlari haqida muhim ma'lumotlar beradi.
Xiva xonligining 1872—1911- yillardagi tarixini Xiva xoni Asfandiyorxonning topshirig'i bilan 1912- yilda Yusufbek Bayoniy yaratgan.
1725- yilda Xivaga Rossiya elchisi bo'lib kelgan Florio Benevini esdah'klarida ilmiy jihatdan muhim ma'lumotlar yozib qoldirilgan.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling