Xvi XIX asrning birinchi yarmi
Navkar (forscha) - harbiy xizmatchi Qo'ng'irot
Download 460 Kb.
|
8 O\'zbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Xiva xonligining tashqi siyosati Muhammad Rahimxon I davrida Xiva xonligi
- N. Muravyov ekspeditsiyasi.
Navkar (forscha) - harbiy xizmatchi
Qo'ng'irot — yirik o'zbek qabilalaridan birining nomi. Savollar 1. Qo'ng'irotlar sulolasi hokimiyat tepasiga kelish arafasida Xiva xonligidagi siyosiy ahvol haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Qo'ng'irotlar sulolasi qay tariqa hokimiyatni egallashdi? 3. Xiva xonligiga 1804- yilgacha qozoqlar orasidan soxta xonlar chaqirilib kehnganligini qanday izohlaysiz? 4. Muhammad Rahimxon I mamlakatda markaziy hokimiyatni mustahkamlash borasida qanday ishlarni amalga oshirdi?. Mavzu: Xiva xonligining tashqi siyosati Muhammad Rahimxon I davrida Xiva xonligi Xiva — Rossiya munosabatlarida muhim jihat shunda ediki, o'zaro savdodan har ikkala davlat ham birdek manfaatdor edi. Xiva savdogarlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yo'llari xavfsiz edi. Shuningdek, Xiva xonligida Rossiya zavod va fabrikalari ishlab chiqargan tayyor iste'mol tovarlariga ehtiyoj baland edi. Ayni paytda Rossiya Xiva xonligiga o'z tovarlarini sotadigan bozor deb qarar edi. Rossiya tovarlan Yevropaning ilg'or davlatlari tovarlari bilan raqobat qila olmayotgan bir davrda bu juda muhim edi. Ikkinchidan, Xiva xonligi, Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib beruvchi o'lka ham hisoblanardi. Biroq har ikki davlat o'rtasida yaxshi qo'shnichilik munosabatlarining qaror topishiga to'sqinlik qilgan omillar ham mavjud bo'lgan. Bular: savdo karvonlariga hujum qilish xavfining mavjudligi, har ikki taraf tomonidan Kichik juz qozoqlarini va qoraqalpoqlarni o'z fuqarolari deb hisoblashlari; shuningdek, hai ikki tomonning o'zaro savdodan olinadigan boj hajmi masalasida uzoq vaqt bir to'xtamga kela olmaganliklari bilan bog'liq edi. N. Muravyov ekspeditsiyasi. Rossiya hukumati-1819-yilda Xivaga rus armiyasi zobiti N.Muravyovning ekspeditsiyasinijo'natdi. Ekspeditsiyaning maqsadi turkmanlar yerini, Xiva xonligining turkmanlar bilan munosabatini hamda yangi savdo yo'li ochilishi (Xiva— Turkmanlar yeri — Kaspiy dengizining sharqiy qirg'og'i Boku — Astraxan) istiqbollarini o'rganish edi. Ekspeditsiya dastlab turkmanlarning yovmut qabilasi joylashgan hududda bo'ldi. Yovmutlarning Rossiya fuqaroligiga o'tish istaklanm o'rgandi. Shundan so'ng N. Muravyov Xivaga yo'l oldi va Rahimxon qabuliga kirishga ham muvaffaq bo'ldi. Biroq Xiva xoni savdo yo'lining o'zlashtirilishiga rozi bo'lmadi va O'rta Osiyoning boshqJ xonliklan bilan munosabatlarida Rossiya harbiy yordamiga tayanish mumkinligi haqidagi taklifni ham rad etdi. Chunki Muhammad Rahimxon Rossiyaning yovmut qabilasini o'z fuqaroligiga qabul qilish istagi tagida aslida nima yotishini anglab yetgan edi. Bundan tashqari, Rossiya hukumatining savdo karvonlari xavfsizligini ta'minlash bahonasida chegarada mustahkam istehkomlar qurish haqidagi rejalari Xiva hukmron doiralarini cho'chitib ham qo'ygan edi. Download 460 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling