Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet57/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Josus Jeyms Abbot.Xonlikda ingliz razvedkasi ham faoliyat boshladi Chunonchi, 1840- yilda Xivaga kapitan Jeyms Abbot keldi va u Olloqulixon bilan uchrashdi. U Xiva xonini Rossiyaga qarshi harbiy istehkomlar qurishga da'vat etdi. U bunday istehkomlar qurilishi mumkin bo'lgan joylarni aniqlash bo'yicha ish olib borayotgan paytda Rossiya harbiylari tomonidan asir olindi va Peterburgga jo'natildi. U yerdan Londonga jo'natib yuborildi. Shu tariqa Buyuk Britaniya razvedkasi Xiva va Rossiya o'rtasida harbiy harakatlar keltirib chiqarishdek maqsadiga erisha olmadi.
Majburiyatlar akti“. Rossiya hukumati Xiva xonligi bilan munosabatlarga aniqlik kiritish maqsadida G. Danilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi.
Muzokaralar davom etayotgan kunlarda Olloqulixon vafot etdi. Taxtni o'g'li Rahimqulixon egalladi. Muzokaralar yakunida 1842- yilning 27- dekabrida Xiva—Rossiya o'rtasida „Majburiyatlar akti" deb ataluvchi shartnoma imzolandi.
Aktda Xiva xonining Rossiya bilan tinchlik, mustahkam do'stlik munosabatida bo'lishi e'lon qilindi. Bundan tashqari, Aktda Xiva xoniga: Xivaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlaridan voz kechishi, savdo karvonlarining hamda qozoq qabilalarining talanishiga yo'l qo'ymaslik; rus asirlarini saqlamaslik; Rossiya fuqarolarining shax-siy va mulkiy xavfsizligini ta'minlash kabi majburiyatlar yuklandi.
Shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi savdo aloqalariga ham katta e'tibor berildi. Chunonchi, boj to'lovlari Rossiya tovarlari qiymatining 5% miqdoridan oshmasligi belgilab qo'yildi. Biroq „Majburiyatlar akti" qog'ozda qolib ketdi. O'zaro munosabatlar keskinlashib bordi.
Savollar
1. Rossiya — Xiva munosabatlarida, asosan, qaysi masalalarga urg'u berilgan?
2. Nima uchun Rossiya Xiva xonligi bilan savdo-sotiqni rivojlantirishga muhim ahamiyat bergan?
3. V. Perovskiy ekspeditsiyasidan kuzatilgan asosiy maqsad nima edi?
4. „Majburiyatlar akti" shartnomasining mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Ingliz razvedkachisi Jeyms Abbot Xivaga nima maqsadda keldi?


Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling