Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Qoraqalpoqlar Rossiya bilan munosabatlari


Download 460 Kb.
bet68/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Qoraqalpoqlar Rossiya bilan munosabatlari. Qoraqalpoq va Rossiya bilan munosabatlar o`rnatishga harakat qilgan. Bunday yaqinlashishga bir qator omillar sabab bo'lgan edi. Birinchidan, Rossiya bilan savdo-tijorat ishlarini yo'lga qo'yishdan manfaatdorlik, ikkinchidan, jung'orlarning tinimsiz hujumlaridan himoyalanish zarurati sabab bo'ldi.
1726- yilda qozoq xoni Abulxayrxon Peterburgga o'z elchilarini jo'natgan. Uning tarkibida qoraqalpoq vakillari ham bor edi.
Bunga javoban, 1731-yilda Rossiya o'z elchisi M. Tevkelevni Abulxayrxon huzurigajo'natadi. Muzokaralar natijasida ham Kichik juz, ham Quyi qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilinadi. Ayni paytda, qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik juz xonligiga yasoq to'lashi tan olindi. Qoraqalpoqlarning Rossiya imperiyasi fuqaroligiga qabul qilinishi — ularni Eron hukmdori Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi.
Qoraqalpoq va Xiva munosabatlari. Qoraqalpoqlarning asosiy qismi notinch og'ir yillarda Amu va Sirdaryo oralig'idagi bo'sh yotgan yerlarga, Yangidaryo va Quvondaryo bo'ylariga ko'chib kelib yashardilar. Bu yerlar Xiva xonligiga chegara hududlar edi.
Bu yangi yerlar qoraqalpoq xalqining o'ta mashaqqatli mehnati evaziga o'zlashtirilgan. Tarixchi olimlar Yangidaryoda yaratilgan ajoyib sug'orish inshootlari tizimiga — bu qoraqalpoq xalqi qahramonona mehnatining ulug'vorligi xotirasidir, deb baho berganlar.
Asta-sekin qoraqalpoqlarning Orolbo'yi o'zbeklari (qo'ng'irotlar) bilan yaqinlashuvi yuz bera boshlagan. Orollik o'zbeklar Xiva xonligi markaziy hokimiyati bilan muxolifatda edilar.
Markaziy hokimiyat qoraqalpoqlami bo'ysundirmasdan turib orollik o'zbeklarni itoat ettira olmasligini yaxshi tushungan. Bun-gacha ham Xiva xonligi Orolbo'yi o'zbeklari bilan qo'shni yasha-yotgan qoraqalpoqlami bo'ysundirishga bir necha bor uringan edi.
Chunonchi, 1715- yilda Sherg'ozixon shunday harakat qilgan edi. Biroq u o'z maqsadiga erisha olmagan. Faqatgina 1735-yilda Elbarsxon davrida Orolbo'yi o'zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan olganlar.
Muhammad Amin inoq davrida ayrim qoraqalpoq qabila-lari ixtiyoriy ravishda Xiva xonligi fuqaroligiga o'ta boshlaganlar. Bunga — qabila biylarining o'z shaxsiy hokimiyatlarini shu yo'l bilan saqlab qolishga intilishlari sabab bo'lgan edi.
1809- yilda Amudaryo, Quvondaryo va Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlar xonlikka bo'ysundirildi. 1810—1811-yillarda esa Yangidaryo atrofida yashovchi qoraqalpoqlar ham tobe etildi. Shu tariqa qoraqalpoqlami Xiva xonligiga bo'ysundirish nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, qoraqalpoqlaming Xorazm vohasidagi bo'sh yerlarga o'rnashish jarayoni ham nihoyasiga yetdi.
• Qoraqalpoqlar Orol va Quyi Sirdaryo bo'ylarida yashab kelgan qadimgi xalqlardan biri.
• Bijanaklar negizida VIII—XVI asrlarda qoraqalpoq xalqi shakllandi.
• XVIII asr birinchi choragida Eshimxon yetakchiligida qoraqalpoq xonligi tashkil topadi.
Savollar
1. Behustun yozuvlarida qoraqalpoqlar haqida qanday ma'lumotlar yozilgan?
2. Qoraqalpoq xalqining shakllanishi haqida so'zlab bering.
3. Nima sababdan qoraqalpoqlar Volga va Yoyiq daryolari bo'ylaridan orol va Sirdaryo bo'ylariga qaytib ko'chib keldilar?
4. Qoraqalpoq va Rossiya munosabatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Xiva xonlari qachon va qanday yo'l bilan qoraqalpoqlami o'zlariga bo'ysundirdilar?

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling