Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Oydo'stbiy boshchiligidagi qo'zg'olon


Download 460 Kb.
bet71/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Oydo'stbiy boshchiligidagi qo'zg'olon.1827- yili Xiva xonligi zulmiga qarshi qoraqalpoqlar qo'zg'olon ko'taradi. Qo'zg'alonga qoraqalpoqlar biyi Oydo'stbiy boshchilik qiladi. 1827- yil 25- iyul kuni Xiva xoni Olloqulixon Oydo'stbiy boshliq qo'zg'olonchilarni bartaraf etish uchun maxsus qo'shin to'plab, unga Muhammad Nazarbiy inoqni qo'mondon etib tayinlaydi va Xo'jayli shahriga jo'natadi. Askarlar shahar atrofiga kelib o'rnashadilar.
Oydo'stbiy qoraqalpoq biylarini to'plab, Orol dengizi bo'yida maslahat uyushtiradi. Yig'ilganlar maslahati bilan qoraqalpoq ovullariga otliq choparlar jo'natilib, shunday buyruq beriladi: „Hamma bola-chaqasi bilan qo'zg'olonga yig'ilsin. Kimda-kim bosh tortsa — u dushman hisoblanadi". Qoraqalpoqlar yig'ilib, qulay yerda xandaq qazib, shox-shabbalar va aravalar bilan mudofaa to'sig'i qurishgan. 29- iyulda Oydo'stbiy o'zining ikki o'g'li Rizo va To'rani 300 botirga bosh qilib, Qo'ng'irot qo'rg'oniga chopovulga yuboradi. Qo'ng'irot hokimi Muhammad Yaqub mushrif qo'rg'on mudofaa-sini uyushtiradi. Urush peshingacha davom etgan. Oydo'stbiy askarlarining bir qanchasi urushda nobud bo'lgan. Ba'zilari dengiz tomon qochgan. Rizo ham, To'ra ham bor imkoniyatni ishga solsalar ham yengiladilar.
Oydo'stbiy Qo'ng'irotda odamlarining yengilganini eshitib, o'ziga yaqin odamlari bilan Sori o'tovni tashlab ketishga majbur bo'ladi va Qo'qon tarafga qarab yo'l oladi. Muhammad Nazar inoq undan xabar topib, Oydo'stbiyning odamlari ketidan sara qo'shin jo'natadi. Qo'shin ikki kun deganda Chirikrabot mavzeyida Oydo'stbiyning odamlarini qurshab oladilar. Xon askarlari hujumga o'tib, qo'zg'olonchilarni tor-mor qilib, Oydo'stbiyning boshini olib, Xiva xoni huzuriga keltirganlar. Bu ishda faol ishtirok etganlar xon tomonidan taqdirlanganlar. Xiva tarixchisi va shoiri Munis Oydo'stbiy o'limiga bag'ishlab marsiya yozgan.
XIX asrning 50-yillarida Qo'ng'irotda ikki marta qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olon bostirilsa-da, xalqning zulmga qarshi nafrati kuchayib bordi.
Qoraqalpoqlar dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, hunarmandchilik bilan shug'ullanib tirikchilik qilganlar.
• 1827- yilda Xiva xonlari zulmiga qarshi Oydo'stbiy boshchiligida qo'zg'olon ko'tarildi.
Savollar
1.Qoraqalpoqlarda urug', qabila ishlariga kimlar rahbarlik qilgan?
2.Aholi qanday tabaqalarga bo'lingan?
3.Qoraqalpoqlar xo'jalikning qanday tarmoqlari bilan shug'ullanganlar?
4. Hunarmandchilikning qanday tarmoqlari rivojlangan?
5. Aholidan qanday soliqlar undinlgan?
6. Oydo'stbiy boshchihgidagi qo'zg'olon haqida so'zlab bering,
7. Qo'ng'irotda ko'tarilgan qo'zg'olonlar haqida nimani bilib oldingiz?



Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling