Xvi XIX asrning birinchi yarmi
Qoraqalpoq xonligining tashkil topishi
Download 460 Kb.
|
8 O\'zbek
Qoraqalpoq xonligining tashkil topishi. Qoraqalpoq davlatchiligi no'g'ay (mang'it)lar yetakchisi Idigu (Edigey) boshchiligida XIV asr oxirlarida tashkil etilgan No'g'ay xonligidan (O'rdasidan) boshlanadi. 1419- yilda Idigu o'ldirilgach, taxt uchun kurash kuchayib, xonlik kuchsizlanadi.
XVI asrning ikkinchi yarmida No'g'ay xonligi 3 qismga — Olti ul o'rdasi, Kichik o'rda va Katta o'rdaga bo'linib ketgan. XVII asrning boshlarida no'g'aylar Volga va Yoyiq daryolari bo'ylariga bostirib kelgan jung'orlar (qalmoqlar) tomonidan tor-mor etiladi. No'g'aylar Qrimga ko'chib ketishga majbur bo'lganlar. Ularning Olti ul o'rdasi tarkibiga kiruvchi qoraqalpoqlar esa Orol va Sirdaryo bo'ylariga kelib o'rnashadilar. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida biylar va botirlar (harbiylar boshlig'i) muhim o'rin tutganlar. Biylar qoraqalpoq urug'lariga boshchilik qilganlar hamda ularning ichki huquqiy va xo'jalik ishlariga doir muammolarni hal qilganlar. Shuningdek, biylar qo'shni xalqlar bilan munosabatlarda o'z urug'i yoki qabilasi nomidan vakil sifatida qatnashganlar. XVI—XVII asrlarda qoraqalpoqlar yo Buxoro xonligiga, yo qozoq xonlariga tobe bo'lganlar. XVIII asr boshlariga kelib Sirdaryo bo'yida yashovchi qoraqalpoqlar birlashishga harakat qilganlar. Ularning birlashish jarayonida Sig'noq singari qadimiy qo'rg'on-shaharlar tayanch bo'lgan. Qoraqalpoqlarning birlashuvida Kuchukxon, Taburchak va G'oyib sultonlar muhim ro'l o'ynaganlar. Buning natijasi 1714-yilda Sirdaryobo'yi qoraqalpoqlari o'z yetakchilari Eshmuhammad (Eshimxon) boshchiligida davlatga — qoraqalpoq xonligiga birlashtirilgan. Bu davlat Sirdaryoning quyi oqimi, Volga bo'ylari jung'orlari, Boshqirt ulusi va Kichik juz qozoq xonliklari bilan chegaradosh edi. 1723- yilda jung'orlar bostirib kelib, Sirdaryoning o'rta qismini egallagach, qoraqalpoqlar yana ko'chishga majbur bo'ladilar. Ko'chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo'linib ketdilar, bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi — Toshkent tomonga, ikkinchi guruhi Sirdaryoning quyi oqirmga borib joylashdilar. Shu tariqa qoraqalpoqlar shartli ravishda „yuqori qoraqalpoqlar", „quyi qoraqalpoqlar"ga bo'linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o'rtasidagi bo'sh yotgan yerlarga ham o'rnashib, bu yerlarga Quvondaryodan suv chiqarib, dehqonchilik bilan shug'ullandilar. Download 460 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling