Xvi XIX asrning birinchi yarmi
Download 460 Kb.
|
8 O\'zbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq va majburiyatlar
Hunarmandchilik va savdo. Qoraqalpoqlar hayotida temirchilik, duradgorlik, kigiz bosuvchilik, to'quvchilik, bo'yoqchilik, kulolchilik, zargarlik kabi hunarmandchilik tarmoqlari rivojlanib boradi. Hunarmandlar uy-ro'zg'or buyumlari, idish-tovoqlar, matolar, kiyim-kechaklar tayyorlaganlar. Yog'ochdan o'tov tayyorlab, kigizlar bilan yon va torn qismini o'rab, turar joylar yasaganlar. Olacha, gilam, tuya junidan movut tayyorlash ancha rivojlangan.
Yog'ochdan omoch, mola, arava, kema va qayiqlar yasaganlar. Asosiy transport vositasi bo'lgan otlar uchun yugan, egar-jabduq buyumlari tayyorlangan. Jun va terini qayta ishlab, turli xil kiyim va boshqa buyumlar tayyorlangan. Qoraqalpoqlar amaliy san'atida o'tovlar uchun o'ymakor eshiklar, kashtachilik, zargarlik buyumlari yasash rivojlangan. Savdo-sotiq ishlari ham rivojlanib bordi. Shaharlarda do'konlar, karvonsaroylar qurildi. Dehqon va chorvadorlar shaharlarda g'alla, chorva mollari, baliq sotardi. Hunarmandlardan uy-ro'zg'or buyumlari, kiyim, gilam, zargarlik buyumlari sotib olinardi. Xo'jayli, Qo'ng'irot, Mang'it, Chimboy shaharlari yirik savdo markazlariga aylanadi. Bozorlarda qoraqalpoq savdo ahli Sharq va G'arb mamlakatlari savdogarlari bilan muloqotda bo'lardilar. Sharqdan G'arbga boruvchi savdogarlar uchun qoraqalpoqlar tayyorlagan tuzlangan baliq mahsulotlari xaridorgir edi. Soliq va majburiyatlar.Dehqonlardan salg'ut (yer) solig'i, chorvadorlardan zakot solig'i, aholidan ruhoniylar uchun usur solig'i olinardi. Soliq miqdorini xon amaldorlari belgilardi. Yer solig'i butun qabila yoki urug'ga bir yo'la solinardi. Oqibatda soliqning ko'p qismi kambag'allar bo'yniga tushardi. Bunday tartibdan boy tabaqalar foydalanar edi. Biy va amaldorlar ham go'yo o'z xarajatlarini qoplash uchun xalqdan qo'shimcha soliqlar undirardilar. Harbiy xavf yuz berganda xalqdan „qozon" (xo'jalik) solig'i undirilar edi, yigitlar majburiy harbiy xizmatga chaqirilardi. Soliqlardan tashqari kambag'allar kanal va ariqlar qazish, sug'orish inshootlarmi tozalash va boshqa ishlarga majburiy safarbar etilardi. Download 460 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling